2-rasm. O’rta muddatli soliq-budjet mo’ljallari9
O’rta muddatli byudjet mo’ljallari (O’MBM) siljish (o’zgarish) grafigi asosida tuziladi, ya’ni har yili bir yil oldinga suriladi.
2019 yilgi
DAVLAT BUDJETI
2020 yilga O’MBM
2021 yilga O’MBM
2021 yilgi
DAVLAT BUDJETI
2022 yilga O’MBM
2021 yilga O’MBM
2020 yilgi
DAVLAT BUDJETI
2022 yilga O’MBM
ea O’MBM
3-rasm. O’rta muddatli soliq - budjet mo’ljallari va yillik budjet tuzilmasi10
2019-2021 yillarga mo’ljallangan o’rta muddatli makroiqtisoiy ko’rsatkichlar iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning o’rta muddatli prognozidan, demografik o’zgarishlardan, jahon bozorida strategik tovarlar narxlari o’zgarishidan, tashqi va ichki investitsiyalar hajmidan, asosiy savdo hamkorlarining iqtisodiyoti rivojlanishidan va boshqa omillardan kelib chiqib shakllantirilgan.
Diagrammalardan ko’rinib turibdiki iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda daromadlarning o’sishini kuzatish mumkin. Bu borada YaIM prognozi 3-4 yildan keyin o’sish sur’ati 6.8-7.1 foiz atrofida bo’lishi kutilmoqda. (2.2.2-diagrammaga qarang) Ushbu ko’rsatkich mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi soliq siyosati konsepsiyasining to’g’ri bajarilishi bilan bo’g’liq.
O’rta muddatli byudjet ko’rsatkichlari ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish prognozlaridan, soliq islohoti amalga oshirish davrida davlat xarajatlarining o’sishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, tashqi qarzning cheklangan miqdorini belgilash qoidalari asosida tuzilgan. 2019 yilgi Davlat byudjeti taqchillik bilan rejalashtirilgan bo’lib, bu davlatning rejalashtirilgan xarajatlari kutilayotgan daromadlaridan oshishini anglatadi. Etishmayotgan daromadlar respublika byudjetining yil boshidagi bo’sh turgan qoldiq mablag’lari, xalqaro moliya institutlarining tashqi qarzlari, ichki g’aznachilik
obligatsiyalari chiqarish va inflyatsiyaga olib kelmaydigan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |