Kurs ishi mavzu: “O’zbekiston tasviriy san’ati”
Dastgohli haykaltaroshlik
Download 1.19 Mb.
|
O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahobatli-dekorativ haykallar
- Plastik haykaltaroshlik
Dastgohli haykaltaroshlik iborasi haykallarni maxsus asbob (dastgox)ga o’rnatib ishlanganligidan kelib chiqan. Bunday haykallar mustaqil amaliy ahamiyat kasb etib ular jamoat binolari va uy-joylarning ichki qismi, shuningdek, istiroxat bog’lari, muzey va ko’rgazma zallari uchun mo’ljallab yaratiladi.
Dastgoxli haykallarning harakterli xususiyatlaridan yana biri, ularni tasvirlanayotgan narsalarni haqiqiy o’lchovida yoki undan kichik bo’lishligidadir. Dastgoxli haykaltaroshlik asarlari yaqindan ko’rishga mo’ljallangan bo’lib, unda portret asosiy o’rnini egallaydi. Xaykaltaroshlikda obrazni faqat kalla qismini tasvirlanganda uni byust deyiladi. Agarda uni bo’yi-basti bilan tasvirlansa uni figurali portret deb yuritiladi. Shuningdek, yarim figurali portretlar ham bo’ladi. Mahobatli haykaltaroshlik iborasi monumental, ya’ni yirik, mahobatli haykal ma’nosini anglatadi. Ular maydon va ko’chalarga keng xalq ommasi uchun mo’ljallab o’rnatiladi. 8-rasm. Bunday haykallar tarixiy voqealar yoki alohida mashhur shaxslarni nomlarini abadiiylashtirish maqsadida o’rnatiladi. Monumental haykallar uzoqdan ko’rishga mo’ljallangan bo’lib umumlashtirilgan tarzda atrof-muhit bilan bog’liq holda yaratiladi. Monumental haykaltaroshlikning ko’rinishlaridan biri monumental-dekorativ haykaltaroshlikdir. Ular monumental haykaltaroshlik asarlari kabi keng halq ommasi uchun mo’ljallangan bo’lib ko’proq bezak vazifasini bajaradi. Mahobatli-dekorativ haykallar ko’cha va maydonlarni, bino va istirohat bog’larini, fontanlarni bezatishda ishlatiladi. Ular odam, xayvon, baliq, qush tasvirida aks ettiriladi. Bunday xaykallar yirik o’lchovda bo’lganligi sababli, ularni uzoqdan ko’rishga mo’ljallab yaratiladi. Ularning umumiy o’lchovi va xajmi uning proporstiyalari tevarak-atrof, tabiat va binolarga moslab va bog’lab ishlanadi. Mahobatli-dekorativ haykallar mahobatli bo’lsada ular ham to’liq xajmli va relefli qilib ishlanishi mumkin. Plastik haykaltaroshlik-haykaltaroshlikning bir turi sifatida monumental haykallarda, yodgorlik haykallarda, shuningdek binolarning ichki va tashqi bezak ishlarida ishlatiladi. Ular o’lchov jihatdan mayda bo’lib, mustaqil amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Maxsus loydan ishlanadigan kichik o’lchovdagi o’yinchoq haykalchalar ham plastik dekorativ haykallar hisoblanadi. Uni kichik-plastika deb ham atashadi. O’zbekistonda haykaltaroshlikning bu turida usta kulollardan X.Raximova, U.Jo’raqulov, A.Muxtorov kabi halq kulol ustalari samarali mehnat qilganlar. Dekorativ haykaltaroshlikning yana bir turi borki ular mayda o’lchovdagi metal, mramor, yog’och, suyak, chinni kabi materiallardan ishlanadi. Ular ham dekorativ, ham realistik tarzda ishlanishi mumkin. Bunday haykallar kitob javonlari, yozuv stollarini bezatadi. Haykaltaroshlik san’atining o’lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlarni ijodkor Damir Ro’ziboev faoliyatida yaqqol ko’rish mumkin. Dastlab rangtasvir va grafika san’ati bilan shug’ullangan D.Ro’ziboev haykaltaroshlik olamiga asosan 60 yillarda kirib keldi. San’atkor ijodida shakl va hajmlarning o’ziga xosligini harakatlarni tabiiylik bilan tasvirlanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va keng qamrovligidan ham yaqqol sezish mumkin, uning bir qancha haykallarida xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch kelamiz. Shu bilan birga u portret janrida ham ijod qiladi. San’atshunos olim R.Toqtash obrazi, rassom V.Savitskiy va Saida portretlarida zamondoshlarimiz obrazlari to’laqonli o’z ifodasini topgan. D.Ro’ziboev haykaltaroshlik san’atida katta bir maktabni o’tab kelayotir. Uning izlanishlari rang-barang uslublarga boy. Buni biz san’atkor ijodida rangli haykaltaroshlik san’atining yuzaga kelganligi orqali guvohi bo’lishimiz mumkin. Ro’ziboev haykallaridagi shakl va hajmlarga bo’yoq berish bilan ularning sehrli olamini yanada mo’’jizali qila oladi. San’atkor bu bilan qoniqmasdan haykalda aks ettirilayotgan voqeani rangin sirlarini matolarda yanada to’ldiradi. Yana bir muhim tomoni D.Ro’ziboevning izlanishlari kelajak muammolarini talqin qilishga qaratilgan. San’atkor ko’tarinki ruh bilan musiqa, rangtasvir asarlarini o’rganib, o’z haykallarida mujassamlashga intiladi. Haykaltaroshning ajoyib fazilatlaridan biri uning asarlarida xissiy mazmundorlik boyib borayotganligidir. Ana shunday mazmundorlik orqali u inson ma’naviyatini tobora to’laroq qamrab ifodalashga harakat qiladi. O’zbekiston tasviriy san’ati tarixi-jahon tasviriy san’ati tarixining ajralmas qismidir. O’zbekiston san’ati boy merosga ega. Hozirgi zamonda esa bizning rassomlarimiz va haykaltaroshlar butun dunyoga taniqli bo’lib qolgan. Dekorativ-amaliy san’atimiz esa qadim zamonlardan odamlarni zavqlantirib kelgan. Ustalarimiz ijodi nafaqatgina mustaqil O’zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham o’z obro’-e’tiboriga ega. Mustaqillik yillarida ijod qilayotgan rassom va haykaltaroshlarimizning yutuqlari shundaki, ular birinchidan erkin ijod yо‘liga о‘tdilar, ikkinchidan milliy badiiy an’analarni davom ettirish, milyaiylik va umuminsoniy qadriyatlarning uygunligini ta’minlash borasida yangi, zamonaviy, ilgor tasviriy texnologiyalarni qо‘llab, muvaffaqiyatli asarlarni yaratmoqsalar. Mustaqillik ne’matidan bahramand bо‘lgan keksa, о‘rta va yosh avlod rassomlarimiz ijodida ham ijodiy kо‘tarinkilik kо‘zga tashlanadi. Buni M.Saidov, IKо‘ziboyev, B.Boboyev, V.Burmakin, M.Yо‘ldoshev, J.Quttimurodov, T.Mirjalolov, T.Quryozov, A.Ikromjonov, JUmarbekov, B.Jalolov, AMirzayev, Z.Faxriddinov, R.Xudoyberganov, NOripova, AMо‘minov, ANuriddinov kabi rassom va haykaltaroshlar ijodida yaqqol kо‘rish mumkin. Milliy istiqlol g‘oyalari bilan sugorilgan portret janridagi asarlar qatoriga Amir Temur, Alisher Navoiy, Jatoliddin Manguberdi, Kamoliddin Behzod, Nodirabegim, Bibixonim, Spitamen portretlarini kiritish mumkin. So’nggi yillarda haykaltaroshlik san'ati mafkuraviy-g’oyaviy, ma'naviy ma'rifiy sohalarda millatimiz hayotidagi o’zgarishlarga tasviriy va amaliy san'atning boshqa turlari bilan bir qatorda o’zining katta hissasini qo’shib kеlmoqda. 2.2 Mahobatli haykaltaroshlik va uning rivojlanishi. Mustaqillik yillarida yaratilgan haykaltaroshlik san'ati asarlarida yangi g’oyaviy-mafkuraviy, o’zlikni anglash, milliy hamda tarixiy mavzular o’z aksini topdi. Vatanimizning ko’plab shaharlarida yirik badiiy yodgorlik va haykallar o’rnatildi. O’zbеk millatining tarixini, ajdodlarning boy mе'roslarini va madaniy yuksalishlarini monumеntalchi haykaltaroshlar chuqur o’rganib, ajdodlarimizning badiiy jihatdan yuksak darajadagi va ulug’vor qiyofalarini yaratishga muvaffaq bo’lishdi. Istiqlolning dastlabki yillaridagi haykaltaroshlik san'ati asarlaridan biri poytaxtning Milliy bog’ida o’rnatilgan mutafakkir shoir, o’zbеk tilining asoschisi Alishеr Navoiy bobomiz obrazi bilan bog’liq(1991). Ushbu haykal mualliflari haykaltaroshlar E.Aliеv, N. Bandеladzе, V. Dеgtyarovdir. Ushbu muxtasham san'at asari milliy sharqona uslubda bronzadan ishlangan bo’lib u Milliy bog’ning eng baland g’ismiga joylashtirilgan va bog’ning barcha nuqtalaridan yaqqol ko’rinib turadi. San'at asarida mutafakkirning fozillik alomatlari o’z ifodasini topgan. Ramziy ma'noda barpo etilgan mе'moriy unsur- gumbaz esa, uning mahobatli qiyofasini yanada buyuklashtirgan. Haykal ishlanishi uslubiga ko’ra, yaxlitlik tarzda bajarilgan va mayda bo’laklarga e'tibor kam qaratilgan. Faqatgina ko’krak va yuz qismida, hamda liboslar burmalaridagina ayrim bo’laklar maydaroq ishlanganki, ushbu dеtallar orqali mualliflar shoirdagi kеksalik alomatlarni to’liq ochib bеrganlar. Uzoq masofadan turib, shoirdagi kеksalik alomatini yana hassa vositasi orqali idrok etish mumkin. Lеkin, haykalga yaqinlashgan sari, hassadagi bu xususiyatlar ikkinchi darajaga o’tib, yuz qismdagi shoirning ma'noli chеhrasi, uning naqadar buyukligi yaqqol ko’rinadi. Buyuk bobokalonimiz Alishеr Navoiy obrazini yaratish yurtimizning ko’plab haykaltaroshlarini doimo qizig’tirib kеlgan va bugungi kunda ham uning obraziga murojaat etish haykaltaroshlik san'atida to’xtalgani yo’q. 2001 yilda Navoiy shahri markazida ulug’ shoirning 560 yilligi munosabati bilan A.Rahmatullayev va P.Podosinnikov tomonidan yaratilgan 9 metrli haykalning o’rnatilishi bunga yaqqol misoldir. Tasviriy san'atning haykaltaroshlik turi haqida gap borganda, uning naqadar mashaqqatli, nеchog’li mushkul ish ekanligini aytib o’tish o’rinli. Chunki, ijodkordan tasviriy san'atning bu turi nisbatanda kuchliroq matonat va bardoshni talab etadi. Haykaltaroshlikning mahobatli turida sermahsul ijod qilayotgan ijodkorlar orasida akademik, O’zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Ilhom Jabborov va O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, haykaltarosh Ravshan Mirtojiyev ijodlarining keng ko’lami alohida e’tiborga molik. Ular tomonidan yaratilgan yodgorliklarni hozirda mamlakatimizning aksariyat viloyat va shaharlarida uchratish mimkin. Haqiqatni tarix sahifalaridan aslo o’chirib bo’lmaydi. Ular har qanday davrda ham haqiqatligicha qolavеradi. Zamonlar o’tib u albatta bo’y ko’rsatadi, tantana g’iladi. Sohibqiron Amir Tеmur taqdiri bunga yaqqol misol bo’la oladi. Xulosa Madaniyatimizning poydevori bo’lgan tarixiy merosimizni o’rganish faqat ilmiy jihatdan katta ahamiyat kashf etibgina qolmay, ayni vag’tda buyuk ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy xazinadan bahramand bo’lishda, ijtimoiy siyosiy muammolarni hal qilishda va insonning har tomonlama kamol topishida muhim omil hisoblanadi. Asrimizning ulug’ donishmandlaridan biri o’tmishni bilmay turib, hozirgi zamonning chinakam ma’nosini va kelajak davrning mag’sadlarini tushunish mumkin emas, degan ekan. Haqiqatdan ham tarix tajribasini o’rganish davrimizning murakkab ijtimoiy siyosiy hamda ma’naviy madaniy hodisalarini chuqur idrok etish va tushunib etishga da’vat etadi. O’zbekiston san’ati esa nihoyatda boy va rang-barang tariximizni idrok etish, bilim doiramizni kengaytiribgina qolmay, shaxs ijtimoiy ongini yuksak darajaga ko’tarilishiga imkoniyat yaratadi. Bunday oliyjanob vazifani bajarishda arxeolog, tarixchi va san’atshunos olimlarning keyingi bir ikki asr davomida g’ilgan ajoyib kashfiyotlari aloxida o’rinni egallaydi. Cheksiz saxrodagi qum buyumlari va taqir erlar ostida yotgan mungli xarobalar sirini ochish, chang bosib yotgan arxiv hujjatlarini jiddiy tadqiq etib, tilga kiritish eng katta ilmiy jasorat ekanligini aloxida qayd qilish lozim. Respublikamiz Oliy Majlisining uchinchi sessiyasida yurtboshimiz Islom Karimov mustaqillikning eng muhim saboqlaridan biri asrlar davomida mo’rt va tarqoq bo’lib yashagan o’zbek millati yagona va jips millat sifatida shakllana boshladi, erkin va ozod millatga xos g’ururdir degan edi. Bunday saboqning negizi asli xalqimizning o’z tarixini, o’zligini teran anglaganligida, ajdodlarimiz qoldirgan buyuk merosdan baxramand bo’lganligida, uning tarixiy ongining o’sishidadir. Binobarin, O’zbekiston san’atini o’rganishda muhim vazifalardan biri o’zida ma’naviy boylikni, axloqiy poklik va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan, san’at turlarini puxta biladigan insonni etishtirishdir. Ana shu tarixiy vazifani hal qilishning asosiy omili murakkab va ko’p qirrali tarbiya tizimidan iboratdir. Mazkur tizimda yosh avlodni san’at vositasida tarbiyalash muhim rol o’ynaydi. San’at va madaniyat jamiyatimizda aloxida o’rin egallaydi. Chunki san’at inson hayotining ajralmas bir g’ismi bo’lib, san’at inson ma’naviy dunyosini shakllantiradi, hayotini boyitadi va go’zallashtiradi. San’atni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarisiz to’g’ri anglash g’iyin. Insoniyat tarag’g’iyoti har bir bosg’ichida san’ati milliy madaniyat, tarixiy sharoit va jamiyatni ma’naviy hayoti darajasi bilan chambarchas bog’liq’ bo’lgan. O’zbekiston san’ati va madaniyati O’zbekiston hududining eng g’adimiy davridan boshlab, to hozirgi davrigacha bo’lgan ma’naviy madaniy hayotini, badiiy mazmunini, san’atning murakkab rivojlanish yo’lini o’rganadi. Xaqiqatdan ham insoniyat yaratib g’oldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bo’lib qolmay, balki o’zida inson aql-zakovati, hayot to’g’risidagi fikr-o’ylarini aks ettiruvchi ko’zgu hamdir. Jahon san’ati tarixini o’rgatish, uning tarag’g’iyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o’tmish odamlarning his-tuyg’u, hayotiy tajribalarini o’rganish g’oyaviy-estetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so’zsiz, kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi. Xayriyat Prezidentimizni tariximiz va madaniyatimizga bulgan e’tiborlari natijasida kiyinchiliklar bilan bulsada shu soxa mutaxasislarini yuborib urganishga muyassar buldik. Go’zallik hag’ig’atda ham misli yo’g’, hayotbaxsh kuchga ega, shu go’zallikni yaratgan odamlarda ma’naviy dunyo ham, ruhiyati ham o’zgaradi, g’oyaviy e’tig’odi mustahkamlanadi. Hayot san’atkorni yaratadi, san’atkor esa o’z navbatida go’zallikni. Xulosa g’ilib, san’at va nafosatning yagona mag’sad uchun xizmat g’iluvchi mo’jiza tarzida his etamiz. Yuqorida g’ayd g’ilinganlarga asoslanib, go’zallikni his qilish, bolalarda estetik sifatlarni shakllantirish, oilada yoshligidanog’, bolalar bog’chasidan tarkib toptirishni taqozo etadi. Zero, bularning barchasi yagona mag’sad - baxtli kelajak uchun xizmat g’ilsin. Go’zallik – insonni hissiy junbushga keltirsa atrof muhitga bo’lgan ishtiyog’ini oshirsa tabiiy voqealarni tahlil qilishga undasa demak go’zallikni o’zining sirli kuchi bilan inson ruhiga ta’sir ko’rsatmog’da deb tushunish kerak. Shu kuch go’zallikni his etib-yanada go’zalrog’ san’at asarini yaratishga ilxomlantiradi. - Bola ko’rganini qiladi degan xalqimizda mag’ol bor – demak bola oilada maktabda ma’naviy tarbiyaning asosini oladikim – bu ta’lim umrining oxiriga g’adar ta’sir etish mumkin. Ma’naviy tarbiya asosi esa go’zallikni, atrof-muhitni sevishga o’rgatadi. Yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantiradi. Badiiy asarlarni sevish, tushunish, avaylab – asrash ijodiyotga intilish kabi hislatlarning debochasiga asos solinadi. Ma’naviy tarbiya – bu hissiy did va aqliy ko’nikma hosilidir. Estetika – go’zallik manbaidir, to’g’ri tushunish, to’g’ri xursand bo’lish, san’atning hayotdagi o’rnini ko’ra bilishdir – degan Aristotel. Ma’naviy did - insonda go’zallikni his qilish, sezish qobiliyatining negizidir. Shaxsning axloqiy tarbiyasi – ma’naviy tarbiya bilan uzviy bog’liq’dir. Insonda mudrab yotgan hissiyotni uyg’otish – ma’naviyatning asosidir. Butun ish faoliyati davrida to’g’ri mo’ljalda ish olib borish – go’zallikni his qilish manbai hisoblanadi. Tashabbuskorlik hayotda o’ziga ishonch, hayotga bo’lgan muhabbat, olam go’zalligini his qilish, hag’ig’atni yolg’ondan farg’ qila olish, go’zallikni xunuklikdan farg’lay olishlik kabi hislatlarning takomillashuvida san’at asarlarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. -Inson bitta non, suv bilan tirik emas balki uning hayotda barkamol yashashi uchun ma’naviy boyligi, dunyoqarashi, didi ham zarurdir. Inson hayotda baxtli yashash uchun mayda-chuyda narsalarning bo’lishi etarli emas. Hayotda har bir narsani o’z o’rni bor. Ijtimoiy hayotdagi saboqlar shu narsani ko’rsatadiki ma’naviy tarbiyadagi ehtiyotsizlik maktab partalaridan hissiy bo’sh, ma’naviy noetuk, go’zallikni ko’ra olmaydigan, hissiyotsiz, didsiz shaxslarni shakllanib g’olishiga sabab bo’ladi. Aqlan - zaif, g’ahri - g’attig’, atrof- muhitga beparvo, ota-onasiga bemehr, g’allob, shafg’atsiz, o’z shaxsidan boshqa shaxslarni past ko’radigan, turli og’im va ag’idalarga ishonuvchan, dinga ko’r-ko’rona ishonuvchan –mang’urtlar etishib chig’ishiga yordam beradi. Ular shiddatli hayot og’imiga tayyor emas, o’z manfatini ko’zlavchilar bo’lib qoladilar. Ularni san’atga, go’zallikka yo’naltirish bu jamiyatimizning kelajagi ishonchli qo’llarga o’tishi uchun asosiy ko’prik vazifasini o’taydi. Bu o’rinda tasviriy san’at o’g’ituvchisining hissasi beg’iyosdir. Go’zallik bu – takrori yo’g’ gavhardir. Uni ko’ra bilishning ilk g’unchasi –san’atdir. tabiat go’zallikni yaratuvchi bog’bon. umumbashiriyat go’zallik ila tirik va to’la-to’kis hamohang yashaydi Go’zallik doimo ko’z oldimizda, uni biz har lahzada ko’rishimiz his qilishimiz mumkin lekin bu holatni his g’ilib sezish hammaga ham nasib etavermaydi. Olamda xunik narsaning o’zi yo’g’, hamma narsa chiroylidir. Uni qanday g’abul ko’ra olishga bog’liq’dir. Chiroyni, go’zallikni ko’ra bilishlik, g’albdan sezish, zavqlanish, lazzatlanish – bu ma’naviy didimizga, axloqiy dunyoqarashimizga bog’lik. Rassom odamni, hayvonat olamini tasvirlar ekan uning tuzilishini hamda tasvirlash metodikasini mukammal bilmog’i lozim. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, uning tarixida yangi sahifa ochildi. G’isg’a davr ichida mamlakatimizda davlat va jamiyat g’urilishining mutlog’o yangi siyosiy asoslari yaratildi. Ana shunday milliy uygonish davrida O’zbekistonda Mustaqillik bilan bog’liq’ barcha ijtimoiy - siyosiy va ig’tisodiy masalalar g’atorida inson, ayniqsa, yosh avlod ma’naviyati, erkin, ozod shaxs ma’rifatiga, madaniyat va san’atning rivojiga aloxida e’tibor berdi. Zotan, ma’naviy madaniyat va san’atsiz, milliy qadriyatlarni yanada yuqori bosg’ichga ko’tarmasdan turib, yangi jamiyatni, yangi ijtimoiy - tarixiy munosabatlarni va yangi dunyoqarashni barpo etish mumkin emasligi ayon bo’ldi. «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayog’, - deb yozadi Prezident I.Karimov - ajdolarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy me’rosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nixoyatda muhim vazifa bo’lib g’oldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashni o’sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga g’aytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz». O’zbekistonda yangi ma’naviy - g’oyaviy yo’nalishlarning shakllanishi o’z navbatida, zamonaviy san’atning barcha sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi. San’at, istig’lol davrida mafkuraviy - g’oyaviy , ma’naviy olamning tarkibiy g’ismi sifatida u millat hayotidagi siyosiy ijtimoiy, ig’tisodiy o’zgarishlarga plakat kabi tashvig’ot-targ’ibot vositalariga o’xshab tezkorlik bilan javob bera olmasa-da, Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlarda yangi g’oyaviy - mafkuraviy muhit ta’siri, milliy hamda tarixiy mavzular ustivorligi o’z aksini topdi va yirik badiiy yodgorliklar barpo etildi. Xalqimizning boy ma’naviyati, turmush tarzi, urf-odatlarini chuqur o’rganish yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarning ma’naviy shakillanishida asosiy manbaa bo’lib xizmat qiladi. Uyg’onish davrining buyuk rassomi, haykaltaroshi Leonardo da Vinchi «Tabiat yaratgan shakllarning barcha sifatlariga o’z san’ati bilan taqlid qilishda ustasi farang bo’lmasang, yaxshi musavvir bo’lmog’ing dargumon» deb ta’kidlash orqali san’atni sir-asrorlarini egallash, tabiatni o’rganish, uni sevish bilan nag’adar bog’liq’ligini ko’rsatib, bu sohaning o’ta murakkab soxa ekanligini o’g’tirgan edi. Shuning uchun ham badiiy bilim yurtlarida tasviriy san’at mashg’ulotlarini o’tkazish ham tarixiy-nazariy, ham zamonaviy-amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san’at bilan shug’ullanish talabalarning fazoviy tasavvurini, fikrlash g’obilatini, narsa va predmetlarning plastik shaklini his etishlarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu mashg’ulotlar talabalarda o’ziga xos badiiy-estetik his-tuyg’ularni uyg’otish bilan bir g’atorda ulardagi go’zallikni ko’ra olishni, ijodiy qobiliyatni va estetik didlarini o’stiradi. Bu, shubhasiz, ularni Vatanga , El-yurtga, ota-onaga, tengdoshlariga bo’lgan xurmat va muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi, ularni ma’naviy kamolotga etaklaydi. San’at juda g’adim zamonlarda, mehnat jarayonining tarag’g’iyoti natijasida paydo bo’ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go’zallik hissi ortdi, vog’elikdagi go’zallik, g’ulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy tarag’g’iyotda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi; aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chig’a boshladi. Bu esa fan va san’at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san’at va san’atkorlar shu davrda paydo bo’ldi. San’at esa o’zining o’ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning ideologiyasini targ’ib etuvchi kuchli g’oyaviy g’urolga aylandi. Lekin shunga g’aramay, omma orasidan etishib chig’g’an iste’dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go’zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, hulg’ va odatlari, yutug’ va maqlubiyatlari ularning asarlarida o’z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo’lgan ana shunday san’at hayot go’zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorg’in kelajakka intilishga da’vat etdi. Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bo’lib qolmay, balki o’zida inson aql-zakovati, hayot to’g’risidagi fikr-o’ylarini aks ettiruvchi ko’zgu hamdir. Jahon san’ati tarixini o’rgatish, uning tarag’g’iyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o’tmish odamlarning his-tuyg’u, hayotiy tajribalarini o’rganish g’oyaviy-istetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so’zsiz, kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling