Kurs ishi mavzu: Matnni filologiya fani tarixidagi o'rni va ahamiyati. Bajaruvchi


Eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish metodikasi


Download 108.5 Kb.
bet9/10
Sana05.01.2022
Hajmi108.5 Kb.
#226109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sobirova Muxlisa-ok

2.2 Eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish metodikasi.

Kuzatuv bu obyеktni unga aralashmagan holda o‘rganadigan idrok etish mеtodidir. Bunda obyеktning xususiyatlarini, uning o‘zgarish xaraktеrini kuzatadilar va o‘lchaydilar. Ekspеrimеnt, bu idrok etishning eng umumiy empirik mеtodidir. Unda nafaqat kuzatuv va o‘lchovlarni olib boradilar, balki tadqiqot obyеktini o‘zgartiradilar, uning ustida ish olib boradilar, bu mеtodda bir omilning boshqa omilga ko‘rsatgan ta’sirini aniqlash mumkin.

Ilmiy tadqiqot ishining mazkur bosqichining o‘ziga xosligini tavsiflagan holda doimiy va muntazam o‘z-o‘zini to‘g‘rilashning muhimligi va zarurligini ta’kidlash lozim. Chunki, nazariy bilim va kuzatuv natijalarini taqqoslaganda olim jiddiy xavf-xatarlarga duch keladi.

Birinchi xavf-xatar – o‘z natijalariga ishonmaslik, avvaldan ilm-fanga ma’lum bo‘lganga o‘xshamasligi, ularning yangiligidan qo‘rquvdir. Ilm-fan tarixida tadqiqotchining buyuk kashfiyot ostonasida to‘xtatab qolishi, bunda bu tadqiqotchi dastlabkilar o‘rinda, orqa planda qolib ketgani, kashfiyotchinin shuhrati esa boshqaga nasib etgan holatlar ham mavjud.

Ikkinchisi aksincha, ma’lum g‘oyaga tobelik, uni narsalarning haqiqiy holati bilan mos kelmasligini ko‘ra olishga qobiliyatining yo‘qligi, istak yo‘qligi, bu ma’lum g‘oyaga tadqiqot natijalarini “moslashtirish”dir5.

Uchinchi xavf ikkinchisi bilan bog‘liq – u olimni o‘zi ishlab chiqqan konsepsiyasiga mos kelmaydigan omillarga nisbatan e’tiborsizligi. Bunday omillarning mavjudligi hattoki, eng yorqin nazariy asosda ham qonuniydir, chunki tasvirlanayotgan obyektning barcha, mutloq hamma xususiyatlarini (ham real, ham potensial) tushuntirib beruvchi g‘oya, konsepsiya, nazariya yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki, obyektiv dunyo doimo uni idrok etuvchi fandan boyroq va xilma-xilroqdir. Tabiiyki, nazariya obyekti tomonlari naqadar to‘liqroq qamrab olinsa, bu nazariya shu qadar mahsuldordir. Bunda olim ishlab chiqqan nazariyasiga zid bo‘lgan hodisalarga, ayniqsa, e’tibor bilan qarashi lozim. Chunki, aynan ular idrok etishning prinsipial yangi darajasiga taalluqli bo‘lgan qonun yoki aloqaning namunasi bo‘lishi mumkin.



Eksperiment-ilmiy tadqiqotning eng muhim va ancha mehnat talab bosqichi. Eksperiment ishlari tasdiqlangan reja-programma va eksperiment metodikasiga muvofiq o’tkaziladi. Eksperimentga kirishilar ekan sinovlarni o’tkazish metodikasi va ketma-ketligi tugal aniqlanadi.
Eksperimental tadqiqotlar o’tkazish jarayonida quyidagi qator asosiy qoidalarga rioya qilish lozim;

- eksperimentchi o’lchash natijalariga subyektiv ta’sirga yo’l qo’ymay tadqiq etilayotgan jarayon yoki obyekt parametrining barcha tavsifini vijdonan qayd etishi lozim;

- eksperimentchi ehtiyotsizligiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki bu hol ko’pincha katta xatolik va soxtalashtirishga, oqibatda, eksperimentlarni takrorlashga olib keladi;

- eksperimentchi kuzatish va o’lchash daftarini albatta yuritishi kerak, uni tartibli va hyech qanday tuzatishlarsiz to’ldirib borish lozim;

- eksperiment jarayonida bajaruvchi o’lchash vositalari ishini, ular to’g’ri ko’rsatayotganligini va qurilma, jihoz, stend va h. k. lar ishi barqarorligini, atrof muhit holatini muntazam kuzatishi, ish zonasiga begonalarni kiritmasligi shart.

- eksperimentchi o’lchov vositalarini, ular to’g’riligini nazorat qilgan holda ishchi tekshiruviii muntazam o’tkazishi kerak;

- o’lchashlar o’tkazshi bilan bir vastda bajaruvchi natijalarni dastlabki ishlab chiqish va taxlil qilishni o’tkazishi lozim. Bu tadqiq etilayotgan jarayonni nazorat qilish, eksperimentni to’g’rilash, metodikani yaxshilash va eksperiment samaradorligini oshirishga imkon beradi;

- eksperimentchi texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yong’inni oldini olish bo’yicha yo’riqnomalar talabiga amal qilishi lozim.
Yuqorida qayd etilgan barcha qoidalarga ayniqsa ishlab chiqarish eksperimentini o’tkazayotganda amal qilish kerak.

Ilmiy ma’lumotlar olishning asosiy usullaridan biri bo’lib, eksperimental tadqiqotlar hisoblanadi. Ekstrimentlar tabiiy va sun’iy, laboratoriyadagi va ishlab chiqarishdagiga bo’linadi. Har qanday eksperimental tadqiqotlar metodologiyasining asosi bo’lib, reja-programma, metodika va eksperiment o’tkazish qoidasi hisoblanadi. Ilmiy ma’lumotlar olishning asosiy usullaridan biri bo’lib, eksperimental tadqiqotlar hisoblanadi. Ekstrimentlar tabiiy va sun’iy, laboratoriyadagi va ishlab chiqarishdagiga bo’linadi. Har qanday eksperimental tadqiqotlar metodologiyasining asosi bo’lib, reja-programma, metodika va eksperiment o’tkazish qoidasi hisoblanadi.

Xulosa

Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki tadqiqot olib borish ma’suliyatli, ko‘p vaqt talab qiluvchi ish. Ilmiy tadqiqot qilish uchun ko‘p tajribalar o‘tkaziladi, eksperimentlar o‘tkaziladi.

Tadqiqot ishini 6 bosqich ma'lum kеtma-kеtlikda va izchillikda bajaradilar. Bular:

1. Mavzuni shakllantirish;

2. Tadqiqot, maqsad va vazifalarini shakllantirish;

3. Nazariy tadqiqotlar;

4. Ekspеrimеntal tadqiqotlar;

5. Ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish va rasmiylashtirish;

6. Ilmiy tadqiqotlarni joriy etish va samaradorligini aniqlash.

Tadqiqotning dolzarbligini belgilovchi funktsional xususiyatlar:

- pedagogika fanidagi biror bir hal etilmagan masalaning echimini to‘ldirish.

- hozirgi zamon talabi asosida biror muammoni yangicha echimiga ta`sir etish.

- ayrim masalalarda ikki xil qarashlar bo‘lgan muammolar haqida muhokama yuritish.

- to‘plangan yangi ilg’or tajribalarni umumlashtirish.

- asosiy masalalar bo‘yicha bilimlarni umumlashtirish, ilgari surish.

- yangi muammolarni qo‘yish orqali olimlar va amaliyotchilarni e`tiborini qaratish.

Eksperiment jarayonida tadqiqotchi o‘rganilayotgan hodisaga aralashib, uning “tabiiy” oqimini o‘zgartiradi.

Tajribaning bir shartini yo‘q qilib, boshqalarini istisno qiladi, uchinchisini kuchaytiradi yoki kuchsizlashtiradi. Eksperimentning bunday imkoniyatlarida uning kuzatuvdan afzalligi namoyon bo‘ladi. Natijalar to‘planib ulkan bir bazaga aylantiriladi.




Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling