Kurs ishi mavzu: Multimediya so’zining ma’nosi va kelib chiqish tarixi. Mundarija: I. Kirish. Multimediya so‘zining ma’nosi II. Asosiy qism


Download 326.68 Kb.
bet9/12
Sana17.02.2023
Hajmi326.68 Kb.
#1205679
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Guliston Davlat Universiteti

Taqdimot texnologiyasi. Maktabgacha ta’lim muassasalari amaliy faoliyatini tashkil etish jarayonida taqdimot texnologiyasi kompyuterdan foydalanishning hozirgi sharoitga ko’ra eng qulay usulidir. Buning uchun tarbiyachiga bitta protsessor, katta ekran va videoproektor kerak bo’ladi. Tarbiyachi MS Power Point kompyuter dasturida, masalan, maktabgacha ta’limni tashkil etishda mashg‘ulot mavzusiga bog’liq zarur slaydlarni yaratadi, tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda slaydni og’zaki sharhlash, mavzuga oid bilimlarni ko’rib, kuzatib o’rganish, shu jarayonda savol va topshiriqlar ko’magida topshiriqlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Elektron nusxa. Bu texnologiya maktabgacha adabiy ta’lim jarayonida o’rganilishi nazarda tutilgan ertak, hikoya va rivoyatlarning kompyuter varianti (nusxasi) bo’lib, unda multimedia vositalaridan ovoz va matnning rangli tasviri qatnashadi. Mashg’ulotlarda tarbiyalanuvchilar tarbiyachi rahbarligida nazmiy va nasriy matnlar ustida birgalikda ishlaydilar, bog’cha opaning asar matni yuzasidan tuzgan savol va topshiriqlari ko’magida ularning didaktik tahlilini amalga oshiradilar.
Elektron multimedia. Maktabgacha adabiy ta’lim mashg’ulotlarida aynan kompyuter vositasida, tarbiyachi tarbiyalanuvchilarning bilimlarni mustaqil o’zlashtirishlarini ta’minlovchi didaktik ishlanmalar kompleksi ko’magida savol-topshiriqlar tuzish, yo’naltiruvchi rasmli reklamalar yaratishda foydalanishi mumkin.
Elektron entsiklopediya. Muayyan qidiruv tizimiga ega bo’lgan, ma’lum yo’nalishdagi videotasvirlar, giperhavolalar, audio va video lug’atlar, xronologik ro’yxat, foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lgan katta hajmdagi bu elektron dasturdan ham tarbiyachi maktabgacha adabiy ta’limni tashkil etishda samarali foydalanishi mumkin.
Universal test dasturi. Maktabgacha ta’lim tizimida barcha yo’nalishlar bo’yicha bolalarnirng bilimini aniqlash maqsadida mazkur dasturda taqdim etilgan test topshiriqlari va reyting tizimidan foydalanish mumkin. Uning qulayligi shundaki, tarbiyachi birgina dasturiy ta’minot asosida turli xil test sinovlarini o’tkazish mumkin.

Download 326.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling