Kurs ishi mavzu: Kulonimetriya Kurs ishi rahbari: Roʻzimamatova G. Andijon – 2023 Mundarija


Download 203.32 Kb.
bet14/18
Sana20.06.2023
Hajmi203.32 Kb.
#1632402
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Kulonimetriya

Elektr miqdori. Potensiostatik kulonometriyada elektrolitik bo‘g‘indan vaqt birligida o‘zgarmas tok o‘tganligi uchun (3.1-chizma) elektrolizga sarflangan elektr miqdorini turli xil kulonometrlar, tok integratorlari yoki hisoblash usullari yordamida aniqlash talab etiladi, chunki moddaning miqdori elektr miqdori yordamida topiladi, Kulonometrik tahlilning aniqligi elektr miqdorini topish aniqligiga bog‘liq bo‘lganligi uchun bu qiymatni imkoni boricha aniq topish zarur. Usulning u yoki bu ko‘rinishini, yoinki asbobni tanlash tahlilning talab qilingan aniqligigagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki tokning qiymati va tizimning qarshiligiga ham bog‘liq. Elektr miqdorini aniqlashning bir qator usullari mavjud bo‘lib, ular tok kuchi – vaqt bog‘liqligini tekshirishga asoslangan.
Agar tok kuchi qiymati vaqt birligida o‘zgarmas bo‘lsa, elektr miqdori nazorat qilingan qiymatlar asosida Q=I tenglama yordamida aniqlanadi. Ko‘pincha, eritma qarshiligining elektroliz jarayonida oz bo‘lsa-da, o‘zgarishi natijasida tok kuchi vaqt birligida kamaya boradi. Bunday holda elektr miqdorini topish uchun kulonometr yoki integratordan foydalaniladi. lgI- bog‘lanish to‘g‘ri chiziqli bo‘lganligi uchun tokni qo‘shib borish usuli ham tavsiya qilingan. Hozirgi davrda turli xil avtomatik o‘ziyozar asboblar lgI- bog‘lanishni 0,1 % aniqlik bilan qayd qiladi.
Tokni 10-510-1 A va zaryadni 10-3103 Kl kattalikda 3 % aniqlik bilan yozadigan ikki koordinatali elektron o‘ziyozar potensiometrlar ham mavjud. Elektron integrator qurilmalari imkoniyat boricha kichik vaqt () oralig‘ida elektr miqdorini hisoblab boradi va elektroliz davomida yig‘indi Q qiymatni beradi. Eng yaxshi natijalarni hozirgi zamon integratorlari yordamida olish mumkin.


Elektr kimyoviy kulonometrlar o‘z mohiyati bilan elektrolitik bo‘g‘in bo‘lib, 100 %-lik tok samaradorligiga ega bo‘lgan sistema uchun katod yoki anod jarayoni, yoki har ikkala jarayon natijasida hosil bo‘lgan moddaning miqdorini o‘lchashga asoslangan. Ajralib chiqqan moddaning miqdorini o‘lchash bo‘yicha elektr kimyoviy kulonometrlar quyidagilarga bo‘linadi: titratsion, gaz, kolorimetrik, elektr gravimetrik, kulonometrik va boshqalar. Elektr gravimetrik kulonometrlarga mis, kumush va kumush galogenid kulonometrlari kiradi. Ularning tuzilishi oddiy bo‘lib, o‘lchash aniqligi elektrod sirtiga cho‘kadigan moddaning zichligi, analitik tarozining aniqligi va sezgirligiga bog‘liq. Misol tariqasida mis kulonometrining ishlash tartibini qarab chiqamiz (3.2-chizma).








g‘






Download 203.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling