Kurs ishi mavzu: maktabgacha ta'lim xizmatlarida nodavlat sektorni rivojlantirish bajardi
Download 82.27 Kb.
|
Dominova
Integrallashuv-bola rivojlanishining har bir sohasi, uning boshqa sohalari bilan uzviy bog‘liqligi va ularning bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan jarayonidir. Masalan,matematika, qurish-yasash, aplikatsiya yoki nutq o‘stirish, badiiy adabiyot, rasm mashg‘ulotlarini bir-biriga uzviy bog‘lab, o‘zaro uyg‘unlashtirib olib borishni misol tariqasida keltirishimiz mumkin.
Buning uchun pedagoglar Davlat talablarining yo‘nalishlari asosida berilgan indikatorlarni mashg‘ulot maqsadiga kiritgan holda mashg‘ulot ishlanmalarini tuza olishlari va mashg‘ulotga olingan maqsadniamalga oshira olish malakalariga ega bo‘lishlari kerak. Pedagoglar Davlat talablarini bajarish uchun mashg‘ulotdan tashqari bolalarning qiziqishlariga ko‘ra ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan to‘garaklar ochishlari, bolalar o‘rtasida qobiliyatli, iqtidorlilarini aniqlab, shaxsni rivojlantirishga qaratilgan festival, tanlovlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishlari kerak. Maktabgacha ta’limga qo‘yilgan davlat talablarining 8-ilovasida maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkaziladiganmashg‘ulotlar davriyligi berilgan. Pedagoglar Davlat talablariga rioya qilingan holda muassasaning ta’lim-tarbiya faoliyati rejalashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlar jadvalini ijodiy yondoshgan holda tuzadilar. Mazkur malaka ishda namunaviy haftalik mashg‘ulotlar bir-biri bilan uyg‘unlashtirilib – integrallashgan tarzda ilova qilindi. Tarbiyachilar mashg‘ulotlar jadvaliga ijodiy yondashgan holda foydalanishlari mumkin. Davlat talablari sohalari yo‘nalishlari bo‘yicha indikatorlarni bolalar tomonidan o‘zlashtirganlik darajasini tahlil qilish. Bolalarning bilim, ko‘nikma va malakalari, ularning har tomonlama rivojlanishi hamda maktab ta’limiga tayyorgarlik darajalari mazkur Davlat talablarining 7-ilovasida nazarda tutilgan mashg‘ulot va faoliyatlarni o‘tkazish jarayonida mazkur Davlat talablarining 1–6-ilovalarida ko‘rsatilgan indikatorlarning bajarilishini kuzatish, o‘rganish, tahlil qilish va baholash orqali aniqlanadi.
Tarbiyachilar bolalarda ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish yo‘nalishdagi indikatorlarni bolalarda shakllanganini aniqlash uchun mazmunli suratlar, badiiy asarlar o‘qib berish, oila, odob-axloq haqida suhbatlar tashkil etib bolalarning voqeaga nisbatan fikrlari, javoblarini eshitib, voqeaband o‘yinlarda bolalarning o‘zlarini ijobiy fazilatlarini namayon etishlari asosida baholash tavsiya etiladi. Download 82.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling