Yalpiz (Mentha) ko‘p yillik, ba’zan bir yillik xushbo‘y o‘t o‘simlik. Gultojisi aktinomorf. Zax yerlarda, ariq va kanal bo‘ylarida tarqalgan. Yalpizning O’zbekistonda 45 turi o‘sadi. O’zbekiston florasida Osiyo yalpizi (Mentha asiatica) keng tarqalgan. Dala yalpizi (Mentha arvensis) va jingalak yalpiz (Mentha erispe) ekiladi. Yalpiz tarkibida efir moylari mavjud bo‘lib, uning 41-65% ni mentol tashkil etadi. Mentol tibbiyotda atir-upa tayyorlashda, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Yalpiz tish og‘rig‘ini, bosh og‘rig‘ini, qorin og‘rig‘ini davolashda ishlatiladi. Bu oilaga limono‘t - Melissa, jambil - Satureja, tog‘jambil Thymus, issop -- Hyssopus, tog'rayhon - Origanium, devortagio't Marrubium, arslonquloq - Leonurus, bozulbarg - Lagochilus ham kiradi.
Mavrak - Salvia. Ko‘p yillik o‘t yoki chala buta. O’rta Osiyo tog‘larida keng tarqalgan. Gullari ikki labli, changchilari ikkita. O’zbekistonda 15 turi o‘sadi.
Rayhon - Osimum basilicum. Bir yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, oq rayhon, qora rayhon, osh rayhon turlari juda mashhurdir. Rayhon manzarali va ziravor o‘simlik sifatida ekiladi.
Qo‘ziquloq - Phlomis. Ko‘p yillik o'simlik bo‘lib, tog‘ va tog‘ etaklarida keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |