Kurs ishi mavzu: Multimediya so’zining ma’nosi va kelib chiqish tarixi. Mundarija: I. Kirish. Multimediya so‘zining ma’nosi II. Asosiy qism
-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
Download 326.68 Kb.
|
Guliston Davlat Universiteti
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: pedagogik faoliyatda multimedia ma’lumotlaridan foydalanish, pedagogik faoliyatni loyihalashda axborot kommunikativ texnologilaridan foydalanishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berish.
Internetdan izlash tizimi talabalarga har xil yo’nalishdagi multimedia-ma’lumotlarini tanlash imkoniyati bilan taqdim etadi. Ular har xil ma’lumotnoma (spravochnik)lar, qomus (entsiklopediya)lar, vikipedaya (onlayn entsiklopediya) va o’quv materiallariga kirish, eng so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar. Internet imkoniyatlari bugungi kunda shunchalar kattaki, u har xil masalaning uyda yoki ta’lim muassasasida, o’tirgan joyidan qimirlamay echimini topish imkoniyatini yaratadi. Ma’lumotlar omboriga kutubxonalar, fonotekalar, filmotekalar orqali kiriladi. Bu shakldagi qidirish serverlari bilan ishlash aynan nimani qidirish kerakligini aniq bilganda qulay va oson kechadi. Internet tarmog’ida materiallarning turfa multimedialari mavjud. Bo’lajak tarbiyachi va o’qituvchilar mavjud materiallar orasidan muhimini va zarurini tanlab olishlari qiyin kechadi. Shu bois qidiruv serverlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq deb topilgan. Ularda ham har xil mavzularga yo’naltiruvchi bunday serverlar foydalanuvchilarning talablariga binoan zarur manbani qidirishga kirishadi. Tarbiyachilarning mashg’ulotlarda internet texnologiyalaridan foydalanishi mashg’ulotlarni ham, o’quv fanini ham belgilab qo’yilgan vaqt meyoridan chiqib ketishiga sabab bo’lmoqda. Sababi tarbiyalanuvchining bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishi mashg’ulot tugashi bilan to’xtab qolmaydi. Bola qiziqdimi, demak izlanadi. Oliy ta’lim muassasalari kutubxonalarining internet tarmog’iga ulanishi talabalarning qidirsh, to’plash, ma’lumotlarni qayta ishlash singari ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilmoqda. O’z navbatida, ta’lim maqsadi va DTS talablariga muvofiq vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham kengaytirmoqda. Zamonaviy ta’lim muassasasining vazifasi tarbiyalanuvchi shaxsining muvaffaqiyatli taraqqiyotini ta’minlash, uning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan ma’naviy fazilatlarini oshirishi shakllanib kelayotgan shaxsning dunyo miqyosidagi ma’lumotlar olamida teng huquqli foydalanuvchi mavqeiga ega bo’lishi garovidir. Ta’lim-tarbiya jarayonida telekommunikatsion vositalardan, internet texnologiyalaridan tizimli foydalanish, xodimlarning innovatsion vositalar ko’magida ish yuritishi ta’lim amaliyotida qanchalik qo’l kelayotganini kuzatish imkonini ham bermoqda. Masalan, maktabgacha ta’lim mashg’ulotlarida ham tarbiyalanuvchilarni qidirish ishlarini qanday amalga oshirish, zarur ma’lumotlarni internet orqali qanday qilib tez topish, uy vazifalari uchun zarur bilim va ma’lumotlarni topish yo’llarini o’zlashtirishlariga yo’naltirish davr talabidir. Bugun ma’lumki, hatto bir yoshli bola ham o’zining bilish faoliyatini internet orqali amalga oshiryapti. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarga xos bo’lgan bu qiziqishidan, ya’ni bolalarning odam va olam sirlarini bilishga bo’lgan ehtiyojidan ma’lum maqsadga yo’naltirilgan holda foydalanish bu jarayonni ham qiziqarli, ham foydali faoliyatga aylantiradi. Tarbiyachi ta'limiy faoliyatlarni loyihalashda noan’anaviy, nisbatan qiziqarli tarzda tuzish va shu asosda uni tashkil etish uchun internet orqali ko’rgazma materiallar (suratlar, jadvallar, fotosuratlar)dan, multimedia materiallaridan foydalanadi. Shu tariqa har xil tanlovlar, ko’rgazmalar, grantlarda qatnishish imkoniyatiga ham ega bo’ladi. Download 326.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling