Kurs ishi mavzu: Matnni filologiya fani tarixidagi o'rni va ahamiyati. Bajaruvchi


Download 108.5 Kb.
bet5/10
Sana05.01.2022
Hajmi108.5 Kb.
#226109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sobirova Muxlisa-ok

1.2. Ilmiy tadqiqotning ahamiyati

Ilmiy ish boshlash jarayoni hammada har xil kechadi. Ish osonroq kechishi uchun uni rejali bajargan ma'qul. To‘g'ri yozish qiyin. Fikirni bir joyga qo‘yib diqqatni jamlash ham qiyin. Ilmiy ish yozish juda katta ishtiyoq talab qiladigan ruhiy faoliyat, o‘z o‘rnida xotira bilan ham bog'liq tarzda kechadigan aqliy faoliyat hamdir. Har qanday ishda bo‘lgani kabi maqsadni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilish kerak.

Buning uchun kunlik reja tuzing mavzuni qismlagar bo‘lib, uni reja asosida o‘rganing. Muhimi rajani to‘g'ri tuzish. Boshlang'ich reja homaki ma'lumotllar asosida tuziladi.

Ish davomida yangi O‘rganilishi kerak bo‘lgan ma'lumotlar uchrashi mumkin. Shu sabab rejani oldindan ish taqdim etilish kerak bo‘lgan kunga qadar emas balki oz vaqtga tuzing. Bir reja asosidagi ish tugashi bilan ikkinchi rejani tuzing. Bu sizning vaqtingizni tejaydi va Ishning samaradorligini oshiradi.

a. Ilmiy tadqiqot, odatda, mundarija, kirish qismi, asosiy qism, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovadan iborat bo‘lib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

b. Ilmiy tadqiqotning nomi aniq va qisqa bo‘lishi lozim (odatda, 10ta so‘zdan oshmasligi kerak). Ilmiy tadqiqotning mavzusi ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanganishi shart.

c. Mundarijada barcha mavjud bo‘lim (bob)lar, paragraf (qism)lar va bandlar nomlari hamda ularning boshlanishi joylashgan sahifa betlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

d. Shartli belgilar, birliklar, simvollar va terminlar ro‘yxatida formulalarda nisbatan ko‘p uchraydigan harfli belgilar, simvollar eksplikatsiyasi berilishi (tushuntirilishi) shart.

Terminlar va belgilar butun ilmiy ish davomida bir xilda bo‘lishi shart. Agar muallif yangi termin kiritsa, ilk qo‘llanishdayoq u bo‘yicha tushuntirish berishi kerak. Ilmiy tadqiqot davomida har bir parametrning o‘lcham birligi hamma vaqt bir xil bo‘lishi zarur.

e. Kirish (so‘zboshi) ishning o‘qilishi davomida shakllanadigan tushunchani yengillashtirishi lozim. Shuning uchun bu yerda ilmiy tadqiqotning ob'ekti va predmeti aniq va lo‘nda yoritib berilishi, mazkur tadqiqotni o‘tkazishning dolzarbligi asoslanishi kerak.

Ilmiy tadqiqot yangiligi bilan ajralib turishi kerak. Shuning uchun so‘zboshida qisqa annotatsiya ko‘rinishida muammoning yechilishida yoki fan sohasidamuallif tomonidan qilingan yangilik bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Shuningdek, kirish qismida ishning maqsadi, nazariy ahamiyati, amaliy qiymati, tadqiqot metodlari, muallif himoyaga olib chiqayotgan asosiy holatlar, ishning sinovdan o‘tishi (aprobatsiyasi) hamda nashr etilgan ishlar bo‘yicha ma'lumotlar va tadqiqot ish tuzilishi (strukturasi) keltiriladi.

f. Ilmiy tadqiqotning bo‘limlari uchtadan kam bo‘lmasligi kerak. Bo‘limlarda ishning asosiy mazmuni bayon etiladi. Odatda, ilmiy tadqiqotning birinchi bo‘limida talabgor ilmiy-texnik muammo doirasida o‘rganilayotgan masalaning bugungi holatiga qisqa baxo va fan sohasining bugungi holatiga tavsif berib o‘tishi kerak. Bu baho va tavsif ilmiy tadqiqotning kirish qismida ham berilishi mumkin.

Namuna sifatida quyidagi qismlardan iborat ilmiy tadqiqot ishi strukturasini ko‘rib chiqamiz:



  • Mundarija

  • Kirish

  • Birinchi bob

  • Ikkinchi bob

  • Uchinchi bob

  • To‘rtinchi bob

  • Xulosa

Ilmiy daraja himoyasi uchun ilmiy ishni odatda, titul varaq, mundarija, asosiy belgilar va qisqartmalar, kirish, asosiy matn (3-5 bobdan iborat bo‘lib, har bir bobga aniq xulosalar beriladi), umumiy ishga xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ilovadan iborat bo‘ladi.

Kirish qismda (7-10 bet) tadqiqotchi tadqiqot ob’ektini qisqa belgilaydi, muammo dolzarbligi, uning hozirgi vaqtdagi holati, muammoni hal qilishda mavjud qiyinchiliklarni qayd etadi, qo‘yilgan ilmiy vazifa yoki yangi ishlanmalarning mohiyatini, shaxsiy tadqiqotlari maqsadi, yo‘nalishlari, metodlari, boblar bo‘yicha mazmunini bayon etadi, ilmi rahbari, maslahatchisi, hamkasblariga tashakkur bildiradi.

Birinchi bob ma’lum tadqiqotlarning batafsil sharhi, patent tahlili va qo‘yilgan vazifalarni yechish uchun nimalar zarurligini bayon etuvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.

Ma’lum tadqiqotlar sharhida yechilayotgan masala bo‘yicha ilmiy fikr rivojida asosiy va tub burilish yasovchi bosqichlar ocherki beriladi. Ma’lum tadqiqotlarning muallif tomondan o‘tkazilgan sistematizatsiyasi bobni va umumiy ishni bezaydi, ishning yaxlitligi to‘g‘risida umumiy tasavvurni mustahkamlaydi. O‘zidan oldingi tadqiqotchilar ishini qisqa, tanqidiy yoritib yoritilmay qolgan masalalarga alohida to‘xtalib o‘tishi va muammoni yechishda o‘z o‘rnini belgilashi, tadqiqot vazifalarini aniqlab, shakllantirib olishi kerak.

Keyingi bo‘limda muallifning shaxsiy tadqiqotlari to‘liq bayon etiladi, bunda muammoni ishlab chiqishda u kiritgan yangilikka alohida to‘xtalib o‘tiladi. Ushbu yangilik nazariy qoidalar bilan asoslanishi, nazariya va amaliyotning mashhur qoidalariga mos kelishi kerak.

Ilmiy ishni bayon qilishning butun tartibi muallif himoya qilayotgan asosiy g‘oyaga bo‘ysunishi kerak.

Ikkinchi bob vazifaning yechimini nazariy asoslash, uning yechimi metodikasiga bag‘ishlanishi mumkin. Bobning vazifasi–masala nazariyasini umumiy ko‘rinishda berish. Mavjud matematik apparatda ko‘pincha zarur nazariy platformani topishga erishiladi, biroq dastlabki holatda u keyingi fikrlar uchun tayyorlov mahsuloti bo‘lib qoladi.

Keyingi fikr odatda moslashish koeffitsientlarini, tenglamalarda yangi bo‘laklarni, tahlil qilinayotgan jarayonning fizikasini aks ettiruvchi qo‘shimcha tenglamalarni, yangi topilgan faktorlarni o‘rnatishdan iborat bo‘ladi.

Xulosada ishning natijalari keltiriladi. Tadqiqotlar natijalari bo‘yicha asosiy fikrlar shakllantiriladi, Aprobatsiya to‘g‘risida, ilmiy ishning asosiy mazmunining ilmiy nashriyotda yoritilishi, uning natijalari, yechimlarning patentlar bilan himoyalanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar beriladi. Ilmiy ish natijalari qo‘llanilayotgan va qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ko‘rsatiladi. Ushbu bo‘limga sakkiz betgacha joy ajratiladi.

Ilmiy ishga ilovada qo‘shimcha, ma’lumotnoma xarakteridagi materiallar joylashtiriladi. Bu jadvallar, grafiklar, dasturlar, masalalarning yechimi, formulalar bo‘lishi mumkin. Yordamchi yoki qo‘shimcha materiallar ilova qismda joylashtiriladi.




Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling