1.2 Grafika va Grafema haqida ma`lumot
Grafika muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va morfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun maxsus shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi. Yozuvning tovush tili bilan aloqasi, odatda, ana shu grafemalar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ular grafik tizimning eng asosiy strukturaviy-funksional birligi hisoblanadi.
Grafema tashqi (moddiy) va ichki (mavhum) tomonlari bor bo‘lgan bilateral birlikdir. U shu ikki tomonning - ifodalovchi va ifodalanuvchilarning uzviy bog‘liq bo‘lishiga asoslanadi. Uni quyidagi chizmalar shaklida tavsiflash mumkin tashqi (ifodalovchi) tomoni – alif bodagi Q harfining optik-grafik tasviri Q grafemasining ichki (ifodalanuvchi) tomoni- o‘z- o‘zbektilining chuqur til orqa,portlovchi, jarangsiz “q” fonemasi.
E s l a t m a: grafemaning bosma va yozma, bosh va kichik shakllari uning allograflari sanaladi.
tashqi (ifodalovchi) tomoni -so‘roq
belgisining shakli (optic-grafik tasviri) ? grafemasining ichki (ifodalanuvchi) tomoni -so‘roq ohangi (intonema)
1.Tashqi (ifodalovchi) tomoni –shu raqamning shakli (optik-grafik tasviri)
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, grafema y o z u v b i r l i g i, fonema, intonema, aksentema va leksemalar esa t i l b i r l i k l a r i d i r. Binobarin, grafema bilan fonema (yoki intonema, leksema) o‘rtasidagi aloqa to‘ppa-to‘g‘ri (bevosita) bo‘lishi mumkin emas, bunga tovush tilining fizik-akustik asosga, yozuvning esa optik-grafik asosga tayanganligi yo‘l qo‘ymaydi.
Shuning uchun yozuv birligi (grafema) bilan til birligi (fonema, intonema yoki leksema) o‘rtasidagi aloqa kodlashtirish orqali ta'minlanadi: kod turli informatsiyalarni uzatish, ishlash, saqlash va xotirlab qolish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar, simvollar sistemasidir. Har qanday grafema ana shu sistemaning bir a'zosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |