Kurs ishi mavzu: Kulonimetriya Kurs ishi rahbari: Roʻzimamatova G. Andijon – 2023 Mundarija


Elektr kimyoviy va kimyoviy reaksiyaning tugash payti


Download 203.32 Kb.
bet13/18
Sana20.06.2023
Hajmi203.32 Kb.
#1632402
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Kulonimetriya

Elektr kimyoviy va kimyoviy reaksiyaning tugash payti.

Aniqlanadigan modda konsentratsiyasining kamayishi elektroliz tokining kamayishiga mutanosib bo‘ladi. Shuning uchun ham modda konsentratsiyasining va, binobarin, elektroliz tokining vaqt birligida (100 %-lik samaradorlikda) o‘zgarishi ishchi elektrodining doimiy potensialida birinchi tartibli reaksiyaning kinetik tenglamasi yordamida ifodalanadi: bu yerda I –  vaqtga to‘g‘ri keladigan elektroliz toki, A; Io - =0 bo‘lgan davrdagi elektroliz toki, A; – elektroliz vaqti, sek; k – mutanosiblik koeffitsiyenti (DS/V); D – diffuziya koeffitsiyenti (diffuzion qavatning qalinligi ga bog‘liq); S – elektrodning sirt yuzasi; V – tekshiriladigan eritmaning hajmi, ml. Har bir tajriba uchun D qiymat nisbatan doimiy bo‘ladi, shuning uchun ham k, asosan, S/V ga bog‘liq bo‘ladi. Bu nisbat qancha katta bo‘lsa, k qiymat ham shuncha katta bo‘ladi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, elektrod reaksiyasining tezligini oshirish uchun elektrod sirt yuzasini oshirish va eritmaning hajmini kamaytirish kerak. Eritmani aralashtirish ham yaxshi samara beradi, chunki aralashtirish natijasida qiymat kamayadi va moddaning diffuzion qavatga tashilishi ortadi.

tenglamaga ko‘ra nazariy jihatdan tokning qiymati elektroliz cheksiz davom ettirilganda fon (qoldiq) tokiga intiladi. Shuning uchun ham elektrolizni tok o‘zgarmay qolgan vaqtda tugagan, deb hisoblash mumkin.
Buni amalga oshirish uchun fon elektrolitining voltamper egri chizig‘i tuziladi va fon tokining qiymati baholanadi. So‘ngra tekshiriladigan moddaning berilgan fon eritmasidagi elektroliz reaksiyasi o‘rganiladi. Agar elektroliz toki fon (qoldiq) toki qiymatidan farq qilsa, elektroliz jarayoni tok doimiy qiymatga erishguncha davom ettiriladi. Bundan tashqari, elektrolizni tugatish uchun elektroliz tokining dastlabki tok qiymatiga nisbatan yuz yoki ming marta kamayishi ham asos qilib olinishi mumkin. Dastlabki elektroliz tokining aniq baholanishi murakkab bo‘lganligi uchun u hisobga olinishi zarur. Elektr kimyoviy reaksiyaning tugashini maxsus indikator yordamida ham aniqlash mumkin. Indikator tekshiriladigan depolyarizator uchun xos bo‘lishi va shu bilan birgalikda elektr aktiv bo‘lmasligi kerak. Ko‘pchilik indikatorlarning elektr aktivligi va aksariyat hollarda elektrod sirtida adsorbilanuvchi organik moddalar ekanligi hisobga olinsa, ular qo‘llanilishining cheklanganligi o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladi. Elektr kimyoviy reaksiyaning tugashini turli xil elektr kimyoviy usullar, jumladan, potensiometrik usul yordamida ham aniqlash mumkin. Elektr kimyoviy reaksiyaning tugash davrida aralash to‘yingan potensial paydo bo‘lishi natijasida indikator elektrodining potensiali keskin o‘zgaradi. Ishchi elektrod potensialini taqqoslash elektrodi potensialiga ko‘ra kuzatish yordamida ham elektr kimyoviy reaksiyaning tugash paytini aniqlash mumkin. Kimyoviy reaksiyalarning tugash paytini aniqlash uchun yuqorida aytilgan usullardan tashqari, vizual usullar ham keng miqyosda qo‘llaniladi.

Download 203.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling