Kurs ishi mavzu: Maktab yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi Bajardi: Norbayev Anvar Qabul qildi: Boboqulov Chori Qo`yilgan ball: Termiz 2022 mavzu: maktab yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyasi mundarija: Kirish


II.BOB. MAKTAB YOSHDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI


Download 50.54 Kb.
bet4/9
Sana16.01.2023
Hajmi50.54 Kb.
#1094986
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAKTAB YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY TARBIYASI Norbayev Anvar

II.BOB. MAKTAB YOSHDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI .
2.1 Maktab yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasini bosqichma bosqich o`rganilishi
Tushunarlilik va individuallilik prinsipi bolaning yosh xususiyatlar imkoniyatlarini hisobga olishni hamda shu bilan bog‘liq ravishda uning kuchiga yarasha topshiriqlar belgilashni ko‘zda tutadi. Bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimida bu prinsipga rioya qilish, ayniqsa, zarur, chunki turli mashqlarni bajarish bolaning hali mustahkam bo‘lmagan organizmining hayotiy muhim funksiyalariga bevosita ta’sir qiladi va jismoniy yuklamalarning haddan oshirilishi salomatligiga yomon ta’sir etishi mumkin.
23 Tushunarlilikning optimal darajasi bolalarning yosh imkoniyatlariga va topshiriqlarning qiyinchilik darajasiga muvofiq belgilanadi. Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalarning to‘laqonli jismoniy tarbiyasini amalga oshirishda bola markaziy asab tizimi rivojlanishining yoshga oid qonuniyatlarini o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Bu pedagogik ta’sir etish shakllarni tanlashga va ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga yordam beradi.
Olimlarni aniqlashicha, bola o‘zining tug‘ma qobiliyati va asab tizimi xususiyatlari bilan dunyoga keladi. Biroq, ular bola psixik rivojlanishining organik zamini bo‘lib, bu rivoshlanishning xarakter va darajasini belgilamaydi. Shuningdek, har bir bola o‘zining asab-ruhiy rivojlanishi uchun ishonchli asosni tashkil etuvchi katta potensial psixofiziologik imkoniyatlarga ega bo‘lishi isbotlangan. Shunday qilib, bir tomondan organik zaminni va ikkinchi tomondan potensial imkoniyatlarni hisobga olgan holda, eng qulay pedagogik 37 sharoit yaratish, maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya va ta’lim sharoitida bola organizmi va psixikasga bevosita ta’sir etish imkonini beradigan jismoniy tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish lozim. Bolaning tug‘ma asab tizimi xususiyatlari va uning shakllanishidagi tashqi ta’sirning yetakchi rolini hisobga olgan holda to‘g‘ri tartib (yaxshi uyqu, mashg‘ulotlar hajmini aniq belgilash, faol harakat faoliyati, ochiq havoda bo‘lishga belgilangan vaqt) va uning og‘ishmay bajarilishini ta’minlash muhimdir. Bunda ijobiy emotsional vaziyat – bolalarning o‘zaro va kattalarning bolalar bilan bir maromda vazmin, do‘stona munosabatlari alohida ahamiyatga ega. Fiziolog N.I.
Krosnagorskiy fikricha: “Kattalarning namuna bo‘lishi, atrof-muhit va butun sharoit oliy asab tizimining rivojlanishida muhim omillar sanaladi. Norozilik, hayajonli, janjalli vaziyatda bolalar injiqliklarining turli shakllari kelib chiqadi, bolaga har tomonlama vazmin muomala qilish esa qat’iy, tugallangan xarakter shakllanishining yaxshigina vositasidir”. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarning tipologik xususiyatlariga individual tartibda yondashish, tartib uchun optimal sharoit, chiniqish, faol harakat faoliyati, bolaning emotsional ijobiy holatini amalga oshirish maqsadida hisobga olinadi. Tarbiyachining kundalik turmush jarayonidagi shaxsiy kuzatishlari juda muhimdir.
Mavjud tahlil qilish tarbiyachiga zarur xulosalar chiqarishga va bolaning emotsional holatini saqlab turishga, xilma-xil faol faoliyatni rivojlantirishga, ijodiy maylini namoyon qilish yo‘llarini belgilashga yordam beradi. Jismoniy tarbiya bola shaxsining har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etishning amaliy vositalari va metodlariga ega. Faol harakat faotiyati jarayonida bola axloqiy-irodaviy sifatlarni namoyon etishni mashq qiladi: o‘yinda qo‘lga tushish xavfiga qaramasdan botirlik bilan harakat qiladi, o‘rtog‘ini qo‘llashga, umumiy ishni hamma bilan birgalikda bajarishga intiladi, (masalan, o‘z vaqtida yugurib kelib, barcha bolalar bilan safga tizilishi) va boshqalar. Bunday harakat birnecha bor takrorlangach, bola uni zarurat sifatida anglaydi, tarbiyachi va tengdoshlarining rag‘batlantiruvchi bahosi bolada ma’naviy qoniqish tuyg‘usi, emotsional ko‘tarinkilik, bundan keyin ham 38 shunday harakat qilish istagini uyg‘otadi. Yetakchi rollarni tortinchoq bola ijro etishi va tarbiyachining topshirig‘iga ko‘ra biror mashqni qanday bajarishni barcha bolalarga ko‘rsatish va tushuntirish, uni asta-sekin uyatchanlikdan qutqaradi, xotirasini charxlaydi, mashg‘ulotlarga qiziqishni uyg‘otadi. Bola ancha xushmuomala, tashabbuskor, xushchaqchaq bo‘la boradi. Yengiltak, biroq o‘ziga bino qo‘ygan bolalar mashg‘ulotlar va o‘yinlar jarayonida asta-sekin umumiy talablarga bo‘ysunadigan, ancha vazmin, uyushgan, o‘zgalarga yon beradigan, qiziqarli topshiriqlar (o‘yinda boshlovchi bo‘lish, sevimli rolni o‘ynash, mashqlarni tushuntirish va namoyish qilish h.k.)ni bajarishda navbatga rioya qiladigan bo‘la boradilar.
Chiniqishga oid tadbirlar asab tizimini mustahkamlaydi va uning faoliyatini yaxshilaydi; jismoniy mashqlar, jumladan harakatli o‘yinlar faol harakat faoliyati uchun sharoit yaratadi va emotsional ko‘tarinkilik, g‘ayrat uyg‘otadi, qon aylanishi, yurak faoliyati va miyaning qon bilan ta’minlanishini kuchaytiradi, organizmni umumiy sog‘lomlashtirishga yordam beradi. Bolada ijodiy tashabbusning tizimli rivojlanishini jismoniy tarbiyaning ajralmas qismi deb hisoblash lozim. Bu tashabbusning namoyon bo‘lishiga harakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlardagi harakat faoliyati yordam beradi. Bu harakat shakllarida (bolalarga) beriladigan ijodiy topshiriqlar tasavvur va tafakkurning rivojlanishini, assosiatsiya va biror narsa o‘ylab topish istagining tug‘ilishini, so‘ng o‘z niyatini amalda qo‘llashga intilishni kuchaytiradi. (L.M. Korovina, E.Y. Stepanenkova). “Inson salomatligi haqida g‘amxo‘rlik, ayniqsa bola salomatligi haqida g‘amxo‘rlik, – deb yozgan edi V.A. Suxomlinskiy, – bu faqatgina sanitariya-gigiyena me’yor va qoidalari kompleksi, tartib, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olishga qo‘yiladigan talablar yig‘indisigina emas.
Bu avvalo, barcha jismoniy va ma’naviy kuchlarning garmonik to‘kisligi haqidagi g‘amxo‘rlikdir va garmoniyaning gulchambari – ijod zavqi, quvonchi hisoblanadi”. Bolalarni oilada va davlat muassasalarida jismoniy tarbiyalashning vazifalari yagonadir, ular ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalarining umumiy harakati bilan hal qilinishi lozim. Ishchi va xizmatchilarga dam olish kunlari, ko‘p bolali oilalar va yosh bolasi bo‘lgan ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar yaratilishi - bularning hammasi ota-onalarga o‘z bolalarining tarbiyasiga ko‘p vaqt ajratish imkonini beradi. Oilada jismoniy tarbiyani to‘g‘ri amalga oshirish uchun ota-onalar bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek, bolalarning sport maktablarida qanday jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlarini va kun hamda butun hafta davomida qanday jismoniy yuklama bajarayotganligini bilishlari zarur. Maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnamaydigan bolalarning ota-onalari ularning to‘liq jismoniy rivojlanishini ta’minlashga majburdirlar. Oilada tarbiyalanayotgan bolalarga jismoniy tarbiya vositalari kompleksi qo‘llanishi muhim. Ular uchun eng qulay gigiyena sharoitlarini yaratish, tabiatning tabiiy omillari (quyosh, havo, suv)dan foydalanish muhimdir. Oila tarbiyachisi bola bilan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, harakatli o‘yinlarni hovlida, maxsus jismoniy tarbiyaga oid jihozlangan xonalarda yoki imkoniyatlardan kelib chiqib jixozlanmagan xonalarda ham tashkil etishi mumkin. Bunda havoning haroratiga qarab ochiq havoda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda, Mustaqil O‘zbekistonda ko‘pgina oila bolalarining tarbiyasiga oila tarbiyachisini yollamoqdalar. Oila 40 tarbiyachisi oilada bolalar tarbiyasida yetakchi o‘rin egallaydi. U oilada bolalarni yakka tartibda hayotga har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalashga javobgar shaxsdir. Oila 2-3-4 farzanddan iborat bo’lishi mumkin.
Oila tarbiyachisi oiladan ota-onalar va bolalar haqida ma’lumot oladi, bolalar soni, yoshi, sog‘lig‘i, rivojlanish darajasi, egallagan harakat, malaka va ko‘nikmalari va jismoniy sifatlarini rivojlanganlik darajasini o’rganib chiqadi, so‘ng “Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari” asosida bola bilan tashkil qilinadigan jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirib oladi. Oila tarbiyachisi jismoniy tarbiya bo‘yicha olib boriladigan ishlarga puxta tayyorlanishi, bolani faollikka, mustaqillikka, undaydigan ta’lim metodlarini tanlashi lozim. Oilada bolalarni jismoniy tarbiyalash o’ziga xos xususiyatga ega. Tarbiyachi ertalabki badan tarbiyani bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib (ayniqsa, 3-4 yosh) ularni she’rlar, musiqa sadolari, ashulalar, turli xil hayvon obrazlari harakatlari orqali jismoniy harakatlarni bajarishga undaydigan mashqlarni rejalashtirishi kerak. Tarbiyachi ota-onalardan o‘z bolalari bilan birgalikda badantarbiya mashqlarini bajarishda, ota-onalar va bolalar bilan sport musobaqalarini tashkil etish, bunda bolalar ota-onalari bilan birgalikda harakat qilishlari ularga ijobiy ta’sir etadi va ularni rag’batlantiradi. Masalan, “Ota-onam va men – sportchi oilasi”. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda gigiyenik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari va jismoniy mashqlar va boshqalardan foydalaniladi. Har xil faoliyat turlariga kiruvchi (qo‘l mehnati, musiqa asboblarini chalish, loy yoki plastilindan narsa yasash, qurish-yasash, rasm chizish, kiyinish, yuvinish va boshqalar) xilma-xil harakatlar bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir etadi. To‘laqonli jismoniy tarbiyaga barcha vositalar, umumiy qo‘llanilganda erishiladi, chunki ularning har biri kishi organizmiga turlicha ta’sir qiladi.
Gigiyenik omillar (mashg‘ulotlar rejimi, dam olish, ovqatla- nish, uyqu, kiyim-bosh, poyabzal, jismoniy tarbiya jihozlari, xonalari, maydonchalari va boshqalar) jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishning majburiy sharti hisoblanadi.

Download 50.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling