Kurs ishi mavzu: Islom sivilizatsiyasining vujudga kelishi va rivojlanishida Markaziy Osiyolik allomalarning qo‘shgan hissasi


Islom sivilizatsiyasining vujudga kelishi


Download 119.28 Kb.
bet5/12
Sana22.06.2023
Hajmi119.28 Kb.
#1648884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
JABBOROV OMONDULLA)

1.2 Islom sivilizatsiyasining vujudga kelishi
Madina davri. Madinalik “ansor” (yordamchi)lar makkalik (muhojir)larni samimiy kutib oldilar. Muhammad payg‘ambarning Madinaga ko‘chib o‘tishi rabi al-avvalning 8-kuni, milodiy 622 yil 20 sentyabrda yuz berdi. Islomning Madinadan keyingi davri uning tarixida juda katta ahamiyatga ega. Musulmonlar birinchi marta alohida diniy jamoa (Umma) bo‘lib yashay boshladilar. Bu esa o‘z navbatida diniy qoidalarning shakllanishini tezlashtirib yubordi. Asta-sekin namoz, azon va boshqa amallar tartibga solindi. Payg‘ambar bu shaharga uchinchi taraf vakili sifatida taklif etilgan edi. Avval, murosasiz Avs va Xazraj arab qabilalari
hamda Banu Qurayza, Banu Qaynuqo‘, Banu Nadir yahudiy qabilalari bilan o‘zaro sulh tuzildi.Hijratning ikkinchi yili ramazon oyida (mil. 624 y.) musulmonlar ummasi qo‘shinlari va makkaliklar o‘rtasida Badr jangi bo‘ldi. Bu jang Madinadan 80 mil (taxminan 150 km.) uzoqda Suriya karvon yo‘lida joylashgan Badr qudug'i yaqinida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kechgan jang musulmonlar g'alabasi bilan tugadi. Bu jangdan so‘ng Umma mavqei Madina ahli orasida beqiyos o‘sdi. Shu davrdan boshlab Muhammad payg‘ambar yetakchiligidagi islom jamoasi kuchli bir davlatning vazifalarini bajara boshladi. Madina ichidagi Payg‘ambar muxoliflari munofiqun nomini oldi. Barcha arab qabilalari mushrik deb e'lon qilindi1. Ular yoki islom dinini qabul qilishlari yoki ochiq maydonga jangga chiqishlari shart edi. Bu jamoa-davlat qisqa va uzoq muddatli sulh shartnomalarini tuzish orqali turli arab qabilalari va qabilalar ittifoqlarini o‘z hukmiga bo‘ysindira boshladi. Bo‘ysingan qabilalar har yili jonivorlari hisobidan Madina davlatiga Umma davlat xarajatlari uchun sadaqa (mol to‘lovi) bermoqlari lozim edi. Sadaqa bermaganlarga qarshi harbiy yurishlar tashkil etilardi. O‘ljadan to‘lovga o‘tish (Makkaning fathidan so‘nggi davrda) davlatning shakllanishi haqida dalolat beradi.Yahudiy, xristian va sobi’larahlal-kitob mavqeiga ega bo‘lishdi. Ular Madina davlati xazinasiga har bir voyaga yetgan erkak boshidan to‘lov (jizya) yig'ib berib, o‘z ijtimoiy-diniy avtonomiyalarini saqlab qolish huquqiga ega bo‘ldilar. Ammo Madina davlatining asosiy muxolifi Makka jamoasi bo‘lib qolaverdi. Hijratning oltinchi yilida Makka qurayshiylari bilan tuzilgan Hudaybiya shartnomasi eng muhim g'alabalardan biridir.Makka fathidan (630 y.) so‘ng islom davlati Arabiston yarim orolida to‘la g'alabaga erishdi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Makkaning olinishi musulmonlar uchun g'oyat katta ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki shundan so‘ng musulmonlar jamoasi Arabiston muhitida yetakchi davlat va siyosiy kuchga aylandi. Shu bilan bir qatorda Madina diniy qoida va tartiblar bir tekis shakllana boshladilar. Diniy masalalarga oydinlik kiritishga yahudiy qabilalari bilan bo‘lgan
mojarolar albatta o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi2. Qiblaning Quddusdan Makkadagi Ka’baga o‘zgartirilishi, ahl al-kitobga (yahudiylar, xristianlar, sobiylar) ahl az-zimma (musulmon davlati himoyasi ostidagi diniy jamoa) mavqei berilishi va islomda arabiy unsurlarning kuchayishi shu voqealar bilan bog'liqdir. Payg‘ambar Umma hayotini ko‘p hollarda atrofdagi odamlar uchun odatiy bo‘lgan qoidalar asosida boshqardi. Muhim hollarda yangi diniy va ijtimoiy qoidalar vahy orqali kiritildi. Bu masalalarda biz Madina davlatini teokratik davlat deb atashimiz mumkin. 11 hijriy yil 12 rabi I/632 milodiy yil 8 iyunь kuni Payg'ambar vafot etdi. Bu bilan islom tarixida ilk davr – Qur'oniy davr yoki teokratiya davri tugadi. Bundan buyon musulmon-arab davlati tarixida podshohlar – xalifalar, islom dini normalarini shakllantirish va rivojlantirishda diniy ilmlar bilimdonlari – ulamolarning roli tobora oshib boraverdi. Muhammad payg‘ambar vafoti haqidagi xabar Madina ahli orasida yoyilgach, ansorlar Umma boshchisi –xalifalikka nomzod masalasini hal qilish maqsadida Banu So‘ida qabilasining Saqifa nomli guzariga oshiqdilar. Bir qancha muhojirlar va ansorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qizg'in bahs va tortishuvlardan so‘ng xalifalikka (xalifat rasulilloh) Abu Bakr as-Siddiqni (632-634) saylab, barcha unga bay'at qildilar. Abu Bakr diniy va dunyoviy hokimiyatni o‘z shaxsida birlashtirdi. Lekin uning hokimiyatini teokratik deb atab bo‘lmaydi. Chunki u Alloh bilan muloqatda emas edi, unga xalifalik ham Payg‘ambar tarafidan vasiyat etilmagan edi. Payg‘ambar vafotidan so‘ng ancha bo‘ysundirilgan qabilalar Madina shahar-davlati yangi yo‘lboshchisi Abu Bakrga to‘lov (sadaqa) bermaslikka qaror qildi. Ba’zi bir qabilalar o‘z siyosiy mustaqilliklarini qaytarib olishni o‘z oralaridan payg'ambarlar chiqarish orqali ifoda etdilar. Arab davlati tarixida ushbu voqealar «Ridda» nomi bilan ataladi. Abu Bakr bunday xatti-harakatlarni qat'iylik bilan bostirdi. Madina shahar davlatining arab qabilalarini o‘z tasarrufiga qaytarishi yo‘lidagi olib borgan urushlari Arabiston tashqarisiga chiqib, asta-sekin arab istilolariga aylanib ketdi. Bu esa o‘z navbatida islomning arab milliy dinidan jahon diniga aylanishiga zamin yaratib berdi1.

Download 119.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling