Kurs ishi mavzu: “ingliz tili darslarida ertaklarni o'rgatish ishlanma-loyihasi”


Xalq ertaklarining tasinifini quydagicha amalga oshirish mumkin


Download 38.9 Kb.
bet6/17
Sana29.01.2023
Hajmi38.9 Kb.
#1138698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abdumalikova Shahloning kurs ishisi

Xalq ertaklarining tasinifini quydagicha amalga oshirish mumkin:
1. Hayvonlar haqidagi ertaklar.
2. Sehrli ertaklar.
3. Hayotiy-maishiy ertaklar.
4. Satirik ertaklar.
Hayvonlar haqidagi ertaklarning bolalar hayotidagi roli. Bunday ertaklar eng qadimgi zamonlardapaydo bo`lgan, ibtidoiy odamning tabiat voqea-hodisalariga totemistik va animistik qarashlari bilan izohlanadi. Ibtidoiy odamlar hayvonlar ham odamlar kabi gapiradilar, fikrlaydilar deb tushunganlar. Insonning jonli tabiatga bolalarcha sodda munosabati uning hayvonlar haqidagi ertaklarda ifodalangan.Bu haqida E.Teylor o`zining «Ibtidoiy madaniyat» asarida ko`plab misollar keltiradi. Uning fikricha, ibtidoiy odam o`z atrofidagi hayvon va qushlarni o`zlariga o`xshatadi, ya’ni ular odam kabi so`zlashadi,do`stlashadi, bir-birini sevadi, psixologik kechinmalarni kechiradi. Mana shunday fikrlar bilan yillar davomida qadimgi inson tushunchasida turli hayvonlar,qushlar haqida miflar,ertaklar,masallar yuzaga kelgan. Ota-bobolarimiz hayvonlarning ba’zi birlarini ilohiylashtirganlar. Bunday totemistik qarash barcha xalqlar orasida ham mavjud bo`lgan. Masalan,o`zbeklarning orasida totem-bo`ri bo`lganligi ma’lum. Chunki o`zbeklarning bir necha qabilalarini o`zlari bo`ridan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Bu haqida professor H.T.Zarifov shunday yozadi: «O`zbek urug`larining bir qanchasida bo`ri obrazi ijobiy, hatto muqaddas sanalganki, bu tushuncha ularning bir zamonlar bo`riga e’tiqod qilganliklari, uni totem sifatida muqaddas tutganliklari bilan bog`liqdir». Inson hayvonlarning o`ziga foyda keltirganlarini ijobiy, zarar keltirganlarini salbiy obrazlarga ajratadi va buni bolalarga ertaklar orqali uqtirishga harakat qilishadi . Shuning natijasi bo`lsa kerak, o`zbek xalq ertaklarida it,ot,sichqon, qo`y – echki, kiyik, ijobiy obrazlar bo`lib tulki, bo`ri, sher,yo`lbars, ilon, eshak va boshqalar salbiy obrazlarni tashkil etadi.Umuman, dunyo xalqlari adabiyotida hayvonlar, qushlar, narsa-predmetlar to`g`risida juda ko`p ertaklar vujudga kelgan. Bularda u yoki bu xalqning o`sha hayvonga bo`lgan munosabati, milliy koloriti o`z ifodasini topgandir. Chunki har bir xalq tabiatida hayvon va jonivorlarga, narsa-predmetlarga o`zicha munosabatda bo`ladi. Chunonchi, insonlar bolalarga ertaklar aytar ekan , bolalarda yaxshilik xislatlarini uyg’otish , yomonlik ustidan g’olib kelish masalasini ko`rib keladi.Masalan, «Bo`ri bilan tulki» ertagini olib ko`raylik. Bu ertakda Bo`rining ochko’zlik, kaltabinlik, badjahillik kabi salbiy xususiyatlari ochilasa.Tulkining esa uddaburonlik, tadbirkorlik va ayyorlik kabi xususiyatlari bilan Bo’rini jazolagani keltiriladi. Bu bilan bolalarda salbiy xususiyatlarga nisbatan nafratni, ijobiy xususiyatlarga nisbatan esa rag’bat hissini uyg’otadi.

Download 38.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling