Tadqiqotning metodologik asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prizidentining asarlari, shuningdek horij mamlakatlarida o’tkazilgan va Xorij olimlari L.S. Vigotskiy, Elkonin, E.E.Kravtsova va boshqalarning mavzuga oid ilmiy qarashlarini ularning faoliyati borasida olib borgan tatqiqotlari nazariy g’oyalari kurs ishimizning metodologik asosi bo’lib hizmat qiladi.
Tadqiqot predmeti: Shaxs nazariyalari
Tadqiqot maqsadi: Shaxs va uning o’rganilishini nazariy qiyoslash
Tadqiqot vazifalari:
Shaxsni olimlar tomonidan o’rganilishi.
Shaxsni psixik xususiyatlarni o’rganish.
Shaxs borasida nazariy asoslarni chuqur yoritish .
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharxi: O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning yoshlarda milliy g’oya va mustaqillik mafkurasini shakllantirish borasidagi qarashlari, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, « «Sog’lom avlod», «Yoshlar yili» va «Barkamol avlod» Davlat dasturlari metodologik asos hisoblanadi. Bundan tashqari Rossiya va Yevropa tadqiqotchi olimlarining (R.A.Mavlonova, L.S.Podimova, N.M.Gnatko, E.I.Boyko, M.B.Gomezo, О.К.Tixomirov, S.L.Rubenshteyn, P.Ya.Galperin, A.B.Brushlinskiy, A.R.Luriya va boshqalar) manipulyativ psixotexnologiyalar, o’zaro munosabatlarda manipulyatsiyani ro’li va uni ommaga ta’sir texnikalari haqidagi ilmiy asarlari, hamda O’zbekiston psixolog-olimlari proffessorlar E.G’.G’oziev, M.G.Davletshin, G’.B.Shoumarov, V.M.Karimova, Z.T.Nishonova V.A.Slastyonin va M.Ayimbetovlarning tadqiqotlaridan keng foydalaniladi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Olingan natijalar umumiy psixologiya , ijtimoiy psixologiya, yosh davrlar psixologiyasi, psixodiagnostika va bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanlarini nazariy jihatdan boyitishga yordam beradi hamda psixologiyaning maxsus tarmog`i sifatida insonlarning psixologik xavfsizligini ta’minlashda asosiy manba sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |