Kurs ishi mavzu: Islom sivilizatsiyasining vujudga kelishi va rivojlanishida Markaziy Osiyolik allomalarning qo‘shgan hissasi
II.BOB MARKAZIY OSIYODA ISLOM SIVILIZATSIYASINI VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI
Download 119.28 Kb.
|
JABBOROV OMONDULLA)
II.BOB MARKAZIY OSIYODA ISLOM SIVILIZATSIYASINI VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI
2.1 Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar Islom dinining Markaziy Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablar ko‘p asrlik hukmronligining o‘rnatilishi bilan bog'liq. O‘rta Osiyoga arab yurishlari qariyb 643-44 yil atroflarida boshlangan bo‘lsa ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so‘ng faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘lishi oqibatida O‘rta Osiyo ikki qismga bo‘lindi: 1) Movarounnahr (Ikki daryo oralig'i) va 2) Arodi at-turk (Turklar yerlari, ya’ni arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar yerlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi.Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi ikki omil bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Abu Muslim (747-755) qo‘zg'oloni davrigacha O‘rta Osiyo islomdan oldingi davr hukmdorlari (ixshid, buxor-xudot va boshqalar) o‘z mavqelarini saqlab turdilar. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar uchun soliq yig'ish vazifalarini bajardilar. Umaviy hukmdorlari mamlakat ichki ishlariga bevosita aralashmasdan, mahalliy sulolalardan o‘lpon olish bilan cheklanardilar. Ba’zida bu o‘lpon mahalliy aholidan yig'ilgan jizya (boshqa din vakillaridan yig'iladigan soliq) sifatida qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jizya yig'ish masalasida chigallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ikkinchi omil Umaviylar davrida (661-750) arablarning mahalliy aholi tarafidan islom dinini qabul qilishga monelik qilishlari bilan bog'liqdir1. Chunki arablar ilk davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga ko‘ra, islom dinini qabul qilgan kishi «arab»ga aylanar, ya’ni jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo‘lardilar. Bu holda mahalliy musulmonlardan jizya olmaslik, arab va arab bo‘lmagan musulmonlarning teng huquqliligi uchun kurash olib borgan islom dini ichidagi murji'iylar diniy-siyosiy harakat g'oyalari Movarounnahrda keng tarqalish imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Chunki o‘lkada arab bo‘lmagan musulmonlarning haq-huquqlari arablar tomonidan poymol etilardi. Murji'iylarning faol harakatlari VII asrning 20-40 yillariga to‘g'ri keladi. Murji'iy al-Horis ibn Surayj qo‘zg'oloni (734-746) Movarounnahr aholisi tarafidan qizg'in qo‘llab-quvvatlandi. I/VII asrda shakllana boshlagan murji'iylarning aynan imon va amalning ayri-ayri ekanligi haqidagi qarashlari bu hududda yerli aholining hech bir qiyinchiliksiz islomni qabul qilishlariga, shuning barobarida, yangi shakllanayotgan islom jamiyatida teng huquqlilikka erishish-lariga qulay sharoit yaratib berdi; keyinchalik esa – ular garchi arab tilini, qiyin diniy amallarni, o‘zlariga butkul yot muhitni to‘la anglab yetmasalar-da, ijtimoiy mavqelari va milliy-madaniy qadriyatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. Abu Muslim (749-yil) harakati g'alabasi oqibatida arab bo‘lmagan musul-monlarning arablar bilan teng huquqlilikka erishishi natijasida murji'iylik g'oyalari siyosiy-ijtimoiy sohadan ilohiyot fani jabhasiga ko‘cha boshladi. So‘nggi tadqiqotlar Movarounnahr hududlarida islomning ilk davrlarida ratsionalizmning keng tarqalganligi haqida guvohlik beradi. O‘lkada tabiiyot (Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon al-Beruniy) va falsafa (Abu Nasr al-Forobiy, Ibn Sino) ilmlari bilan bir qatorda ratsionalistik diniy ilmlar ham barq urib rivojlandi. Mu'taziliylar, ismoiliylar, ilk sufiylar (al-Hakim at-Termiziy) madaniy hayot tarixida chuqur iz qoldirdilar. Bunga javoban islom dunyosining markaziy hududlaridan traditsionalistlar (an'anachilar, ahl al hadis) ta’limotlari kirib kela boshladi. Islom ta’limotini keyingi davrda paydo bo‘lgan yangiliklardan (bid'at) tozalash bu oqimning negizgi shiori bo‘lib qoldi. Bu tanqidiy ruh muhaddislarga siyosiy sohada ham ancha muvaffaqiyatlar keltirdi. Hadislarni yig'ish, tartibga solish va faqat ishonchlilarini to‘plamlarga jamlash borasida mislsiz ishlar qilindi1. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom ad-Dorimiy, Abd ibn Humayd al-Kashshiy, Kulayb ibn al-Haysam ash-Shoshiylar hadis to‘plamlari bilan islom tarixi zarvaraqalariga o‘z ismlarini yozdilar. Natijada muhaddislarning ijtimoiy-siyosiy mavqei Movarounnahrda, jumladan poytaxt Buxoroda, beqiyos o‘sdi.IX-XII asrlarda O‘rta Osiyo hududida yuz bergan madaniy Uyg‘onish (Renessans), uning tarixi, mazmun-mohiyati, shu davrda ijod qilgan buyuk allomalaming hayoti va ijodi, ularning bashariyat ilm-fani, madaniyati ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasi hamisha jahon olimlarining diqqat markazida turgan. Bizning davrimizgacha IX-XII asrlar madaniyati, ilm-fan va falsafiy tafakkur rivojiga doir anchagina manbalar yetib kelgan. Masalan, Yoqut al- Hamaviy (1179—1229) «Irshod al-arib ila ma’rifat al-adib» nsarida IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo va Xurosonda yashagan mashhur va iste’dodli fan va madaniyat arboblari haqida, jumladan Mahmud ibn Aziz al-Xorazmiy, Ahmad ibn Muhammad Abul-Fadl, Ahmad ibn Muhammad Abul-Husayn al-Xorazmiy, Hasan ibn alMuzaffar Abu-Ali, Ali ibn-Iroq, Abulhasan al-Xorazmiy, Muhammad ibn-Abul-Qosim Bayjuq, Abul-Fadl al-Xorazmiy al-Odamiy, Nosir ibn Abd-as-Sayid ibn Ali al-Xorazmiy al Nahviy al-Adib, Yusuf ibn Abu Bakr ibn-Muhammad Abu-Yoqub as- Sakkokiy (Xorazmdan), Al Qosim ibn-al-Muhammad ibn Muhammad al-Muhammad al-Xorazmiy kabi adib va faylasuflar haqida batafsil ma’lumotlami beradi. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan saltanatlar va ularni boshqargan hukmron sulolalar haqida Muhammad ibn Mansur Marvirudiy o‘zining “Tarix-i Muborak-shoh” asarida qimmatli ma’lumotlar bergan. Bu asarda nafaqat o‘sha davr siyosiy va ijtimoiy hayoti, shuningdek, ilm-fan, adabiyot va madaniy yuksalish haqida keng ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Al-Ma’mun (813-833) hukmronligi davrida ilm-fan sohasiga homiylik yanada kuchaydi. Tabobat, falsafa, astronomiya, matematika fanlariga oid yunon, suriya, sanskrit, pahlaviy, xorazm tillaridagi asarlar arab tiliga tarjima qilindi. Al-Ma’mun diniy ilmlar, falsafa, aniq fanlar bilan qiziqqan va o‘zi ham ular bilan muntazam shug‘ullangan1. Uning bevosita homiyligi ostida Yunoniston, Hindiston, Rum, Eron va Marvdan «Bayt al-hikma»ga katta miqdorda turli mavzudagi kitoblar kelib tushgan. Muhammad Muso al-Xorazmiy, Javhariy, Ahmad Farg‘oniy, al-Marvaziy, АИ al-Marvaziy va boshqalar keyingi ijodiy faoliyat yuritish uchun Bag‘dodga taklif qildi. Shu tariqa xalifalik poytaxti Bag‘dodda «Bayt ul- hikma» («Donishmandlar uyi») - «xalifa Ma’mun akademiyasi» tashkil topdi. Tim markazida nemis tadqiqotchisi H.Zuter ta’kidlaganidek, olimlaming aksariyati Xuroson, Movarounnahr, Baqtriya, Farg‘onadan bo‘gan. Shu tariqa aksariyat 0‘rta Osiyo zaminidan chiqqan olimlar qo‘li bilan arab tilidagi ilm-fan yuzaga keldi. Yevropada keyinchalik katta xatoga yo‘1 qo‘yilib, ulaming barchasini «arab olimlari» deb atashgan edi. «Bayt ul-hikma»da yunon fani, hind-sanskrit madaniyati o‘rganildi, tibbiyot, astronomiya, matematikaga oid adabiyotlar tarjima qilindi, ularning ba’zilariga sharh yozildi, zamonaviy algebra, gcometriya, optika asoslari yaratildi, kimyo fani juda taraqqiy topdi. Akademiya nafaqat taijima va tahlil ishlari bilan, balki ilmiy asnodagl ekspeditsiyalami ham uyushtirgan. Masalan, 830-yili al-Xorazmiy nihbarligida G‘arbiy Hindiston, keyinchalik Vizantiyaga safarlar uyushtirilgan. Shu davrda nafaqat poytaxt Bag‘dod, balki Kat, Marv, Buxoro, Samarqand, Balx va boshqa O‘rta Osiyo hududlaridagi shaharlarda ham ilm-fan keng taraqqiyot topa boshlagan. Download 119.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling