Kurs ishi mavzu: O‘zbek tilida fe’l nisbatlari


Download 52.71 Kb.
bet5/7
Sana18.02.2023
Hajmi52.71 Kb.
#1211288
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Durdiyeva ozoda

Aniq nisbat
Bu shakldagi fe’lda harakatning bajaruvchisi grammatik jihatdan ega vazifasini bajargan shaxs yoki predmet bo`ladi. To`ldiruvchi esa harakatning ob’ekti bo`ladi. Gapning bunday qurilishi tilshunoslikda aktiv konstruktsiya (faol qurilma) deb yuritiladi. Masalan: Navoiy shiringina yasog`liq uyda tanho ishlar edi (O.). Ushbu gapda ishlar edi harakatning bajaruvchisi (sub’ekti) Navoiy bo`lib, u ega orqali ifodalangan. Harakatning ob’ekti esa uyda vositali to`ldiruvchi orqali ifodalangan.

Bunday shaklida maxsus nisbat ko`rsatkichi yo`q. Bu nisbat ma’nosi fe’l negizi orqali ifodalanadi, shuning uchun ham u boshqa nisbat shakllarini hosil qilishi uchun asos bo`la oladi (qiyoslang: o`qidi, o`qildi, o`qishdi, o`qitdi kabi).




O`zlik nisbat
Bu nisbatdagi fe’lda harakatning sub’ekti bilan ob’ekti bir shaxsning o`zi bo`ladi. Masalan: Men har tong Toshkentning go`zilligi, fayzi bilan zavqlanaman (U.Mahkamov) gapida zavqlanaman fe’li tarkibida kelgan –lan qo`shimchasi harakatning sub’ekti bilan ob’ekti men shaxsi ekanligini ko`rsatib turibdi.

O`zlik nisbati quyidagi affikslar bilan yasaladi:

a) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in qo`shish bilan: maqta-n, o`ra-n, yuv-in, kiy-in kabi;

b) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il qo`shish bilan: surka-l, shosh-il kabi;

v) –lan (-la+-n dan tuzilgan qo`shma affiks) affiksini qo`shish bilan: zavq-lan, tinch-lan, shod-lan kabi;

g) –ish qo`shimchasini qo`shish bilan: ker-ish kabi.

Barcha fe’l negizlaridan (o`timli, ba’zi bir o`timsiz) o`zlik nisbati yasalmaydi: so`ra, bor, yugur kabi. Ba’zi fe’l negizlarining, aksincha, aniq nisbati yo`q: quvon, seskan kabi.

Majhullik nisbati
Bu shakldagi fe’lda harakat bajaruvchisi sub’ekt (ega) emas, ob’ekt (to`ldiruvchi) sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo`ladi.

Masalan: Ot-aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi (H.G`.) gapida olib kirildi harakatining bajaruvchi sub’ekti noma’lum, ot-aravalar so`zi ega vazifasida kelsa-da, ob’ekt vazifasini bajargan.

Kesimi majhullik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gap qurilishi tilshunoslikda passiv konstruktsiya deb yuritiladi.

Majhullik nisbati quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi:

a) fe’l negiziga unlidan so`ng –l, undoshdan so`ng –il affiksini qo`shish bilan: yasa-l(-di), ata-l(-di), yut-il(-di), sot-il(-di) kabi;

b) fe’l negiziga unlidan so`ng –n, undoshdan so`ng –in affiksini qo`shish bilan: bastala-n(-di), ol-in(-di) kabi.

Majhullik nisbatdagi fe’lni hosil qilishda –l (-il) affiksi ko`proq qo`llaniladi. Ba’zan ayni bir fe’l negizidan –l (-il), -n (-in) affikslari bilan ham o`zlik, ham majhullik nisbati yasalishi mumkin. Bunday bir xil shaklda kelgan bir xil fe’l negizining o`zlik yoki majhullik nisbatda ekanligi matndan aniqlaniladi. Masalan: Zulfiya darsga tayyorlandi. Operatsiyaga meditsina uskunalari tayyorlandi.



Download 52.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling