Kurs ishi mavzu: Shaxsga faktorli yondashuvlar Ilmiy raxbar : Farg’ona- 2023


Download 41.18 Kb.
bet8/9
Sana17.02.2023
Hajmi41.18 Kb.
#1208809
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
umumiy 6

Xulosa va tavsiyalar
Shunday qilib, hamdo’stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiy-metodologik negizga ega bo’lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo’lib xizmat qiladi, amaliy va nazariy muammolarni yechishda keng ko’lamda qo’llaniladi. Ammo ontogenezda shaxsning shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariya yaratish mavrudi yetib keldi. Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta'rif berilgan va uning tuzilishini o’ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. quyida mualliflarning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob'ekti, ham sub'ektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday ta'rif beradi: shaxs - bu faoliyat sub'ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan: jamiyatda o’z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a'zosi shaxs deyiladi. Bu muammo moshiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta'rificha, shaxs - bu tashqi ta'sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi ichki hart-haroitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo’lmagan tushunchalar qo’llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning moshiyatini aniqroq izoshlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tashlil qilish maqsadga muvofiq.
1. Odam: sut emizuvchilar sinfiga dashldorlik, biologik jonzod ekanligi odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo’llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi.
Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z qiziqishlari va eshtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniyatiga ham egadir.
2. Shaxs. Mehnat tufayli shayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala) ga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy moshiyati shaxsning asosiy tavsifi shisoblanadi.
3. Individuallik. Har qaysi inson betakror o’ziga xos xususiyatlarga ega. Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo’ladi.
Sobiq sovet psixologiyasida eng ko’p tarqalgan shaxsning tuzilishiga oid materiallar bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
S.L.Rubinshteyn bo’yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik - eshtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e'tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
2. Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar - shayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
3. Individual tipologik xususiyatlar - temprament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi.
K.K.Platonov ta'limotiga ko’ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:
I. Yo’nalganlik osttuzilishi - shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko’lam (shajm) darajalarini farqlash lozim.
II. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi - Ta'lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko’nikmalar va odatlarni qamrab oladi.
III. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi - Ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual
xususiyatlari.
IV. Biologik hartlangan ost tuzilish.
Miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xosiyatlarini birlashtiradi.
A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o’zaro ta'sir etuvchi har xil xususiyatli g’oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, eshtiyojlar kiradi. Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
2. Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta'minlovchi tizim. o’zaro ta'sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar.
3. Xarakter. Ijtimoiy mushitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy shayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Xarakter tizimidan irodaviy va ma'naviy sifatlar ajratiladi.



Download 41.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling