Kurs ishi mavzu: O'zbekiston florasida Solanaseae oilasi Tekshirdi


II BOB MINGDEVONA BARGI – FOLIA HYOSCYAMI


Download 112.93 Kb.
bet14/18
Sana16.06.2023
Hajmi112.93 Kb.
#1515767
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
208 Ituzumdoshlar oilasi

II BOB MINGDEVONA BARGI – FOLIA HYOSCYAMI
O‘simlikning nomi. Qora mingdevona - Hyoscyamus nigeg L.; ituzumdoshlar - Solanaceae oilasiga kiradi.
2.1 Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi. (3- rasm). Mahsulotda har xil yoshdagi barglar bo‘ladi. SHu sababli ulardagi tuklar va kristallar miqdori turlicha. Epidermis hujayra devori egri-bugri, ustitsalar bargning har ikki tomoniga joylashgan. Tuklar yupqa devorli, uzun, ko‘p hujayrali, oddiy yoki bezli boshchali bo‘lib, yosh barglarda juda ko‘p. Barg chetida mingdevona o‘simligiga xos ko‘p hujayrali, cho‘zinchoq yoki yumaloq boshli, uzun, ko‘p hujayrali oyoqli tuklarni ko‘rish mumkin. Barg o‘sgan sari tuklar qurib, yo‘qola boradi. Kristallari tiniq, kalta prizma va kub shaklida bo‘lib, yakka xolda uchraydi. Juda yosh barglarda esa yaltiroq sferokristallar yumaloq shaklda ko‘rinadi. Barg o‘sishi bilan avval tomirlarga yaqin joyda, so‘ngra uning hamma qismida kubik va prizma shaklidagi kristallar vujudga keladi. Juda yirik va qari barglarda esa 2-3 tasi birlashgan kristallarni, druzlarni (ba’zan tomirida turli shakldagi kristall qumlarni) uchratish mumkin. Kukunda (poroshokda) yuqorida ko‘rsatilgan elementlardan (bargdagi tuklar va kalsiy oksalat kristallaridan) tashqari doimo rangsiz, yirik qum yoki turli shakldagi sariq kristallarning yirik bo‘lakchalari bo‘ladi. Bular kalsiyga reaksiya bermaydi.


2.2 Bangidevona bargi – folia stramonii
O‘simlikning nomi. Oddiy bangidevona - Datura stramonium L.;
ituzumdoshlar - Solanaceae oilasiga kiradi.

Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (4-rasm).
Barg epidermisining devori egri-bugri bo‘ladi. Bargning har ikkala tomonida ustitsalar bor. Tuklar siyrak bo‘lib, barg tomiri bo‘ylab joylashgan. Tuklar ikki xil tuzilgan: oddiy – juda yirik (ikki-besh hujayrali), so‘galli va oyoqchasi bir hujayrali, boshchasi esa ko‘p hujayrali mayda tuklar. Bargda kristallar juda ko‘p bo‘lib, ular burchaklari aniq bo‘lmagan druz shakliga ega. Ba’zan bargda yakka kristallar birlashgan holda uchrashi mumkin.
Bu avlod vakillari gullarito‘g‘ri tuzilgan, oq, ko‘k, qizil, binafsha, sariq rangli, gultoji yulduzsimon, qisqa naylidir. Otaligi 5 ta,bandi qisqa, changdoni chetlari bilan birlashib nay hosil qiladi. Changdoni uchidagi teshikchalari orqali yorilib, ochiladi. Urug‘lari endospermli. Bu gulli o‘simliklarning eng yirik avlodlaridan bo‘lib, 1300 dan ortiqroq turni o‘z ichiga oladi. Uning vakillari asosan markaziy va janubiy Amerikada, Afrikada, bir qismi Yevro Osiyo va Amerikaning o‘rta iqlimli zonalarida o‘sadi. Ituzumning MDX florasida 18, O‘zbekistonda 7 turi uchraydi. Dexqonchilikdagi bir necha muhim o‘simliklar shu avlodga kiradi.
Changdoni uchidagi teshikchalari orqali yorilib, ochiladi. Urug‘lari endospermli. Bu gulli o‘simliklarning eng yirik avlodlaridan bo‘lib, 1300 dan ortiqroq turni o‘z ichiga oladi. Uning vakillari asosan markaziy va janubiy Amerikada, Afrikada, bir qismi Yevro Osiyo va Amerikaning o‘rta iqlimli zonalarida o‘sadi. Ituzumning MDX florasida 18, O‘zbekistonda 7 turi uchraydi. Dexqonchilikdagi bir necha muhim o‘simliklar shu avlodga kiradi.
Kartoshka- S. tuberosum.
Kartoshka- S. tuberosum.
Bu yer stidagi ipchalarda o‘zgargan ildizpoya tuganaklar hosil qiladigan ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir to‘p gullari murakkab gajak, gullari to‘g‘ri tuzilgan oq sariq, pushti va och binafsha rangli,gultoji voronkasimon qaytarmasi 5 bo‘lakchali. Changdoni sariq, mevasi 2 uyali, kattaligi olchadek, yashil rangli rezavor meva. Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika bo‘lib 16 asr oxirlarida yuvropaga keltiriladi.
Tuganagida 12-25% kraxmal 2% chamasida moy, shu miqdorda oqsil hamda "A","V1","V2","V6", "S", "N", "K" vitaminlari bo‘lganligidan bir yillik sabzavot va texnika o‘simligi sifatida yersharining ko‘p qismida ekiladi.
Kartoshka yovvoyi xolda janubiy markaziy Amerikaning And tog‘larida o‘sadi. Rossiyada 18 asrdan boshlab, O‘zbekistonda esa 19 asrning 2 yarmidan ekila boshlandi. Kartoshkaning 2000 dan ortiq navi bor. Dunyo dexqonchiligi bo‘yicha kartoshka ekiladigan maydon 20 million ga yetadi. O‘zbekistonda kartoshkaning ertagi navlaridan Kuryer,Nim rang, Epikuo, Ekron, Pochki navlaridan Lorx, Qaychi barg, Gollandskiy va boshqalar ekiladi.
Kartoshka yovvoyi xolda janubiy markaziy Amerikaning And tog‘larida o‘sadi. Rossiyada 18 asrdan boshlab, O‘zbekistonda esa 19 asrning 2 yarmidan ekila boshlandi. Kartoshkaning 2000 dan ortiq navi bor. Dunyo dexqonchiligi bo‘yicha kartoshka ekiladigan maydon 20 million ga yetadi. O‘zbekistonda kartoshkaning ertagi navlaridan Kuryer,Nim rang, Epikuo, Ekron, Pochki navlaridan Lorx, Qaychi barg, Gollandskiy va boshqalar ekiladi.

Download 112.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling