Zarpechakdoslar - Cuccutaceae oilasi. Bu oilaga bitta turkum, 170 ta tur kiradi. Tropik va subtropik hududlarda keng tarqalgan. O’zbekistonda 18 turi uchraydi. Poyalari o'ralib o‘suvchi - xlorofillsiz, ya’ni parazit o‘simlik hisoblanadi. Barglari reduksiyalangan, tangasimon. Poyalari yashil o‘simlikka o‘ralgan joyida gaustoriyalar bilan yopishgan bo‘lib, xo‘jayin o‘simlikdan oziqlanadi. Gullari juda mayda, aktinomorf, ikki jinsli. Gulkosa 5 ta gulkosabargchasiga ega. Mevasi - ko‘sakcha. Urug‘lari ko‘p yillar davomida unib chiqish qobiliyatini yo'qotmaydi. Gul formulasi: Ca(5)Co(5)A(5)G(2).
Zarpechak - Cuscuta approximata. Hamma o‘simliklarda parazit bo‘lib yashaydi. Devpechak (C.lehmanniana) - madaniy va yovvoyi o‘simliklarda parazitlik qiladi. Buta va daraxtlarda ham yashaydi.
Govzabonnamolar – Boraginales qabilasi. Bu qabilaga 7 ta oila kiradi. Govzabondoshlar - Boraginaceae oilasiga 100 ta turkumga yaqin 2000 ta tur kiradi. Yer yuzining hamma joyida uchraydi. O’zbekistonda 32 turkumga mansub 120 turi uchraydi. Bu oila vakillari bir yillik yoki ko‘p yillik o‘t, buta va daraxt, ba’zan liana o‘simligi bo‘lib, oddiy va butun qirrali barglarga ega. Barglari poyada ketma-ket joylashgan. Poya va barglari qattiq tuklar bilan qoplangan. To‘pguli gajak, gullari aktinomorf, ba’zan zigomorf. Gulkosa va gultojbarglari 5 tadan. Changchilari ham 5 tadan bo‘lib, gultojbarglarining asosiga o‘rnashgan. Bitta urug‘chisi ikkita mevabargchasining birikishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki, 4 ga bo‘lingan. Mevasi - 4 ta yong‘oqcha. Hasharotlar yordamida, ba’zan o‘z-o‘zidan changlanadi. Bu oila vakillari begona o‘tlar, ba’zi turlari zaharlidir
Do'stlaringiz bilan baham: |