Kurs ishi mavzu: “ingliz tili darslarida ertaklarni o'rgatish ishlanma-loyihasi”


Download 38.9 Kb.
bet16/17
Sana29.01.2023
Hajmi38.9 Kb.
#1138698
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Abdumalikova Shahloning kurs ishisi

2-BOB BO'YICHA XULOSA
Yosh avlodni tarbiyalash hozirgi davrda ota-onalar va jamoatchilik, xalq ta’limi xodimlari maktabgacha tarbiya muassasalari zimmasiga muhim vazifalar yuklamoqda. Ta’lim va tarbiya jarayonida paydo bo’ladigan muammolarni bilimdonlik, ishchanlik bilan xal etish bu sohadagi muvaffaqiyatlar garovidir.Ta’lim-tarbiya o’zbek tilida olib boriladigan bolalar bog’chalari va maktablarida tarbiyalaiuvchilariga horijiy tili bo’lgan ingliz tilini o’rgatish dolzarb masalalardan biridir. Bu masalaning ijodiy xal etilishi o’zbek farzandi, O’zbekistonning bo’lajak fuqarosini ingliz tilini maktabda chuqurroq o’rganishi uchun zamin yaratadi va undan keyin esa kasb tanlash va mehnat jarayonida ularning o’z o’rnini topa olishiga, tilni keng qo’llashiga imkon beradi.Zero tilni o’rgatish mobaynida ingliz xalqining turli milliy an’analarini, boy madaniyatini, tarixini o’rganishga ham e’tibor beriladi. Bu bilimlar turli millat vakillarini baynalmilal ruhda tarbiyalab, ularni yana ham jipslashtirish uchun xizmat qilishga qaratilmog’i kerak. IDarhaqiqat , tilga e’tibor — elga e’tibor,—deb bejiz aytilmagan.Bolalar bog’chalari va maktablari uchun tuzilgan ingliz so’zlashuv nutqini o’rgatish dasturida qo’yilgan asosiy maqsad bolalarda shu tilda ma’lum darajada ilk so’zlashuv malakalarini hosil qilishdir.Ingliz tilini o’rgatish dasturi va ish usullari bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olib, to’rt, besh va olti yoshlilar uchun alohida-alohida tuzildi. Til o’rgatish ishi uch bo’limdan iborat: 1)og’zaki nutq va talaffuz 2)leksika, 3) nutqda tilning grammatik xususiyatlarini o’zlashtirish Ьolalar bog’chasida ingliz tilini o’rganishga bag’ishlangan mashqar umumiy ta’lim jarayoni bilan bog’langan holda olib borilishini va bola shaxsini kamol toptirishni ko’zda tutadi. Tarbiyachi ingliz tili mashg’ulotlarini umumiy ta’lim-tarbiyaviy ishlarga muvofiq, tarzda o’tkazadi, ularni bolalar bog’chasidagi kundalik o’quv-tarbiya ishlariga yaqinlashtiradi.
XULOSA
Shunday qilib, "Ingliz tili darslarida ertak aytishga o'rgatish ishlanma-loyihasi” mavzusiga bag’ishlangan kurs ishimizga yakun yasaymiz.Mavzuni o’rganish jarayonida ko’plab ingliz va o’zbek tillari grammatikalarini va metodikalarini ko’rib, tanishib chiqdim. Nazariy ma’lumotlarni o’rganib, amaliy materiallar to’pladim, to’plangan rejadagi faktik misollarni o’rganishga harakat qildim. Ma’lumki, Bolalarni ingliz tilida ertaklar tinglash va aytishga o’rgatish texnologiyalarini o’rganish eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Shu bois, biz ham turli ingliz tilidagi ertaklarni tinglash va aytishga o’rgatish texnologiyalarini rejada o’rganishga harakat qildik.Texnologiyalarni o’rganish jarayonida umumiy va hususiy alomatlar borligini aniqladik. Bu hususda ishimizning nazariy qismida baholi qudrat yoritishga erishildi. Dastlab ishimizning kirish qismida xorijiy tillarni birini mukammal o’rganish shu kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligiga to’htalib, prezidentimizning ibratli fikrlaridan namunalar ilova qilindi. So’ng ishning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ishning tuzilishi hususida yozdik.

Download 38.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling