Kurs ishi mavzu: Kasb-hunar kolleji va professional ta'lim oʻquvchilarida milliy qadriyatlar asosida kasbiy madaniyatni shakllantirishning psixologik asoslari


Download 50.2 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi50.2 Kb.
#1626165
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ABDUSHUKUROVA

Kurs ishining maqsadi: Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining pedagogik diagnostikasining o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash va o`rganish.
Kurs ishining predmeti: Kasb- xunar kolleji o`quvchilarida o`quv- tarbiya jarayonining pedagogik diagnostikasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim –tarbiya mazmuni, tamoyillari, shakl xamda vositalari.
Kurs ishining vazifasi: 1. Kasb – hunar kolleji o`quv- tarbiya jarayonining pedagogik diagnostikasining o`ziga xos xususiyatlarini pedagogika va psixologiya fanida o`rganilganlik darajasini aniqlash bo`yicha ilmiy manbalarni tahlil etish.
2. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining pedagogik diagnostikasining o`ziga xos xususiyatlariga ijobiy ta’sir qiladigan omillarni aniqlash.
3. Kasb – hunar kollejida o`quv - tarbiya jarayonining pedagogik diagnostikasini tashkil qilish darajasini aniqlash.
4. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonini pedagogik va psixologik diagnostikasi o`rtasidagi aloqadorlikni asoslash.
5. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining pedagogik diagnostikasining takomillashtirish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining tarkibiy tuzulishi: kurs ishi 2 bob, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.



  1. BOB.

1.1. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining pedagogik diagnostika qilishning nazariy asoslari
Hozirda respublika siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va ma’rifiy-madaniy islohotlarni boshdan kechirmoqda. Bugungi kunda shakllangan an’anaviy ta’lim tizimida hunar o’rgatishda asosan nazariy jihatlarga e’tibor qaratilgan. Agar mavjud ta’lim texnologiyalari shakli va mazmuni o’zgartirilmasa, u holda o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining bilm va ko’nikmalari ma’lum darajada eskirib boradi. Qayd etish joizki, ta’lim oluvchilarning bilim darajalari ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan didaktik tashkil etuvchilarga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq, chunki ta’lim berishning asosiy maqsadi bilim, ko’nikma, axborot, ish yuritish strategiyasini o’rgatish emas, balki o’zining ustida ishlay oladigan, maxsus va shaxsiy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan ichki tashkily o’zgarishlar resursiga ega bo’lgan shaxsni shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Bu muammoni ta’lim jarayoni samaradorligining yangi sarhadlarini ochadigan, ya’ni ta’lim berishning visual tashkil etuvchilarini joriy etish orqali hal qilish mumkin. Kasb-hunar ta’limining samaradorligi, ta’lim oluvchining o’quv-uslubiy materiallar ustida, o’ziga mos va zarur hajmda , qulay vaqtda ishlay olishida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodi sharoitida kasb o’rgatishni intensivlashtirish, texnika, texnologiya erishgan yutuqlarni qo’llash va ta’lim jarayoni sifatini oshirishga ehtiyoj katta. Televideniya, mobil aloqa va internet texnologiyalari ta’lim, ishlab chiqarish va hayotimizning barcha jabhalariga jadal kirib kelishi oqibatida insonning qabul qilish, ya’ni o’rganish retseptorlariga juda katta ta’sir qila boshladi. Shunday ekan axborotni ko’rish retseptorlari orqali qabul qilish bugungi kunta’lim jarayonida birinchi o’ringa chiqishi zarur. Lekin kasb-hunar ta’lim tizimida bunday darsliklar va o’quv qo’llanmalarining kamligi tezlashib borayotgan ta’lim sohasida o’quvchilarning kasb o’rganishi uchun yearly emas, oq-qora kitoblarni o’qish ular uchun qiziq bo’lmay qoldi. O’z navbatida o’quvchi va darslik o’rtasida jarlik paydo bo’lmoqda.
SHuning uchun o`quv jarayonini boshqarish, ayniqsa uning ishtirokchilarini boshqarish masalasiga tubdan o`zgartirishlar kiritish kerak. Ularni o`zini-o`zi boshqarish tartibiga o`tkazish har bir rahbarning bosqichma-bosqich o`zini-o`zi tahlil qilishi va o`z maqsadini belgilashi, o`zini-o`zi istiqbol rejasini belgilashi, o`zini-o`zi nazorat qilishi, o`zini-o`zi baholash va korrektsiya qilishi (to`g`rilash) demakdir. Bu esa har qanday boshqaruvchining tashxis qilish tomonini kuchaytiradi.
“Tahlil, o`zini-o`zi tahlil qilish, shaxsni o`rganish tushunchalari so`nggi vaqtlarda yagona diagnostika (tashxis) atamasi bilan nomlana boshlandi”. Ushbu so`zning umumiy ma’nosi-tashxis qo`yish nazariyasi va amaliyoti, bilishning alohida turidir, chunki “diagnostika” lotinchadan tarjima qilinganda “aniqlash”, “belgilash” ma’nolarini anglatadi.Insonning oliy nerv tizimi faoliyati haqidagi ta’limotlarning ko’rsatishicha, u murakkab sub”yektiv tizim sifatida boshqa jonli va jonsiz obyekt (tizim)larga qaraganda o’z-o’zini tartibga solish, tiklash, ma’lum holatda saqlash hamda takomillashtirishda eng yuqori darajadagi mavjudot hisoblanadi. O’z-o’zini tartibga solish, takomillashtirish insonga berilgan azaliy imkoniyatdir. Chunonchi, u inson miyasi, ma’naviy va aqliy salohiyatining ajralmas xususiyati hisoblanadi.
Bu jarayonlarni buyuk rus fiziologi I.P.Pavlov ta’limoti davomchisi P.K.Anoxin o’z-o’zini tartibga solish jarayoni jismning muhim omillarini bir xil darajada saqlashning mohiyatidan kelib chiqishini asosladi. Bunda inson faoliyati, jumladan, fikrlashi maqsadga muvofiq davom etib, ma’lum natijaga yo’nalgan bo’ladi.
Shaxsning asab tizimidagi fiziologik asoslarini ochish - insonning o’zini o’zi bilishi asosida o’ziga baho berish, o’z harakat va xulq-atvorini tartibga solish ko’nikmalarini hosil qiladi. Bunda eng muhim holat shaxsning o’ziga to’g’ri baho bera olishi, o’z oldiga qo’ygan maqsad mohiyatiga mos keluvchi harakatlar algoritmini ishlab chiqishidir.
O’z-o’ziga to’g’ri baho berish yosh xususiyati va ijtimoiy tajribaning ortishi, atrofidagilar bilan muloqot, boshqalarning unga munosabati va bahosiga ko’ra shakllanib boradi.
Har bir shaxs faoliyati izchillikda amalga oshadigan davomli jarayondir. Shaxsni faoliyatga undagi mayl undaydi. Shaxs mashq jarayonida o’z-o’zini boshqaradi, bunda nafaqat uning bilim, ko’nikma va malakalari, balki uning xulq-atvori ham shakllanib, takomillashib boradi. Bu holatni L.I.Bojovich ham alohida ta’kidlab o’tgan. Shaxsning o’z-o’zini boshqarish jarayonini B.F.Lomov o’z-o’zini sababiy boshqarish, deya ko’rsatgan edi.
Inson harakati ikki asosga ko’ra amalga oshadi: harakatlar hamda munosabatlar. Shaxs faoliyati dastlab taqlidga asoslansa, keyinchalik u mustaqil faoliyat va o’z-o’zini boshqarishni boshqalar bilan muloqot, munosabat o’rnatish orqali o’rganadi. O’z-o’zini boshqarish faoliyatini inson umuminsoniy tajribalar, bilim va ko’nikmalarni egallash orqali o’zlashtiradi.
Inson o’z-o’zini takomillashtirishining turli bosqichlarida faoliyat subyekti sifatida o’z-o’zini anglash va boshqarishni o’rganadi, o’z imkoniyatlari, qobiliyatlari hamda nimaga qodirligini anglaydi va baholaydi. Bu jarayonda u o’zining imkoniyatlari haqida aniq tasavvurga ega bo’la boshlaydi.
Inson o’z faoliyatining ma’lum bir jihatini diagnostika qilganda bo’lajak natijani oldindan ko’ra olish, avvalgi tajriba tizimida mavjud holatda tegishli axborot olish ehtimoli borligini nazarda tutadi. Bunda avvalgi tajriba va hozirgi holati faoliyatning bo’lajak natijasi haqida faraz qilishga asos bo’ladi. Shunga muvofiq hozirlanish va bo’lajak holat uchun tayyorgarlik harakatlarini boshlab, ma’lum maqsadga erishish mumkin. Inson har qanday faoliyatni boshlashidan oldin ma’lum vaziyatni hisobga oladi. U o’z faoliyatining natijasini oldindan ko’ra bilib, tashkil qilsa, maqsadga, ko’zlangan natijaga erishishi osonlashadi.
O’z-o’zini takomillashtirish shaxsning tashqi ta’sir qiluvchi omillar bilan ichki intilishlarini aniq pedagogik vazifalarga: maqsad va idealni shakllantirish, o’zlikni anglash va o’z-o’zini boshqarish uchun zarur bo’lgan xislatlarni tarbiyalashga yo’naltirishi lozim.
O’zlikni anglash ham xuddi ong kabi tarbiya va insonning faol harakati jarayonida muntazam rivojlanib boradi. S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha: “Inson shaxsining shakllanishi o’zida o’zining uzviy qismi sifatida shaxs ongi va uning o’zligini anglashning shakllanishini mujassamlashtiradi. Bu ongli shaxsning rivojlanish jarayonidir”.
O’qituvchi o’quv jarayoni natijasini anglab yetishi uchun muntazam ravishda pedagogik diagnostika qilishi, salbiy va ijobiy tomonlarni tahlil qilishi hamda takomillashtirishi lozim. Buni amalga oshirishda pedagogik diagnostikaning shakl, usul va metodlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Pedagogikada pedagogik diagnostikaning oddiy metodlari bilan bir qatorda, uning murakkab shakllari va usullari tatbiq etilmoqda.
Pedagogik diagnostika tarixiga nazar tashlasak, o`tgan asrlarda u faqat o`quvchi bilimini baholash orqali amalga oshirilganini kuzatamiz. Unga 1864 yilda AQSH olimlari D. Fisher va R. Resslar asos solganlar, 1908 yildan boshlab esa, olim T. Stoun arifmetikadan test orqali o`quvchi bilimini sinash tizimini tatbiq etgan, “Pedagogik diagnostika” atamasi 1968 yilda olmon pedagogi K.Ingenkamp tomonidan birinchi marta qo’llanilgan.
Pedagogik diagnostika - pedagogik faoliyat sohasida voqeliklarning mohiyatini belgilash, jarayonlarni har tomonlama o`rganish, pedagogik omillarning majmuaviy harakatini aks ettirish demakdir. Uning vazifasi - pedagog va rahbarga sabablarning o`zaro bog`liq harakati, ularning qaysi biri shu lahzada kritik ahamiyatga ega bo`lishi haqida tezkor va ishonchli axborot beradi. SHuning uchun ta’lim-tarbiya va metodik jarayonlarning barcha tarkibiy qismlariii tashxis qilib turish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik diagnostikaning mazmuni deganda metodik va pedagogik jarayonning, bola shaxsi, pedagog yoki rahbarning faoliyati darajasidan qat’iy nazar, tezkor o`rganilishi va baholanishi, tartibga solinishi va korrektsiyasi (to`g`rilanishi) tushuniladi.
Hozirgi kunda pedagogik diagnostika faol shakllanayotgan pedagogik fanlar tizimiga mansub. Shuning uchun undan har kim o’z qiziqishi va o’rganadigan sohasiga mos ravishda foydalanadi. Ayrim tadqiqotchilar pedagogik diagnostikani pedagogikaga doir jarayon va muammolarni yoritish, ularning ta’sirchanligini aniqlash va o’quvchilarning o’zlashtirishini yaxshilash, har bir kishining ma’lumot olish imkoniyatini belgilash vositasi sifatida qarasalar, boshqalar pedagogik diagnostikani o’quv-biluv jarayonini rejalashtirish va bu borada kishilarga maslahat berish tarzida ham talqin qiladilar. Pedagogik diagnostikani keng ma’noda: o’quv jarayoni, o’qituvchilar va o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarni aniqlash hamda ma’lum o’zgartirishlar kiritish vositasi sifatida qarash o’tgan XX asrning 90 yillarida respublikamiz ta’lim tizimida keng qo’llanilgan edi.
Pedagogik diagnostika – pedagogik jarayonlarni bilish instrumenti sifatida bilish nazariyasining xususiy bir ko’rinishi hisoblanadi. Shuning uchun uni gnoseologiya (bilish nazariyasi) bilan tenglashtirish ham mumkin emas.
Pedagogik diagnostikaga xos xususiyat – ta’lim-tarbiya jarayonining har bir bosqichi va bo’g’ini hamda o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlari, individual farqlarini aniqlashdan iborat. Bunda har bir aniq jarayon uchun xos xususiyatlar, ularning mezonlarini aniqlash alohida yoki bir guruh kishilar uchun umumiy bo’lishi ham mumkin. Pedagogik diagnostika o’quv jarayonini takomillashtirish, undagi pedagogik-didaktik masalalarni aniq shart-sharoitdan kelib chiqib hal qilish jihatidan psixologik diagnostikadan farq qiladi. O’qituvchining pedagogik faoliyatini diagnostikalash, bir tomondan, uning o’zi, ikkinchi tomondan, uning hamkasblari, o’quv yurti va xalq ta’limi muassasasi rahbarlari hamda jamoatchilik (ota-onalar, mahalla) tomonidan tashqi diagnostika tarzida amalga oshirilishi mumkin. Tashqi pedagogik diagnostika natijalari o’qituvchilarning attestatsiyasi yoki ularning mahoratini oshirish uchun chora-tadbir belgilash hamda malaka oshirish kurslariga yuborishga asos bo’la oladi.
Boshqa tomondan o’qituvchi faoliyatini refleksiv tashkil qilish – o’zini o’zi (“ichki”) diagnostika qilishni taqozo qiladi. Ichki diagnostika o’qituvchining shaxsiy faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarni o’zi tahlil qilib, aniqlab, ularni bartaraf etish uchun chora-tadbirlarni ko’rish, o’zgartirish kiritishda namoyon bo’ladi. O’qituvchining uzluksiz o’z shaxsi va faoliyatini diagnostikalashi, unga:
- o’z faoliyatini uzluksiz tadqiq qilish;
- o’z vaqtida pedagogik qiyinchiliklarni aniqlash, o’quvchilar ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf qilish;
- o’z faoliyatida shakllangan salbiy kasbiy odatlar, mayl, ehtiyojlarni tuzatish;
- o’quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil qilish instrumetariysini aniqlash;
- pedagogik qiyinchiliklarning salbiy ta’sirini aniqlash va noto’g’ri shakllangan odatlarni yo’qotish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Pedagoglarning faoliyati va shaxsini o`rganish - metodik ishlarning sifati va samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Metodik ishlar pedagoglarning bolalarga ta’lim-tarbiya berish va ularni rivojlantirish bilan bog`liq faoliyatida yuqori natijalarga erishish uchun yordam berishga qaratilgan. Ushbu masalani nafaqat keyingi takomillashtirish, balki har bir pedagogning mavjud imkoniyatlarini har tomonlama hisobga olish shartlaridagina bajarish mumkin.
Pedagogik tashxis pedagoglar bilan olib boriladigan metodik ishlarni tashkil etishda, ularning kasbiy va o`zaro rivojlanishida ilmiy yondashuvni ta’minlaydi. SHuning uchun u metodik, ta’lim-tarbiya jarayonlarida hamda kollejni boshqarish jarayonida muhim rol o`ynaydi. O`qituvchining kasbiy rivojlanish darajasini o`rganishning tizimi sifatida olingan pedagogik tashxis qo`yish ishdagi qiyinchiliklarni aniqlash uchun asos bo`lib xizmat qiladi, ularni yengib o`tishning muqobil usullarini izlashga undaydi. SHu bilan birga, u o`qituvchining kuchli tomonlarini aniqlashga, ularni mustahkamlash hamda pedagogik faoliyat va o`qitish modelining yakkalashtirilgan metodlarini rivojlantirish yo`llari hamda aniq usullarini belgilab olishga ham imkon beradi.
XX asr boshlarida amerikali faylasuf, pedagog, psixolog Djon Dyui darsda o’qituvchi emas, o’quvchi faol bo’lmog’I lozim deb chiqdi. U kitobdagi bilimlarni quruq yod olish hech narsaga olib bormaydi, aksincha o’quvchilarni o’qishdan sovutib, tafakkurni zanglatadi deb ta’kidlagan. Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi ta’lim tizimi xodimlaridan ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko’tarishni talab etib, har bir tizim hodimi, ayniqsa o’qituvchilar zimmasiga yuksak mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi. Mazkur vazifalar samarali darslar orqali amalgam oshiriladi. O’qituvchilarning darsga umumiy tayyorgarligi jarayonida mustaqil, ijodiy yondashmasligi, bilimini oshirib bormasligi, o’z ustida ishlamasligi kuzatilmoqda, bu esa darsning samaradorligiga salbiy ta’sir qilmoqda. Dars jarayoni samaradorligi o’qituvchining darsga puxta tayyorlanishi bilan belgilanadi. E’tiborsizlik bilan rejalashtirilgan va puxta tayyorlanmagan, o’quvchilar imkoniyatlari bilan uyg’unlashmagan dars sifatli bo’lishi mumkin emas. O’qituvchining darsga tayyorgarligi ikkiga bo’linadi:
1. O’qituvchining o’z fani yuzasidan umuniy tayyorgarligi
2. O’qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi

O’qituvchining o’z fani yuzasidan umuniy tayyorgarligi muntazam amalga oshadigan jarayon:


- Davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, o’quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o’rganib chiqish;
- faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish; - tegishli ko’rgazma materiallarini, o’quv jihozlarini o’rganish, ularni qo’llay bilish;
- ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish, tahlil qilish irqali o’z bilimini kengaytirish;
- kompyuter texnikasidan foydalanish ko’nikmasini oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, ”Ziyonet” axborot ta’lim portali orqali ma’lumotlarni olish malakasini shakllantirish kabilardir.
O’qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi:
- taqvim mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt aniqlashtirib olinadi;
- DTS va o’quv dasturidan o’tilayotgan mavzuda qanday tushunchalar shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirilib, shu asosda dars maqsadlari belgilab olinadi;
- Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko’rgazmali va didaktik materiallar , adabiyotlar o’rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi yoziladi.
Pedagogning muvaffaqiyatlarini diagnostika qilish attestatsiya muammolarini muqobil hal qilishga imkon beradi, chunki u ta’lim muassasasi ma’muriyatining bahosidagi sub’ektivizmni chetlashtiradi. Biroq ta’lim muassasasi rahbarlari shuni yodda tutishlari kerakki, diagnostika - bu shaxsiy maqsad emas, balki maslahat, korreksiya (to`g`rilash), moslashish va metodik-psixologik qo`llab-quvvatlash bilan bir qatorda pedagoglar bilan ishlash bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Pedagogik faoliyat diagnostikasini, ayniqsa o`zini-o`zi diagnostika qilishni o`tkazish har bir pedagog tomonidan o`zini-o`zi tahlil qilish va baholash malakalarini egallashga yo`naltirilgan. Bu hol pedagogik kadrlar bilan olib boriladigan ishlarning o`zini tartibga solish va korrektsiyalashning faol tartibiga o`tkazishga imkon beradi.
Pedagogik diagnostika har bir pedagogik bilish, har birining ko`ngliga yo`l topa olish singari murakkab masalalarni muvaffaqiyatli echishda rahbar – metodistlarga yordam beradi. U o`qituvchilarning kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini bilishga imkon beradi va shu bilan birga pedagog kadrlar bilan metodik ishlarning tashkil etilishini engillashtirib, ularning samarasini oshiradi.
Zamonaviy diagnostikaning vazifalariga yaqin vaqtlargacha pedagogik diagnostika biron-bir belgilarni baholash muammosiga taqalar ekan, shaxs esa bir figura, fotosurat ko`rinishida ifodalanar edi. Bugungi kunda pedagogik diagnostika ko`p tarmoqli bo`lib bormoqda va o`zida ma’lumot, asl diagnostika, baholash, korrektsion, yo`naltiruvchi, tahliliy kabi vazifalarni mujassamlashtirmoqda.
Diagnostik yondashuv ham o`quvchilar, ham butun pedagogik jamoa faoliyatining turli bosqichlaridagi harakatining majmuaviy diagnostikasi, o`zini-o`zi sinovdan o`tkazish va monitoringi tizimini to`zish hisobiga amalga oshadi va shuning uchun boshqaruv faoliyatining natijalarini holisona baholashga imkon beradi.
Diagnostikani tashkil etish jarayonida sub’ektlarning rivojlanish dinamikasini o`rganish va holislikni oshirish uchun bosqichlilik, davriylikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ob’ektning nafaqat asl holatini, balki oraliq va yakuniy natijalarini o`rganish zarurligi sababli, kamida uchta kesimda bajarilishi lozim: birinchi kesim - kirish nazorati (birinchi boshlang`ich diagnostika), ikkinchi kesim - joriy nazorat (qiyosiy diagnostika) va uchinchi kesim - chiqish nazorati (yakuniy diagnostika).
Har bir pedagog mazkur ta’lim muassasasining metodik ishi tizimiga mos ravishda amalga oshirayotgan faoliyatni diagnostika va tahlil qilish dasturi pedagogik ta’lim-tarbiya va metodik - jarayonni tashkil etishdagi jarayon va omillarni aniqlash, zarur va kutilayotgan o`zgarishlarni bir ketma-ketlikka qo`yish, boshqaruv korrektsiyasini amalga oshirish - bularning hammasi ta’lim muassasasiga yutuqlar asosida mavjud muammolarni hal qilishda ularning qay darajada ekanligini, an’ana bilan innovatsiya o`zaro qanchalik uyg`unlashganini, manfaatdorlik vaziyati vujudga keltirilganligini, sinov, tajriba, izlanish va ilmiy-metodik tadqiqot jarayonida pedagogik jamoa ko`pchiligining ichki kechinmalarini bilish va ko`rishga imkon beradi.
Pedagogik diagnostikaning ahamiyati har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo`ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar yasash – bo`sh yoki muvaffaqiyatli o`rinlarni belgilab olish, faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish diagnostika deyiladi.
Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan pedagogik faoliyatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega bo`lib, ilg`or ta’lim muassasalarida bu ish uslubi muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda, yutuqlar mustahkamlanib, yo`l qo`yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida bosh strategik yo`nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qo`lga kiritilmoqda. Savol tug`iladi:
- bola qobiliyati, imkoniyati, bilimi, egallagan ko`nikmalarining o`lchovi bormi?
- bolaning bilish va ko`nikmalarini belgilashga o`qituvchi aralashgani ma’qulmi yoki o`ziga-o`zi baho bergani afzalroqmi?
Mana shu savollarga eng maqbul asoslarda javob berish pedagogik diagnostikaning predmetidir. Mana shu maqsadni ro`yobga chiqarish yo`l-yo`riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir. Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogik faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan beri mavjud bo`lsa, bu faoliyatning me’yorlari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki, o`quvchi bilimiga baho qo`yish, uni sinov va imtihon qilish, pirovard ish natijalarini belgilab olish boshlangan yerda pedagogik diagnostika ham mavjud. Faqat farq shundaki, ibtidoiy va o`rta asr pedagogikasida bola bilimi va iqtidorini diagnostik tahlil qilishning ilmiy asosi yo`q edi. Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo`lga qo`yish XX asr boshlarida amalga oshirilgan. SHu boisdan, bu pedagogik jarayonning nomlanishi ham turlicha bo`lgan. Ayrimlar pedagogik diagnostikani taklif etilgan bilimlarni o`zlashtirish asosi deyishadi. Boshqalar diagnostika o`qitishni jadallashtiruvchi axborotdir deb hisoblaydilar. Yana ayrimlar esa diagnostika egallangan bilim sifatini nazorat etishdir, degan fikrni ilgari suradilar. Taniqli pedagogik olim Matserman pedagogik diagnostikani «o`quvchi o`zlashtirishi bilan, o`quv materialini to`g`ri tanlash, maqsadni to`g`ri yo`naltirish mezonidir» deb hisoblaydi. [28.b.56]Aslida pedagogik diagnostika o`quv materialini bilish jarayonining asosini tashkil etib, maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi. Pedagogik diagnostika: o`quvchiga individual ta’lim berishni jadallashtiradi, davlat va jamiyatning ta’limga qo`ygan talablaridan kelib chiqib, o`quvchi bilimini to`g`ri, adolatli baholashni ta’minlaydi va ishlab chiqilgan ta’limiy mezon, kriteriyalar orqali o`quvchining sinfdan sinfga o`tishida, mutaxassislikka qabul qilinishida minimal talablarga javob berishini belgilaydi. Pedagogik diagnostika yordamida ta’lim-tarbiya jarayoni to`g`ri tahlil etiladi va uning samaradorligi to`g`ri baholanadi. Ya’ni pedagogik diagnostika orqali ta’lim ob’ekti, ta’limiy tushunchalar qay darajada o`zlashtirilganligi tahlil etiladi, butun o`quv kursini, o`quv dasturlarini o`zlashtirish darajasi baholanadi.
Pedagogik diagnostika muhim ahamiyatga ega. U o`quv-tarbiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, ta’limiy faoliyat natijasida erishilgan samaralarni xolislik bilan belgilab beradi, yo`l qo`yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga yo`l ochadi, pirovard natijada ta’limning takomillashib borishiga ijobiy ta’sir qiladi. Egallagan malakani aniqlashga qaratilgan pedagogik diagnostika yoki diagnostik faoliyatning ayrim jihatlari: taqqoslash, pedagogik tahlil, avvaldan ayta bilish (prognoz), interpretatsiya, pedagogik diagnostika natijalarini o`quvchilarga etkazish, amalga oshirilgan turli diagnostik metodlarni o`quvchilarga etkazish, pedagogik diagnostika metodlarini to`g`ri belgilashdan iborat bo`lgan. Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari esa: haqqoniylik (ob’ektivnost), ishonchlilik (nadejnost), puxtalik (validnost) ka asoslanadi.
Maqsadimiz haqiqiy ta’limiy ahvolni aniqlash ekan, unga to`g`ri, ob’ektiv yondashish zarur. Aks holda, diagnostikadan ko`zlangan natijaga erishish, to`g`ri tashxis qilish mumkin emas. Bu sinovchi, ya’ni diagnostik tahlil o`tkazuvchi qilinayotgan ishlarning tub maqsadiga tushunib etishiga, mas’uliyatiga, ishga bo`lgan yondashuviga, va nihoyat uning saviyasiga bog`liq.
Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa shuki, pedagogik diagnostikani amalga oshirishda ob’ektiv yondashilmasa, haqiqiy ahvol aniqlanmaydi, umumiy ishga putur etadi, kamchilik va nuqsonlar ochilmay xaspo`shlanadi, ta’limni takomillashtirishdan ko`zda tutilgan maqsadlar ochilmay qoladi. Pedagogik diagnostikaning ishonchliligi bir necha marta qilingan tahliliy xulosalar natijasining bir xilligi qayd etilgan hollardagina ta’minlanadi.
Pedagogik diagnostika natijalari qachon uzil-kesil tasdiqlanadi? Tajribalar, tahlillar shuni ko`rsatadiki, pedagogik diagnostika test usullari vositasida amalga oshirilsa, natijalar haqqoniy bo`ladi. CHunki bunda to`rt xil xulosa bir xil natija bilan baholanadi. Bular: mazmunning tasdig`i, har xil usul bilan olingan natijalarning bir xilligi, natijalarga ko`ra amalga oshirilgan tahlillarning isbotlanishi, loyihalashning tasdiqlanishi (ya’ni loyihalashtirishdagi natijalarning olingan xulosalarga uyg`unligi).


Download 50.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling