Kurs ishi mavzu: Matnni filologiya fani tarixidagi o'rni va ahamiyati. Bajaruvchi


II BOB. EKSPERIMENTAL TADQIQOTLAR O‘TKAZISH


Download 108.5 Kb.
bet7/10
Sana05.01.2022
Hajmi108.5 Kb.
#226109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sobirova Muxlisa-ok

II BOB. EKSPERIMENTAL TADQIQOTLAR O‘TKAZISH

2.1 Eksperimental tadqiqotlar asosi

Kuzatuv natijalarini qayd etish. Kuzatuv natijalari qayd etilishi lozim. Qayd etishning quyidagi vositalari bo‘lishi mumkin

Kartoteka

Ro‘yxat

Katalog

Audio va video yozuvlarning xilma-xil turlari

EHM ma’lumotlari banki

"Bugungi kunda kartoteka – tilshunosning individual ishidagi til materialini qayd etish va saqlashning eng keng tarqalgan uslubidir. Kartoteka uni tashkil qiluvchi til dalillari (alohida so‘z, LSV, so‘z shakllari, so‘z birikmalari, turli tovush izchilligi, gaplar, matn qismlari, barqaror iboralar, so‘z qatorlari va guruhlari) aks ettirilgan va oson birlashishi, ajratilishi, yangi axborotni hamda yangi misollarni qo‘shish (yangi kartochkalarni qo‘shish), mavjud bo‘lgan kartochkalarning bo‘sh tomonini to‘ldirish, hamda turli qo‘shimcha varaqlar qo‘shish imkoniyati berishi bilan qulay sanaladi.Bunda tashkillashtirishning shakllangan tizimi buzilmaydi4.

Qayd etishning kartoteka uslubi kamchiliklari - uning kattaligi, tez eskirishi va natijada kartochka yaxlitligi buzilib yozuvlarning o‘chishidir.

O‘rganish obyektini ajratib olish o‘z ichiga tahlilni ma’lum darajada kiritilganligi va muallifning nazariy tasavvurlariga asoslanganligi tufayli olim ishning tahliliy qismini boshlaganida albatta, jiddiy, nazariy bilimlarga ega bo‘lishi lozim, imkon qadar o‘z ilmiy qiziqishlari sohasi haqida to‘liq tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak. Aynan shu ilmiy o‘qish, hamkasblar bilan jonli muloqot bilan ta’minlanadi.

Shu bilan birga, bitta sohibdan boshqa sohibga nisbatan oson ifodalanib yetkazib beriladigan bilimdan tashqari fan bilan mashg‘ul bo‘lgan inson, bilimning xususiy shakliga ega bo‘lishi lozim.

O‘qilgan va eshitilganga ishlov berib anglash umuman fanda bo‘lgan bilimni xususiyga aylantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu xususiy bilim olimning shaxsiy mulki hisoblanishi bilan birga umuman olganda ilm-fanni boyitadi.

Bu transformatsiya ilmiy tadqiqot ishining muhim jabhalaridan biridir. U tadqiqotchining ruhiy va intellektual xarakterining o‘ziga xosligi, olgan ma’lumotining darajasi, xususiyatlari hamda uning axloqiy prinsip va kasbiy kompetensiyasining darajasi bilan ta’minlanadi.


Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling