Kurs ishi mavzu: Islom sivilizatsiyasining vujudga kelishi va rivojlanishida Markaziy Osiyolik allomalarning qo‘shgan hissasi
ISLOM SIVILIZATSIYASINING MAʼNAVIY-RUHIY ASOSI
Download 119.28 Kb.
|
JABBOROV OMONDULLA)
2.2 ISLOM SIVILIZATSIYASINING MAʼNAVIY-RUHIY ASOSI
Bizga maʼlumki, sivilizatsiya tarixning, jamiyatning sifatiy oʻziga xosligini, u yoki bu mamlakat doirasida amal qiladigan, ishlab chiqarish kuchlari, inson faoliyati, madaniyati tomonidan umumiy ijtimoiy qonuniyatlarning spetsifikasini ifodalaydi. Sivilizatsiya murakkab mazmunga ega boʻlgan ijtimoiy-falsafiy tushuncha. Bu tushunchani shotland faylasufi A.Fergyusson (1723-1816) umumjahon taraqqiyotning maʼlum bir bosqichini ifodalash uchun ishlatgan boʻlsa, fratsuz maʼrifatparvarlari aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyatga nisbatan ishlatganlar. Hozirgi vaqtda ham sivilizatsiya tushunchasining hajmi va mazmuni borasida turli xil yondashuvlar mavjud. Islom sivilizatsiyasini tadqiqotchilar diniy mansubligiga koʻra, farqlanuvchi madaniy birliklar sivilizatsiyasi deb, talqin qiladilar. Lekin ular islom sivilizatsiyasini islom olami mustahkam bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etmaganligi uchun ilmiy tushuncha sifatida biror qimmatga ega boʻlmaydi, deb tushuntiradilar. Zero. sivilizatsiya taraqqiyotining qonuniyatlaridan biri madaniyatlar taraqqiyotining notekis rivojlanish qonuniyatidir. Oʻtmishda ham hozirgi davrda ham, turli davlatlarda turli xalqlarning madaniyati parallel va tekis rivojlanmaganligi koʻzga tashlanadi. Darhaqiqat, baʼzi xalqlar madaniyatlari notekis rivojlanadi, baʼzi xalqlar darajasi oʻsadi, ayrim xalqlar madaniyati orqada qolib ketadi. Islom sivilizatsiyasi ulkan jugʻrofiy kenglikni egallagan holda dunyo musulmonlarini qamrab olgan oʻziga xos fenomen sifatida insoniyat tarixida ulkan iz qoldirdi. Lekin Gʻarb sharqshunosligiga xos odatiy tezis boʻlgan islom“samarasiz somiy din” sifatida oʻz rivojlanishi uchun zarur boʻlgan mexanizmlarni ishga tushira olmadi va u oʻz asoschisining vafotidan keyin boshi berk koʻchaga kirib qoldi , degan asossiz va gʻayri-ilmiy qarashlar tez-tez eshitilib turgan bir sharoitda islom sivilizatsiyasining qonuniy asoslari yoritib berish maqsadga muvofiqdir. Zero, Gʻarb oʻz inqirozini islom fenomenidan axtarishi gʻayri ilmiy qarashdan boshqa narsa emas. Bu savollarga yuqorida taʼkidlaganimizdek, madaniyatlarning notekis rivojlanishi qonuni javob beradi. Mazkur qonunning amal qilish sabablari toʻrtta:1. passionar energiyaning ayrim xalqlarga taʼsiri; 2.ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi; 3. Landshaftning taʼsiri; 4. xalqlarning ichki energiyasi. Buni aytishdan maqsad shuki, qaysi xalq qulay landshaft, passionar energiya yoki etnosning ichki energiyasi, rivojlangan ishlab chiqarish qurollari taʼsirida boʻlsa, oʻsha xalqning madaniyat darajasi oʻsadi, bunday sharoitlar chegaralanganda esa madaniyat taraqqiyoti tezligi susayadi. Insoniyat oʻz sivilizatsiyasini eramizdan avvalgi 4 ming yillikda Misrda boshlagan boʻlib, Misr sivilizatsiyasi nomini olgan boʻlsa, keyinchalik estafeta Yevfrat va Tigr daryolari oraligʻida yashovchi Mesopotamiya aholisi shumer va akkadlar qoʻliga oʻtdi va shumer madaniyati yoki sivilizatsiyasi sifatida tarixda qoldi. Shundan soʻng Bobil sivilizatsiyasi, miloddan avvalgi 3 ming yillikda Hind madaniyati boʻlgan Moxonjo-Doro va Xarappa sivilizatsisi, Eramizdan avvalgi 3 ming yillarda Xitoy sivilizatsiyasi, oʻsha davrning oʻzida Oʻrta Osiyo sivilizatsiyasi yoki Turon sivilizatsiyasi deb yuritilgan, eramizdan avvalgi 2 ming yillarda Yevropada antik madaniyat va eramizning 1 asrlarida Yevropa sivilizatsiyalari bunga misoldir. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, madaniyatning notekis rivojlanish qonun-laridan bir yoki bir nechasi u yoki bu xalq madaniyatiga ijobiy koʻlamda kuchli taʼsir oʻtkazsa, u rivojlanadi, agar kuchsiz yoki salbiy taʼsir etsa madaniyat taraqqiyoti tezligi susayadi, natijada boshqa xalqlar madaniyati darajasidan orqada qola boshlaydi. Bizning nazarimizda islom sivilizatsiyasini oʻrganib, fikr-mulohaza qilmoqchi boʻlsak ana shu mezonlarga tayanish maqsadga muvofiq boʻladi. Chunki, islomning ijtimoiy mohiyati dinimiz mukammal amal qiladigan qoidalar asosida jannatga yoʻllanma beradigan qoidalar qoʻllanmasi emas, aksincha, u inson qalbini uni ruhini tozalashni maqsad qilib olgan ijtimoiy, intellektual va maʼnaviy texnologiyalar majmuidir. Darhaqiqat, Alloh taolo Qurʼonda, qiyomat kuni sogʻlom qalb (qalbun salimun)dan boshqa biror narsaning foydasi boʻlmaydi, deydi. (Qarang: Qurʼon.” Shuaro surasi”, 89-oyat.) Paygʻambarimiz hadislarida aytilganidek: Tanada shunday bir aʼzo bor, agar u sogʻ boʻlsa, tana sogʻlomdir, agar u buzilgan boʻlsa, butun tana buzilgandir. U qalbdir. Demak, islom sivilizatsiyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, jamiyat moddiy barqarorlikka erishish bir tomonda boʻlsa, ijtimoiy barqarorlik va hamkorlik, jamiyat aʼzolarining maʼnaviy ruhiy yetukligi ularning komillik sari intilishlari asosiy mezonlar boʻlib maydonga chiqadi. Islom rivojlanishining har bir davrida yirik ulamolar islomning barcha amrlari mana shu amrga boʻysinishi kerakligini aniq tasavvur qilganlar. Shuning uchun ham ular qalbning holatlarini oʻrganuvchi ilmni va sogʻlom holatini taʼminlaydigan usullarni yaratishga harakat qilganlar va uni uddalay olganlar. Bu ilmning anʼanaviy oti tasavvuf, deb atalgan. Zamonaviy ulamolar va sharqshunoslar bugungi kunda yana ham tushunarli qilib “Islom psixologiyasi” deb nomlaydilar. Bizning fikrimizcha, yuqorida taʼkidlaganimizdek, bu yerda madaniyatlar rivojlanishining toʻrtinchi qonuniyati yaʼni “xalqlarning ichki energiyasi” taʼsirida sodir boʻlgan. Chunki u yoki bu xalqning madaniyatga, maʼrifatga, oʻz hayotini axloqiy asoslarga qurib yashash istagi uning oʻzining milliy xususiyatida kelib chiqadi. Xalqimizni pok maʼnaviy-ruhiy komillikka erishish harakati azal-azaldan mavjud. Shuning uchun ham bunday turmushni tashkil qilishini asosini ilmni yaʼni qalbni poklikka ruhni tetiklikka olib boruvchi tasavvuf ilmini yaratganlar. Aslida, tasavvuf islomiy mazhablarga mansub kishilar rioya qilgan amallar majumidan iborat ilmdir. Lekin paygʻambarimiz va sahobalar davrlarida tasavvuf keyinchalik paydo boʻlgan shakli sifatida mavjud boʻlmagan. Bunday deb aytish, uning ahamiyatini pasaytirmaydi. Tasavvuf yangi ilm islom psixologiyasi sifatida Qurʼonda yashirin va mavhum holda mavjud boʻlsa-da, islom madaniyatida ilk marta abbosiylar hukmronligini dastlabki davrlarida maʼlum darajada tizimga solindi. Agar Qurʼoni Karimda “solim qalb”ga erishishga berilgan ahamiyatni hisobga oladigan boʻlsak, islom psixologiyasining taʼsiri ommaviy boʻlgan va keng tarqalganligining guvohi boʻlamiz. Darhaqiqat, bu holatni mumtoz islom ulamolari oʻz vaqtida payqaganlar va unga amal qilganlar. Zamonaviy shayxul-ulamolarimiz ham taʼkidlaganlaridek, har bir shayx oʻz tariqatining Qurʼon va Sunnatga muvofiq ekanini, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning oʻzlaridan olinganini isbotlashi kerak edi. Buning uchun har bir shayx oʻz ustozining va ustozining ustozining ruxsatlarini isbotlab, silsilani Rasullulloh sallallohu alayhi vasallamgacha yetkazar edilar. (Qarang: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. 5-bet). Islom shakllangan dastlabki toʻrt asrda tafsir, hadis, sarfu nahv singari ilmlar borasida buyuk asarlar yaratildi. Ulamolar, shuningdek, al-qalb as – solim muammosiga eʼtibor qaratdi. Ilk marta Soʻfyon ibn Uyayna, Soʻfyon az-Zavriy va Abdulloh ibn al-Muborak singari koʻplab dastlabki zohidlar tobeʼinlardan oʻrnak olib, butun diqqatlarini qalbni tozalash sanʼatiga qaratgani koʻzga tashlanadi. Ular oʻzlari yaratgan usullarga tez-tez roʻza tutish, kechalari namoz oʻqish, vaqti-vaqti bilan uzlatga chekinish kabi shartlarga amal qilar edilar. Chunki qalb rabboniy, ruhoniy va latiyf narsa boʻlib, ular orasidagi aloqa xuddi sifatning sifatlangan narsa bilan boʻlgan aloqasiga oʻxshaydi. Ana shu latiyf narsa insonning haqiqatidir. Idrok, bilim va maʼrifat oʻshandadir. Musulmonlarning bunday oʻziga xos xudojoʻyligi paygʻambarimiz davrida bir sistemaga solinmagan boʻlsa-da, bu masalada paygʻambar qadrlagan nafsni tiyish, samimiyat va vahiyga oʻta sodiqlikda deb bilgan barcha musulmonlarni qamrab olgan kategoriya edi. Oʻsha erkaklar va ayollar qiyomat kunidan qoʻrqqani uchun baqqaʼun. (“yigʻloqilar”) yoki zuhhod (zohidlar) va yoki ubbad (“uzluksiz ibodat qiluvchilar”) degan turli nomlar bilan atalgan. Lekin, hijriy III asrdan boshlab bunday qarashlar oʻz mazmun va xususiyatini boshqacha bitiklarda namoyon qila boshlagan. Chunki oʻsha davrdagi muhit yaʼni Abbosiylar davridagi shahar aholisining boylikka ruju qoʻyishi, hasham va moddiy boyliklarga berilib ketishi musulmonlarni paygʻambarlaridagi oddiy turmushga qaytish va tiklash tamoyilini shakllanishiga olib keldi. Qalb musaffoligi, boshqalar dardiga sherik boʻlish va doimo Allohni yod etish ushbu tamoyilning oʻziga xos koʻrinishi edi. Bu tamoyilning eng muhim xususiyati muhosaba usuli boʻlgan. Bu usulga muvofiq inson oʻzining nafsini jilovlay olishi, uni hakalak otib ketishiga yoʻl qoʻymasligi uchun oʻzini-oʻzi imtihon qilish va qalbini isloh qilib borishi nazarda tutiladi. Shu bilan birga riyozat, ichki intizom ham bu tamoyilning asosiy sharti boʻlgan. Oʻsha paytga kelib tasavvufning asosiy prinsiplari ishlab chiqildi. Aqlli maxluqlardan biri boʻlgan inson toʻrtta tarkibiy qismdan iborat deb tushunilar edi: jism, aql, ruh va nafs. Tasavvuf ana shu kabi maʼnolarni alohida ehtimom ila tushuntiradi va ularning har biriga musulmon banda qanday munosabatda boʻlishi zarurligini bayon qilib, oʻsha bayonning tadbiq qilinishini ham yoʻlga qoʻyadi. Ana shu toʻrt tamoyil tasavvufning nomlaridan biri va islom sivilizatsiyasining asoslaridan biri boʻlgan “ruhiy tarbiya” deb atalishining sababi ham shunda. Diniy tushunchaga koʻra, kishi hayotligida u bilan birga, oʻlimidan soʻng tanadan chiqib ham barham topmaydigan asosiy mohiyatidir. Islomda Ruhning mohiyati haqida bahs yuritish man etiladi. Qurʼonda taʼkidlanganidek, ilohiy ilhomning bir qismi boʻlgan ruhni aql bilan anglab yetish qiyin. U inson tanasining bu dunyoga bogʻliq boʻlmagan qismidir. Ruh tasavvufda muolaja qilinadigan biluvchi va idrok qiluvchi latiyf narsadir. Uning haqiqatini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. Qurʼoni Karimning “Isro surasi 85 – oyatida ” Ruh Allohning ilmiga havola etiladigan sir ekani va Ruh haqida odamlar juda oz maʼlumotga ega ekanligi taʼkidlangan (Ey, Muhammad), Sizdan ruh haqida soʻraydilar. Ayting: “Ruh faqat Rabbimning ishidandir. Sizlarga esa juda oz ilm berilgandir”.(Qurʼoni Karim. “Isro”surasi, 85-oyat). Dastlabki tasavvuf namoyondalari, ruh inson tanasining hamma joyiga kirib boradigan, ammo qalbga jamlanadigan moddiy boʻlmagan borliqdir, deb talqin qilganlar. Ruh insonning Alloh taolo bilan bogʻlab turuvchi zanjir. Inson tugʻilganda ruh zararlanmagan va sogʻlom boʻladi. Qurʼoni karimda taʼkidlanganidek, u “zang” bilan qoplana boshlaydi. Zang gunoh va bemaʼni ishlar natijasidir. Ulardan qutilishning asosiy yoʻli nafsni tiyishdir. Solih musulmon faqat nafsini tiyish bilangina gunohlardan forigʻ boʻladi va butun diqqatini Allohga qaratadi va zang bosgan qalbini tozalab ruhini ozod qiladi. Qalb solimligi va najot hamda Allohga yaqinlikka erishadi. Darhaqiqat, islomning mana shu aqidalariga zohiriy amal qilish juda osondek tuyuladi, lekin bu birinchi qadam hisoblanadi. Solih musulmon uchun eng qiyin narsa mujohadadir, yaʼni nafsiga qarshi har kuni jang qilishdir. Bu haqda Qurʼoni karimning “Noziot” surasida taʼkidlanganidek: Ammo, kimki Parvardigorning (huzurida turishi (va hisobot berish)dan qoʻrqqan va nafsini havolanishdan qaytargan boʻlsa, bas jannatgina (unga)joy boʻlur.(40-41oyatlar). Soʻfiylarning amri ham shundan kelib chiqadi: Al-Qushayriyning taʼkidlashicha, “Nafsingizni mujohada pichogʻi bilan kesib olib tashlang”. Demakki, nafs nazoratda boʻlsa, qalb toza boʻladi va inson shu tufayli qadr-qimmatga ega boʻladi. Tasavvufning yirik namoyondasi imom Hasan Basriy ham nafs haqida shunday deydi: “Yaxshi odam doimo oʻz nafsini malomat qilib turadi, fojir odam nafsini itob qilmay yuraveradi”. Shayx Muhammad Yusufning taʼkidlashicha, tasavvufda nafs ikki maʼnoda ishlatiladi: Birinchisi- insondagi gʻazab va shahvat quvvatini jamlovchi maʼnodir. Ha, ahli tasavvuf “nafs” deganda koʻproq yomon sifatlarni oʻzida jamlovchi narsani koʻzda tutadilar. Shuning uchun ham, ularning istilohida “nafsga qarshi mujohada qilish”, “uni sindirish” kabi iboralar tez-tez uchrab turadi. Bunday nafsning oʻziga xos ismi boʻlib, uni “an-nafsul ammoratul bissuʼi”-“yomonlikka amr qiluvchi nafs” deb ataladi. Ikkinchisi- avval zikr qilingan ruh, yaʼni insondagi latiyf jism boʻlib, u insonni joni va oʻzini anglatadi. U holatga qarab turli vasflarga ega boʻladi.(Qarang: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. 68-69-betlar). Ana shu najot deb atalmish qudrat islomning eng muhim ilmi ekanligi mumtoz islom ulamolari va olimlari tomonidan xalq orasida izchil targʻib qilingan. Lekin sharqshunos mafkurachilarining salbiy taʼsiri koʻplab musulmonlarni tasavvuf islomdan chetga ogʻdiruvchi oqim sifatida talqin qilishlariga sabab boʻldi. Lekin klassik ulamolarning deyarli barchasi tasavvufga aralashgani va qoʻllab-quvvatlagani haqiqatdir. Jumladan, Xurosonning dastlabki islom ulamolari Al-Hakim Al-Nisoburiy, Ibn Furoq, Al-Qushayriy va Al-Bayhaqiylar soʻfiy boʻlishgan. Ular abbosiylar davri islomning fundamental anʼanasini davom ettirganlar. Ayniqsa, Hujjatul-islom Al-Gʻazzoliyning 300 ortiq kitoblari arab falsafasi ismoiliylarni tanqid ostiga olib, ortodoksal tasavvufning nazariy va amaliy asoslarini yoritib berganligi oʻsha davrning eng buyuk yutugʻi boʻlgan. Ayniqsa, Imom Gʻazzoliyning “Ihya ulumud-din” asari ortodoksal tasavvufning nazariy va amaliy asoslarini yoritishga bagʻishlangan va musulmon olamida juda katta hurmat va eʼtiborga sazovor boʻlgan edi. Bu haqda Navaviy shunday yozgan edi: “Islom haqida yozilgan kitoblardan “Ihya….-dan boshqasi yoʻqolib ketgan taqdirda ham u barchasining oʻrnini bosishi mumkin”. Imom Gʻazzoliy tasavvufning asosiy xususiyatlaridan aql, axloq, nafs, tavba, istigʻfor, duo, zuhd, taqvo, varaʼ va shunga oʻxshash tamoyillarning mazmun mohiyatini ham yoritib berish bilan birga ularni amalda qoʻllash masalalariga ham diqqat qilgan. Aql masalasida masalasida toʻxtalib, aql-narsalarning haqiqatini idrok qilish va ilmlarni idrok qilish uchun kerak boʻladi. Tasavvufning tahziybi axloq-axloqni sayqallashga yoʻl qoʻyish bilan nafsni poklaydi. Tasavvuf moʻmin-musulmonlarga nafl ibodatlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ham darslar beradi. Islomning Hanbaliya mazhabi namoyondalari ham tasavvufga ijobiy munosabatda boʻlganlar va qoʻllab-quvvatlaganlar. Bu mazhabning yirik namoyondalari boʻlgan Abdulloh Ansoriy, Abdulqodir Jilaniy, Ibn Javziy, Ibn Rajabday kabi ulugʻ ulamolar shular jumlasidandir. Aslida As-Suyutiy, Ibn-Xaldun, Taftazoniy, Ar-Roziy ham Ibn Arabiyning “Vahdat ul vujud” taʼlimotini tanqid qilgan boʻlsalar-da, hukmron tasavvufning bir tarmogʻiga boʻysinar edilar va tasavvufga oid asarlar yozib, islomiy ilmlarning tarkibiga kiruvchi muhim ilm ekanligini eʼtirof etib hurmat qilganlar. Tasavvufning qonuniy ilm sifatida tan olinishining asosiy sabablaridan biri bu ilmni musulmon dunyosiga tarqalishiga va keng yoyilishiga tashabbuskor boʻlib maydonga chiqqanlaridir. Soʻfiy qalandarlar dunyo kezib oʻz taʼlimotlarini Hindiston, Afrika va Janubiy — Sharqiy Osiyoga keng yoyganlar va oʻsha oʻlka xalqlarini islomlashtirishga katta hissa qoʻshganlar. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tasavvuf musulmon mamlakatlarida xalqlarning ijtimoiy-falsafiy, madaniy-maʼnaviy hayotida keng tarqalgan, eng murakkab hamda oʻzaro ziddiyatlarga toʻla gʻoyaviy oqimlardan sanaladi. Tarkidunyochilik, bu dunyo boyliklaridan va noz-neʼmatlaridan voz kechish, Alloh visoliga yetishmoq uchun qalbni, ruhni poklash, halol mehnat qilish, oʻz mehnati bilan yashash, ixtiyoriy ravishdagi faqirlik tasavvufning oʻziga xos-xususiyatlaridan hisoblanadi va bu xususiyatlar oʻz navbatida islom sivilizatsiya uchun maʼnaviy-ruhiy asos boʻlib xizmat qildi. Mamlakatimizda bugungi kunda taraqqiyotning asosiy bugʻini boʻlgan yosh avlodni halol, pok, ruhiy barkamol, maʼnoviy mustahkam qilib tarbiyalashda, yassaviya, kubroviya, naqshbandiya tariqatlarini yanada chuqur oʻrganib bu merosni yosh avlodga asl holida yetkazib berish maʼnaviy burchimiz hisoblanadi. Xoja Ahmad Yassaviy, Shayx Najmiddin Kubro, Xoja Bahouddin Naqshband singari buyuk mutasavvif mutafakkirlarning poklik, toʻgʻrilik, xudojoʻylik, mehr-shafqat, adlu insof, imon, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi ilgʻor umumbashariy merosidan xalqimiz bahramand boʻla boshladi. XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, islom sivilizatsiyasi asrlar osha o‘zining yangilanib turuvchi, o‘zgarishlar bilan hamohang bo‘ladigan, rivojlanishlarga moslashadigan, insoniyat sivilizatsiyalariga zid bo‘lmaydiganligini isbotlab berdi. Islom sivilizatsiyasi bunyodkorlari bo‘lgan musulmonlar taraqqiyot va uning mazmun-mohiyatini o‘zlashtirdilar, uning asoslarini yaratdilar, hayotlarida amaliy jihatlarini shakllantirdilar. Islom sivilizatsiyaning ortga qaytish bosqichida esa, musulmonlar islom asoslari va islom sivilizatsiyasining bosh maqsadi bo‘lgan rivojlanish g‘oyasidan chekindilar. Natijada ular zaiflashdi va taraqqiyotdan qolib ketdilar. Lekin islom sivilizatsiyasining asoslari salomat, zamonlarning o‘tishi uni o‘zgartirib yubormadi. Shu tarzda musulmonlarning faoliyatlari ularning sivilizatsiyasida aks etmoqda. Ularning o‘zlari islom tsivilizatsiyasining ham quruvchilari va ham saqlovchilaridirlar. Shunday ekan, musulmonlarning taraqqiyotdan ortda qolishi islom sivilizatsiyasining qismatiga aylandi. Bugun islom olami insoniyat tamaddunini rivojlantirishga yaqin turibdi va qo‘ldan boy berilgan barcha sohani egallashga harakat qilmoqda. Chunki bashariyatga ma’rifatning turli sohalarini taqdim qilgan va taraqqiyotni ato etgan islom sivilizatsiyasi yana rivojlantirish salohiyatiga ega. U go‘yo qalin bulutlar orasidan chaqnab chiqadigan zarrin nurlardek olamni yoritishi mumkin. Aniqki, islom sivilizatsiyasi ertaning sivilizatsiyasi. Islom dunyosi bugungi holida qolib ketmaydilar, bu uzoq davom etmaydi ham. Chunki bu holat tabiiy jarayon va insoniyatning hayot yo‘liga to‘g‘ri kelmaydi. Musulmonlar o‘z sivilizatsiyalarini yangidan barpo qilishlari uchun o‘zaro jipslashishlari va bir-birlariga yordam berishlari lozim. Shundagina ularning tsivilizatsiyalari barcha insoniyatga yana namuna bo‘la oladi. Aslida ham islom sivilizatsiyasining rivojlanishi musulmonlarning buguni va kelajagi uchun ulkan mas’uliyatdir. Download 119.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling