Kurs ishi mavzu: Pul taklifi modeli. Bank va pul mul’tiplikatori


III. PULGA TALABNING KEYNSCHA VA KLASSIK NAZARIYALARI


Download 169.13 Kb.
bet7/11
Sana20.06.2023
Hajmi169.13 Kb.
#1630881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pul taklifi

III. PULGA TALABNING KEYNSCHA VA KLASSIK NAZARIYALARI
Pulga talabning Keynscha nazariyasi
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni nakd ko`rinishda saklashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko`rsatadi:

  1. transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun nakd pulga talab);

  2. extiyotkorlik sababli (ko`zda tutilmagan xolatlar uchun ma`lum mikdorda nakd pullarni saklash);

  3. spekulyativ sabab (foyda olish maksadida kimmatli kogozlar sotib olish uchun pulga talab).

Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o`rtasidagi teskari bogliklikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko`tarilsa, obligatsiyalar baxosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o`z navbatida, nakd pul zaxiralarining kiskarishiga xamda nakd pullarga talabning pasayishiga olib keladi.
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun xam axoli uni saklashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko`rsatadiki pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasiga boglik. Foiz stavkasi nakd pul vositalarini ko`lda ushlab turishning mukobil xarajatlari mikdorini, ya`ni, siz foiz olib kelmaydigan nakd pullarni ko`lda ushlab turgan sharoitda yo`kotadigan pul mikdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi mikdoriga ta`sir kilganidek, nakd pullarni ko`lda ushlab turish mikdori xam pul zaxiralariga talab mikdoriga ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini nakd pul shaklida kamrok ushlab turishga xarakat kiladi.
Real pul zaxiralariga talab funktsiyasini kuyidagi ko`rinishda yozamiz:
M/R = f(R)
Bu tenglama ko`rsatayaptiki, pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasi funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zaxiralari mikdoriga talab teskari bogliklikka ega ekanligi ko`rinadi. CHunki, yukori foiz stavkasi pulga talab mikdorining kamayishini ko`rsatadi
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning quyidagi omillarini ajratib ko`rsatish mumkin:

  1. daromadlar darajasi;

  2. pulning aylanish tezligi;

  3. foiz stavkasi.

Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad xajmi bilan boglasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga boglik deb xisoblanadi

3.1-chizma Pulga talab grafigi
Pulning aylanish tezligini xisobga olmaganda, real pul koldigiga talab formulasi kuyidagicha bo`ladi:



Download 169.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling