Kurs ishi mavzu: “ingliz tili darslarida ertaklarni o'rgatish ishlanma-loyihasi”
INGLIZ TILIDA ERTAKLAR AYTISHGA O'RGATISH
Download 38.9 Kb.
|
Abdumalikova Shahloning kurs ishisi
2.2 INGLIZ TILIDA ERTAKLAR AYTISHGA O'RGATISH.
«Insonning izzat-xurmatini yuqori pog'onaga ko'taradigan ikkita san'at bor: biri lashkarboshilik, ikkinchisi usta notiqlik san'atidir». Darhaqiqat, Yuliy Sezarni lashkarboshilik, Demosfenni esa notiqlik san'ati dunyoga mashhur qildi.Yurtimizda aql-zakovatli, ruhiy-ma'naviy saloxiyatli, barkamol avlodni tarbiyalashga katta e'tibor berilmoqda. Barkamol inson sifatlaridan biri nutqdir.Chunki nutq orqali inson o'z fikrlarini, xis-tuyg'ularini atrofdagilarga bildiradi, ular bilan tajriba almashadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy aytganlariday «Ma'nosiz so'z-so'z emas. Balki qandaydir tovushlar yig’indisidir. Umuman, bunday so'z tilda yo'qdir. Faqat hayvonlarning ma'nosiz bo'kirishidan, qushlarning chug’urlashidan inson tili o'zining ma'no ajratish xususiyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi».Ulug' ma'rifatparvar Abdulla Avloniy esa «Bolalarda fikrlash iqtidorini hosil qilishda fikr tarbiyasi benihoyat zarur va muqaddas vazifa», deb ta'rif beradilar.BoIa bir yoshdan uch yoshgacha bo'lgan davrida nutqi o'sib, rivojlanib boradi.Nutq ustida ishlash bola xayotining, dastlabki davridan boshlab, Ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifadir. Bola nutqining turlicha shakllanishi atrofdagilar nutqiga, muhitga va ta'lim tarbiyaga bog’liq. Buning uchun bolaning eshitishi va aqliy taraqqiyoti me'yorida bo'lishi lozim. Nutqiy muhitning yetishmasligi bolaning nutqida nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Bolalar maktabgacha yoshdayoq,muayyan so'z boyligiga ega bo'ladilar. Ularda predmetlar guruhi haqida tasavvurlar paydo bo’ladi. Bolani fahmlash, muhokama qilish, izlab topish, fikrni aniq, va ravon ifodalashga o'rgatib, nutqini shakllantirib borish boshlang’ich ta'limning ustuvor omillaridan biridir. Prezidentimizning chet tili o’qitilishini yanada takomillashtirish to’g’risidagi qarori bilan 1-sinfdan chet tili darslarini yo’lga qo’yilishi ayni muddao bo’ldi. Bolalar nutqini o'stirish uchun yoshligidanoq ingliz tilini tog'ri talaffuz qilishga, so'zlarni to’gri va aniq o'qishga o'rgatib borish lozim. O’quvchilar nutqida uchraydigan xatolardan saqlanib, adabiy me'yorlar asosida ingliz tilida gapirishga ko'nikma hosil qilib borilishi kerak bo’ladi. Bunda o’quvchiga ingliz tilining orfoepik lug’ati va imlo qoidalari kata yordam beradi. Bolalarni ingliz tilida ertaklar aytishga o'rgatish jarayonida asosiy e'tibor o'quvchilarni ertakdagi inglizcha so’zlarni to’g’ri talaffuz etishga, lug’at boyligini oshirishga, fikrini to’liq va tushunarli ifodalashga qaratiladi. Chunki ba'zi bolalar ayrim tovushlarni to'g'ri talaffuz qilolmaydilar, tovushlarni tushirib qoldiradilar yoki ortiqcha tovush qo'shib yuboradilar . Bu nuqsonlarni ingliz tilida ertaklar aytishga o'rgatish davrida tuzatib boriladi. Ayniqsa, tovushlarning talaffuziga katta e'tibor beriladi. Aks holda esa bu muammolar keyinchalik bolalarda noto’g’ri nutq ko’nikmalarini yuzaga keltiradi. Tafakkur va nutq bir-biri bilan uzviy bog’liq holda taraqqiy etib boradi. Bolalar ingliz tilidagi ertaklarni tinglash jarayonida tayyor nutq malakalari hosil bo’ladi.Ular ingliz tilidagi ertakni idrok qilish bilan bir vaqtda ertak aytish texnikasini ham egallab boradilar. Bolalar boshlang’ich sinflardayoq intonatsiyani o’rganadilar, ta’sirchan nutqni juda tez tushunib oladilar. O’qituvchi bolalar nutqi ustida muntazam ishlab borish bilan ularning ifodali nutqni tushunishga, piching,nutqdagi achchiq va g’azabli istehzoni, allegorik ma’nolarni ajrata bilishga o’rgatadi. Natijada bolalalar tasavvurida nutq go’zalligi haqida tushuncha shakllanadi. Maktablarimizda ba’zi bir o’qituvchilar «ifodali o’qi», «his-tuyg’u bilan o’qi»,«buni baland ovoz bilan, buni past ovoz bilan o’qi» deb buyuradilar.Bunday ko’rsatmalar o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgata olmaydi. V. V. Golubkov«Adabiyot o’qitish metodikasi» nomli kitobida ifodali o’qish ustida ish olib borgan vaqtda «o’qishning asosiy ohangini aniqlashdan boshlash»ni tavsiya qiladi.Ifodali o’qishni yaxshi tashkil qilishda o’qituvchi asosiy rol o’ynaydi. Og’zaki hikoya qilish nutq xususiyatlariga ko’ra asarni o’qib berishdan farq qiladi. Odatda og’zaki nutq hikoya qilish momentidagi tafakkur jarayonini ifodalaydi. «Aytilgan so’z— otilgan o’q»,- degan xalq maqoli bor. Haqiqatan ham aytilgan gapni o’zgartirib bo’lmaydi, chunki aytilgan so’zni tinglovchi idrok qilib olgan bo’ladi. So’zlovchi ingliz tilida ertak aytish paytida biror so’z o’rnida boshqa so’z ishlatadi yoki tinglovchi tushunmayotganini sezsa, uning ma’nosini dalillar bilan qayta tushuntiradi. Og’zaki nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda so’zlovchining lug’at boyligi va gap tuzish mahorati alohida rol o’ynaydi. Agar yozma nutqda aniq ma’noli termin,murakkab qo’shma gaplar qo’llanilgan bo’lsa, so’zlovchi nutqini tinglovchilar saviyasiga moslab oddiy so’zlar, ta’sirchan ibora va jumlalar ishlatadi.Ingliz tilida ertak aytish vaqtida kerakli so’z yoki iborani topishda ko’proq pauza qilishga to’g’ri keladi, bunday pauza nutqning ta’sirini susaytiradi. Shuning uchun o’qituvchi og’zaki nutqning eng muhim va asosiy xususiyati bo’lgan jonli intonatsiya va ifodaliligiga alohida ahamiyat berishi, ifodali o’qish protsessida intonatsiyadan qanchalik unumli foydalansa, og’zaki hikoya qilish vaqtida undan shunchalik unumli foydalanishi lozim. Hikoya qilinadigan material ustidagi dastlabki ish ifodali o’qiladigan material ustidagi dastlabki ishdan anchagina farq qiladi.O’qituvchining ingliz tilidagi ertakni hikoya qilishga tayyorlanish protsessi quyidagilarii o’z ichiga oladi: Download 38.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling