Kurs ishi mavzu: Rus-o`zbek va lotin-o`zbek yozuvlari grafik tizimlarining grafemalar tavsifi
Download 222.17 Kb.
|
Rus o`zbek va lotin o`zbek yozuvlari grafik tizimlarining grafemalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3ORFOGRAFIYA
5. Simvollar - ilm-fanning ma'lum sohalarida qabul qilingan maxsus ideografik belgilar: a) matematik simvollar - √ (ildiz), - (oluv), + (qo‘shuv), x (ko‘paytiruv), : (bo‘luv), X (iks), X2 (iks kvadrat), ~ (davriylik, uzluksizlik), > (katta), < (kichik) va boshqalar; b) astronomik simvollar - ☼ (Quyosh), C (Oy), ♂ (Mars), ♀ (Merkuriy), CH(Yupiter), O (Venera, Zuhra), ђ (Saturn) va boshqalar; d) kimyoviy simvollar - O (oltin), C (kumush), O (mis), δ (qo‘rg‘oshin),♀ (simob), ♂ (temir) va boshqalar; e) botanik simvollar - A (androtsey, changchilar), O (bir yillik ¢simlik), O (ikki yillik o‘simlik), ђ (buta), G (ginesey, urugchi), ( ) gul bo‘laklari qo‘shilib o‘sgan), └ ┘?(daraxt), Ө (kuzgi o‘simlik) va boshqalar.
1.3ORFOGRAFIYA
Orfografiya (grek. Orthos- "to‘g‘ri"+grapho - "yozaman") yozuv sistemasining grafikadan keyingi ikkinchi komponenti bo‘lib, u to‘g‘ri yozish me'yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi. Bunday qoidalar tizimini o‘rganadigan fan (tilshunoslikning bir bo‘limi) ham orfografiya deb nomlanadi. Orfogramma - so‘zlarning yoki so‘z tarkibidagi fonema va morfemalarning imlo qoidalariga muvofiq yozilgan adabiy-orfografik shakli. Bunday shakllar (orfogrammalar) so‘zlarning yoki so‘z tarkibidagi fonema va morfemalarning til va nutqdagi ko‘rinishlaridan birini adabiy-orfografik me’yor qilib tanlanishiga asoslanadi. Masalan, arpa, asal so‘zlarining yozma shaklida orfogramma yo‘q, chunki bu so‘zlarning yozilishini grafikaning o‘zi boshqaradi; maqsad so‘zining yozma shaklini me’yorlashtirishda esa ikki хil holatdan birini asos sifatida tanlash zarurati paydo bo‘ladi: maqsad (fonematik prinsipga soslangan shakl)- maqsat (fonetik prinsipga asoslangan shakl). Hozirgi o‘zbek orfografiyasida birinchi holat (fonematik prinsipga asoslangan shakl) imlo uchun asos sifatida tanlangan, demak, bu so‘z tarkibidagi “d” orfogramma sanaladi, uni talaffuziga moslab “t” harfi bilan yozish imloviy хato hisoblanadi. Bunday holatlar o‘zak va affiksal morhemalarning imlosida ham uchrab turadi. Chunonchi, sifatdosh yasovchi “-gan” affiksi nitq oqimida “-gan”, “-kan”, “-qan” shakllarida namoyon bo‘ladi: borgan, ekkan, oqqan kabi. Bulardan birinchisida (borgan sifatdoshida) orfogramma yo‘q (“-gan”ning til va nutqdagi ko‘rinishlari o‘zaro farqlanmagani uchun); ekkan, oqqan so‘zlarining yozma shakllarida esa orfogramma bor: ularda “-kan” va “-qan” allomorflari adabiy-orfografik me’yor etib belgilangan, demak, til va nutqdagi uchta morfning(“-gan”, “-kan” va “-qan”ning) faqat talaffuzdagi ko‘rinishlari orfogrammaga asos qilib tanlangan. Tog‘+ga, bog‘+ga kabi kelishik shakllarining rus-o‘zbek va lotin-o‘zbek yozuvlaridagi orfogrammalari ham o‘zaro farqlidir. Ulardagi o‘zak va affiksal morfemalar “тоқ” va “-қа” (rus-o‘zbek yozuvida) hamda “tog‘” va “-ga” (lotin-o‘zbek yozuvida) shakllarida yoziladi, demak, rus-o‘zbek yozuvida bu morfemalarning talaffuzdagi ko‘rinishlari (тоққа, bоққа kabi), lotin-o‘zbek yozuvida esa ularning tildagi asl ko‘rinishlari (tog‘ga, bog‘ga ) orfogrammaga asos qilib olingan. E s l a t m a: orfogramma bilan bog‘liq masalalar qo‘shma, juft va takroriy so‘zlar imlosida ham uchraydi, ammo bu masalalar o‘zbek tilshunosligida hali izchil tadqiq etilmagan.
Download 222.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling