Kurs ishi mavzu: Rus-o`zbek va lotin-o`zbek yozuvlari grafik tizimlarining grafemalar tavsifi


) ijtimoiy aloqani (fikr almashuvi jarayonini)


Download 222.17 Kb.
bet7/19
Sana06.04.2023
Hajmi222.17 Kb.
#1333478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Rus o`zbek va lotin o`zbek yozuvlari grafik tizimlarining grafemalar

) ijtimoiy aloqani (fikr almashuvi jarayonini) yozuvda to‘g‘ri ifodalash uchun;
b) maqsad, mazmun yoki ma'noni, ularning o‘ziga xos "rang" va "tus"larini yozuvda aniq ifodalash uchun;
v) gapning tarkibini hamda shu tarkib elementlari (komponentlari) o‘rtasidagi grammatik-semantik munosabatlarni ifodalash uchun;
g) yozma nutqning ixcham va ravonligini ta'minlash uchun;
d) yozma nutqdagi murakkab fikriy munosabatlarni ifodalash uchun.
O‘zbek tilshunosligida tinish belgilarining quyidagi 10 ta turi grafikaning markaziy sistemasiga kiritiladi:
Nuqta ------------------------------------------------------------(.)
So‘roq belgisi -------------------------------------------------(?)
Undov belgisi ------------------------------------------------(!)
Nuqtali vergul ------------------------------------------------(;)
Ko‘p nuqta (uch nuqta)-------------------------------------(...)
Vergul (qo‘sh vergul)------------------------------------(,yoki ,,)
Ikki nuqta (bayon belgisi)-----------------------------------(:)
Tire (qo‘sh tire)--------------------------------------------(-yoki- -)
Qavs (qo‘sh qavs)---------------------------------------------(),[]
Tirnoq (qo‘sh tirnoq) -------------------------------------(" ")(" ")


Izoh: tinish belgilarining yuqorida sharhlangan xususiyatlari va shu asosda yaratilgan klassifikatsiyalar ularning grafik belgi (prosodemografema) sifatidagi xarakteristikasi hisoblanadi, ammo tinish belgilarining qo‘llanishini me'yorlaydigan qoidalar tizimi esa grafikada maxsus ko‘rilmaydi, chunki "qoidalar" "Grafika"ning emas, "Punktuatsiya"ning predmeti sanaladi.
Yuqorida sanab ko‘rsatilgan tinish belgilarining misra balandligiga nisbatan joylashtirilishi ham bir xil emas: nuqta (.), vergul (,), ko‘p nuqta (...) misraning pastki chizig‘i bo‘yicha qo‘yib boriladi; qolgan belgilar, masalan, qavs ( ), nuqtali vergul (;), undov belgisi (!), so‘roq belgisi (?), ikki nu?ta (:), qo‘sh tirnoq (" ") misraning ustki chiziqidan ostki chizig‘igacha bo‘lgan masofa hajmida yoziladi. Qo‘sh tirnoqning asosan qo‘lyozmada qo‘llanadigan turi ( " " )so‘z yoki gap boshida misraning ostki chizig‘i bo‘ylab, shu so‘z yoki gap oxirida esa misraning ustki chizig‘i bo‘ylab joylashtiriladi.

3. Logografemalar (logogrammalar). Grafemalarning bu tipi tushunchalarni yoki tushuncha nomi bo‘lgan so‘zlarni yozuvda ifodalashga asoslanadi. Bunday belgilar aslida ideografik (semasiografik) yozuv tipiga mansub birliklar sanaladi, ammo ulardan fonografik yozuv tarkibida ham  foydalaniladi. Yozuv tizimining murakkab optik-grafik sistema ekanligi ham shundan.





Download 222.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling