1)Ayrim so’zlarni, gaplarni, jumlalarni tushunishi (fragmenting comprehension);
2)Asosiy dalil,fikrlarni yuzaki tushunishi (over all comprehension);
3)Hamma dalil,fikrlarni to’liq tushunishlari(comprehension in details);
4)Tanqidiy tushunish (critical comprehension) sodir bo’ladi. O’qituvchi ingliz tilidagi ertaklrni tinglab tushunishni o’rgatayotganda yuqoridagi mehanizmlarni, 4 xil tushunishni hisobga olishi kerak.
Bolalarni ingliz tilida ertaklar tinglashga o’rgatishni 2ta katta bosqichga bo’lish mumkin.
1-bosqich. Tayyorlov bosqichi.
O’qituvchi, tarbiyachi tinglash uchun ingliz tilidagi ertak mavzusini tanlaydi.Ertakdagi notanish tovushlar, so’zlar, grammatik materiallar o’rgatiladi. Tovushlar va sintagmalarni, gaplarni qabul qilish, taniy olish, farqlash, tushuna olish malaka ko’nikmalari shakllantiriladi, rivojlantiriladi.Zarur bo’lgan mexanizmlar o’rgatilib,asosiy bosqichga tayyorlanadi.Ular uzun qisqa tovshlarni farqlash, gaplarni ma’noli qismlarga ajratish, ularni tushunish, xotirani rivojlantirish mashqlari o’tkazish.
2-bosqich. Asosiy bosqich.
Ingliz tilidagi ertakdagi monologik, dialogik nutqni tinglab tushunish, talqin qilish malaka ko’nikmalari shakllantiriladi, rivojlantiriladi. Bu bosqich quyidagi ketma-ketlikda o’tkaziladi:
1) Ingliz tilidagi ertakni tinglashni o’tkazishga tayyorlash ;
O’qituvchi, tarbiyachi bolalarning yoshi, bilimi, sinfi, o’rgangan materiallarini hisobga olib ingliz tilida ertak tayyorlaydi.Ularda notanish leksika grammatika,notanish shaharlarning nomlari bo’lsa oldindan talaffuzini, o’qilishini, ma’nosini o’rgatadi.Tinglash vositalari (texnik, tinglash va ko’rish vositalari hamda boshqalar)ni oldindan tayyorlash zarur.
2) Ingliz tilidagi ertakni tinglashni o’tkazish.
Uni quyidagi ketma-ketlikda o’tkazish mumkin:
A.Ertakdagi notanish so’z tarjimasi, joylarning nomlari, ismlari bo’lsa doskaga yozish va o’qitish.
Do'stlaringiz bilan baham: |