Kurs ishi mavzu: “Ingliz tili darslarida tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirishni o‘rgatish ishlanmasi”
Download 109.21 Kb.
|
NAMUNA kurs ishi (2)
1 oyda IELTS 7+ olish mumkin(mi)?!
Bugun turli o‘quv markazlarining flayer va reklama bannerlari, videoroliklarida bu kabi e’lonlarga tez-tez ko‘zimiz tushadi. 1 oyda IELTSdan yuqori natijani olish mumkin, hatto undan ham kam muddatda olsa bo‘ladi. Faqat ishtiyoq va insonda til bo‘yicha yetarli darajadagi “baza” bo‘lishi kerak. O‘quv markazi qo‘ygan talablarni va berilgan vazifalarni vaqtida, aytganidan ziyoda bajarib, 24 soat davomida kitob o‘qish… Buning iloji yo‘qligini tushungandirsiz? Agar o‘quvchi aytilgan muddatda natija chiqarolmasa, unga aytilgan vazifalarni vaqtida qilmagani ro‘kach qilinib, aybni markaz “bo‘yni”dan soqit qilish oson. Yana bir yo‘li esa, IELTS imtihonidan yuqori natija va’da qilayotgan til markazlari o‘quvchiga ingliz tilini emas, IELTS imtihonida tushadigan savollar, suhbat davomida qanday javob berish, o‘zini qanday tutishni o‘rgatishi mumkin. Bu xuddi DTM test imtihonlari yaqinlashganda tezkor tayyorlov kurslari tashkillashtirilib, 2-3 yil oldingi savollar bazasini o‘rganib, javoblarini yod olishday gap. Eng to‘g‘ri yo‘l, IELTS imtihonida yuqori natija olishni emas, ingliz tilini o‘rganishni maqsad qilish kerak. Yutuqlar o‘z-o‘zidan bo‘laveradi. Avvalo, inson nima qilishni yaxshi ko‘rishini aniqlab olishi kerak. Balki sizga musiqa tinglash, film tomosha qilish yoki mashhur shaxslarning namoyishlari, suhbatlari yoqar? Ehtimol, mutolaa, audio kitoblarni tinglash yoki yangiliklarni muhokama qilish yoqadimi? Chet tilini o‘rganishda qiziqishlaringizdan maksimal darajada foydalaning! Chet tilini o‘rganishni boshlaganingizda, ko‘zlaringizni yuming va sizga qanday dunyolar eshigi ochilishini bir lahza tasavvur qiling. Endi siz o‘zingiz yoqtirgan hamma narsani yangi tilda, yangi madaniyat, mentalitet va tarix ichida qilishga haqlisiz. Bu esa — juda ajoyib! Eng yaxshi psixolog va o‘qituvchilar o‘quv jarayonining muvaffaqiyati qiziqish va zavq bilan bo‘ladi, degan xulosaga kelishgan. Bu tanganing bir tomoni. Ikkinchi tomoni — kelgusidagi natijalarning muhimligini o‘zingiz uchun anglash. Siz inglizlarning nutqini erkin tushunishingiz va har qanday mavzuda ona tilida gapirgandek, ingliz tilida ham bemalol fikringizni bayon eta olsangiz, qanday imkoniyatlar paydo bo‘lishi haqida orzu qilish qanday maroqli! Bu bilan nafaqat Buyuk Britaniya, balki AQSH, Kanada va boshqa ingliz tili amaldagi mamlakatlarning, qolaversa, butun dunyo madaniyatini o‘zingiz uchun qayta kashf etasiz. Endi siz izlanuvchan mutaxassisga aylanganingizni, qo‘shimcha ko‘nikma va afzalliklarga ega bo‘lganingizni his qilasiz. Axir, ingliz tilini bilish har qanday kasbga qo‘shimcha afzalliklar beradi. Ingliz tilida bemalol gaplashish naqadar ajoyibligini tasavvur qiling, orzu qiling. Kelajakdagi natijani va maqsadlaringizni bir zumga xayolga keltirish sizga juda ko‘p kuch va motivatsiya bag‘ishlaydi, xorijiy tilda gapirish qobiliyatingizni rivojlantirishga turtki beradi. Download 109.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling