Kurs ishi mavzu: Ko’p fotonli jarayonlar. Topshirdi
Download 131.45 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Bob. Lazerlar haqida umumiy ma’lumot. 1. 1. Lazerlarning yaratilish tarixi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Urganch Davlat Universiteti fizika-matematika fakulteti fizika yo’nalishi 191-guruh talabasi Salayeva Hilolaning “Lazer fizikasi” fanidan tayyorlagan KURS ISHI Mavzu: Ko’p fotonli jarayonlar. Topshirdi: ____________ Qabul qildi: ____________ Urganch – 2022 Mundarija. Kirish………………………………………………. I.Bob.Lazerlar haqida umumiy ma’lumot………………. 1.1.Lazerlarning yaratilish tarixi……………………… 1.2.Muhitda tarqalayotgan nurlanishning yutilishi va kuchayishi……… II.Bob.Lazer nurlanishining xususiyatlari…………………………… 2.1. Nochiziqli optika…………………………………………2.2.Ko’p fotonli jarayonlar…………………….. 2.3. Lazer nurlanishining monoxramatikligi, kogorentligi, qutblanishi…… Xulosa……………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar…………………………. Kirish.
I.Bob. Lazerlar haqida umumiy ma’lumot. 1. 1. Lazerlarning yaratilish tarixi. Lazer kogerent nurlanish chiqaruvchi elektr-optik qurilmadir. Atama inglizcha "laser" qisqartmasidan kelib chiqib,Light Amplification by Stimulated Emissionof Radiation(majburiy nurlanish yordamida yorug’likni kuchaytirish),deb yoyiladi. Tipik lazer divergensiyasi past va to’lqin uzunligi qat’iy cheklangan (ya’ni, monoxrom) yorug’lik chiqaradi. Spektrning optik qismida ishlatiladigan yorug‘lik manbalarining nurlanishi kogerent bo‘lmaydi, masalan, manbaning butun nurlanishi uning atomlari, molekulalari, ionlari, erkin elektronlari kabi mikroskopik elementlari chiqarayotgan va o‘zaro kogerent bo‘lmagan oqimlardan tashkil topgan bo‘ladi. Gaz razryadining yorug‘lanishi, su’niy va tabiiy manbalarning issiqlik nurlanishi, turli usulda uyg‘otilgan lyuminessensiya kogerent bo‘lmagan nurlanishga misol bo‘la oladi. XX asrning 60 yillari boshida boshqa tipdagi yorug‘lik manbalari yaratilgan bo‘lib, ular optik kvant generatorlari (OKG) yoki lazerlar deb ataladi. Kogerent bo‘lmagan manbalardagiga qarama-qarshi ravishda kvant generatorning bir-biridan mikroskopik masofalarda bo‘lgan qismlaridan chiqayotgan elektromagnitik to‘lqinlar o‘zaro kogerent bo‘ladi. Bu jihatdan kvant generatorlari kogerent radio to‘lqinlari manbalariga o‘xshash bo‘ladi. Nurlanishning kogerentligi optik kvant generatorlarining qariyib hamma xususiyatlarida ko‘rinadi. Nurlanishning to‘la energiyasi bundan istisno bo‘ladi, chunki bu energiya kogerent bo‘lmagan manbalardagi kabi dastavval uzatilayotgan energiyaga bog‘liq bo‘ladi. Lazerlarning nurlanishi kogerentligi bilan bog‘langan ajoyib xususiyati shundan iboratki, energiya vaqt davomida, spektrda, fazoda tarqalish yo‘nalishlari bo‘yicha konsentratsiyalanadi. Ba’zi kvant generatorlarining nurlanishi yuqori darajada monoxromatik bo‘ladi. Boshqa lazerlar davom etish vaqti 10-12 s ga teng bo‘lgan juda qisqa impulslar chiqaradi; shuning uchun bunday nurlanishning oniy quvvati juda katta bo‘lishi mumkin. Download 131.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling