Ultratovush va uning ta’siri. - Ultratovush ishlab chiqarishda keng tarqalgan omilllardan biridir. Ultratovush – havoni tebranma harakatga keltiruvchi 20 kilogersdan 109gersgacha bo‘lgan mexanik tebranishlardan iborat. Ultratovushning fizik ko‘rsatkichi qilib, uning tebranish chastotasi kilogersda (kGs), tebranish kuchi esa – detsibellarda (db) va quvvati – Vt/m2 da berilgan.
- Ultratovush ishlab chiqarishda foydalaniladigan 3 ta effekti, ya’ni xossasi mavjud: termik effekt, mexanik effekt, fizik–kimyoviy effekt.
- Hozirgi paytda ultratovush diagnostika va ko‘pchilik kasalliklarni davolash uchun keng qo‘llanilmoqda. Ishlab chiqarishda quymalarni, eritib ulangan choklarni, plastmassalarni difektoskopiya qilish va moddalarni fizik-kimyoviy tekshirish zichligini, egiluvchanligini, strukturasini va boshqalarni aniqlashda yuqori chastotali ultratovushdan foydalaniladi. Past chastotali ultratovush suyuqliklarda qattiq moddalarni yuvish, yog‘sizlantirish, emulsiyaga aylantirish, metallarni kesish, payvanlash, maydalash, murt materiallarni parmalash va shunga o‘xshash ishlar qo‘llanadi.
Ishlovchilarning salomatligini o‘zgarishida ultratovushning havo orqali ta’siri ultratovush va shovqinning bir vaqtda ta’sir etish oqibatidir. Mahsulotlarni ultratovush bilan tozalashda havo muhiti ko‘pincha zararli moddalar, benzin, atseton va boshqalarning bug‘lari bilan ifloslanadi. Salomatlikning buzilishi asosan bosh og‘rig‘i, uyqu buzilish, serzardalik, charchash va eshitishining pasayishi kabi belgilar bilan yuzaga chiqadi.
Ultratovush ishlovchilarning asab tizimiga ta’sir etib, astenovegetativ sindrom, parezlar, paresteziyalar, ensefalovegetopolinevritlar chiqaradi. Ultratovush yurak-qon tomir tizimiga ham ta’sir etib, ularning faoliyatlarini susaytiradi, natijada bradikardiya, gipotoniya xolatlari vujudga keltiradi. Ultratovush eshituv bilan organizmga ta’sir qilish natijasida qabul qilish bo‘sag‘asining pasayish va nihoyat labirintopatiya kasalini chiqaradi.
- Infratovush ham ishlab chiqarishda keng tarqalgan omillardandir. Infratovush qattiq jismlarning mexanik tebranishlardan hosil bo‘luvchi fizik omillardan biridir. Infratovushga 16 gs gacha bo‘lgan past tovushlar kiradi.
- Infratovush quyidagi birliklar bilan tavsiflanadi:
- Infratovush amplitudasi, intensivligi, to‘lqin uzunligi bilan belgilanadi. Infratovush amplitudasi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik uning bosimi ko‘payadi. Infratovush bosimi Paskal metr kvadratida (Pa/m2) belgilanadi. Gigienik amaliyotda ish joylarda nisbiy birlik, ya’ni detsibellardan foydalaniladi.
- Infratovushni asosiy xususiyatlardan biri – uning to‘lqin uzunligi katta va tebranish chastotasi kichik bo‘ladi. Shu sababdan infratovush o‘z yo‘lidagi qarshiliklarni yengib, egiltiradi. Atmosfera havosida kam yutiladi, chunki uning to‘lqin uzunligi juda uzoq masofaga tarqaladi, shu sababdan unga qarshi profilaktik choralar olib borish juda qiyin.
- Yer qimirlash, bo‘ron, to‘fonlarning ko‘tarilishi, dengiz bo‘ronlari, vunqonlarning portlashi natijasida ham infratovush xosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |