Kurs ishi mavzu: O'zbekiston florasida Solanaseae oilasi Tekshirdi
Download 112.93 Kb.
|
208 Ituzumdoshlar oilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kartoshka
- 1.2. Pechakdoshlar
Bangidevona - Datura. Bu turkumning 4 ta turi O’zbekistonda uchraydi, shulardan oddiy bangidevona (Datura stramonium) ko‘p tarqalgan Bu o’simlik ham mingdevonaga o‘xshash begona o‘t bo‘lib, zaharlidir. Giostsiamin va skoilamin alkaloidlarga boy.
Kartoshka - Solanum tuberosum. Ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, 3 xil novdaga ega, ya’ni yer usti ikki hil shakli o‘zgargan: yer osti hovdalari - tuganaklar va stolonlar. Yer ustki poyasining (novdalarinig bo‘yi 60-100 sm, shoxlangan, mevalangandan keyin yotib o'suvchi. Barglari oddiy, patsimon, chuqur kesilgan. Gullari murakkab gajak to‘pgulga joylashgan, aktinomorf, gul qismlari beshtali, gultojisi voronkasimon, och binafsha rangli. Changchilari 5 ta, changdonlari sariq, o‘zaro qo'shilib o‘sib nay hosil qiladi. Urugchisi ikkita mevabargchaning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan, 2 uyali, tugunchasi ustki, mevasi yashil rangli rezavor - meva. Kartoshkaning shakli o'zgargan yer osti novdasi-tuganaklarida kraxmal, moy, oqsil moddalari bo‘ladi. Kartoshka yovvoyi holda Markaziy va Janubiy Amerikaning And tog‘larida o‘sadi. Pechaknamolar - Convolvulales qabilasi. Bu qabilaga 2 ta - pechakdoshlar va zarpechakdoshlar oilalari kiradi. 1.2. Pechakdoshlar - Convolvulaceae oilasi. Bu oilaga 50 ga yaqin turkumga mansub 1500 tur kiradi. Asosan tropik va subtropik hududlarda tarqalgan. O’zbekistonda 6 turkumga mansub 22 turi uchraydi. Oila vakillari buta, chala buta va o‘t o‘simliklar bo‘lib, ba’zilarining poyalari o'ralib o‘sadi. Barglari oddiy, butun qirrali, ba’zan o‘yilgan yoki patsimon qirqilgan va poyada ketma-ket joylashgan. Gullari, asosan, yakka o‘mashgan, ba’zan dixaziy to‘pgulli. Gullari ikki jinsli, aktinomorf. Gulkosabarglari 5 ta erkin yoki birikib o‘sgan. Gultojibarglari 5 ta bo‘lib, voronkasimon birikib о‘sgan. Changchilari ham 5 ta, bitta urug‘chisi ta mevabargchasining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan, tugunchasi ustki, mevasi ko‘sakcha. Gul formulasi: Ca(5)Co(5)A5G(2). Pechak - Convolvulus. Ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Poyalari tik yoki o‘ralib o‘suvchi. Gullari qo‘ng‘iroqsimon. Qo‘ypechak (dala pechak) — Convolvulus arvensis. O‘zbekistonning hamma tumanlarida ekinlar orasida begona o‘t sifatida o‘sadi. Ko‘p yillik о’t o‘simlik (bo‘yi 100 sm ga yetadi). Mingbosh pechak (C. subchirsitus) - adirlarda tarqalgan, ko‘p yillik o‘t. Partek pechak (C. hamada), asosan, toshli joylarda tarqalgan, chala buta. Batat (Ipomoea batatas) - shirin ta’mli, ildiz tuganakli, madaniy ko‘p yillik o‘simlik. Karnaygul (Iromoea purpurea) - poyasi uzun, ilashib o’suvchi, manzarali bir yillik o‘simlik. Download 112.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling