Kurs ishi mavzu: O'zbekiston florasida Solanaseae oilasi Tekshirdi
Download 112.93 Kb.
|
208 Ituzumdoshlar oilasi
Oddiy (dorivor) belladonna - Atropa belladonna ko‘p yillik, bo‘yi 2 m ga yetadigan o‘simlik. Ildizpoyasi ko‘p boshli, ildizi esa yo‘g‘on va sershox bo‘ladi. Poyasi tik o‘suvchi, bitta, ba’zan bir nechta, yo‘g‘on, yashil rangli, pastki qismi shoxlanmagan, yuqori qismida esa 3 ta shox hosil bo‘lib, ular o‘z navbatida ayrisimon joylashgan to‘p shoxchalar chiqaradi. Bargi oddiy, to‘q yashil, poyada kalta bandi bilan ketma-ket, juft-juft joylashgan. Bu juft barglarning bittasi doim katta bo‘ladi. Yirik barglari ellipssimon, maydalari esa tuxumsimon. Gullari barg qo‘ltig‘ida osilgan xolda yakka-yakka yoki juft-juft joylashgan. Gulkosachasi besh tishli, silindrsimon-qo‘ng‘iroqsimon, meva bilan birga qoladi, gultojisi besh bo‘lakli, uchki qismi orqa tomonga bir oz qayrilgan bo‘lib, binafsha rangga, asos qismi esa sariq-qo‘ng‘ir rangga bo‘yalgan. Changchisi 5 ta, urug‘chi tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi binafsha-qora rangli, yaltiroq, ikki xonali, bir oz yassi, ko‘p urug‘li, nordon-shirin mazali ho‘l meva. Urug‘i buyraksimon, qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, ustki tomonida chuqurchalari bor. O‘simlikning hamma qismi zaharli, hamma qismida alkoloidlar bo‘ladi.
Belladonna preparatlari turli spazmatik hollarda (ichak va siydik yo‘llari spazmida) antispazmatik hamda me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, xoletsistit, o‘t pufagining tosh kasalligida, buyrak sanchig‘ida og‘riq qoldiruvchi dori sifatida, shuningdek, bronxial astma kasalligini davolashda hamda so‘lak va shilliq bezlari ajratadigan suyuqlikni kamaytirishda ishlatiladi. Bulardan tashqari, ko‘z kasalliklarida ko‘z qorachig‘ini kengaytirish uchun ham qo‘llaniladi. Ildiz preparati Parkinson kasalligini davolash uchun beriladi. Ituzumdoshlar oilasiga mansub kartoshka (Solanum tuberosum L.) o‘simligi sabzavotlar ichida dunyoda alohida o‘rinda turadi. Uning vatani Janubiy Amerika hisoblanadi. rasm. Solanaceae: A-kartoshka (Solanum tuberosum); B-mingdevona (Hyoscyamus niger); D-chilim tamakisi (Nicotiana tabacum); E-moxorka (N. rustica). 1-gulli shoxi, 2-gulning bo‘ylama kesmasi, 3- urug’chi; 4-rezavor meva; 5-ko’sak meva; 6-tuganak. Download 112.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling