Kurs ishi mavzu: Shaxsga faktorli yondashuvlar Ilmiy raxbar : Farg’ona- 2023
Download 41.18 Kb.
|
umumiy 6
II Bob yuzasidan xulosa
D.I.Feldshteyn boshqa tadqiqotchilardan farqli o’laroq, o’smirlik davrini uch bosqichga ajratadi. Uning mulohazasiga ko’ra, birinchi bosqich (10-11 yosh) o’ziga munosabatni kashf qilishdan iborat bo’lib, o’zini shaxs sifatida shis qilish va qat'iy qarorga kelish bilan yakunlanadi. Ikkinchi bosqich 12-13 yoshdagi o’smirlarni o’z ichiga olib, bir tomondan, o’zini shaxs sifatida tan olish, ikkinchi tomondan, o’ziga salbiy munosabatda bo’lish xususiyatiga ega. Uchinchi bosqich 14-15 yoshli katta yoshdagi katta o’smirlardan iborat bo’lib, tezkorlikda o’z-o’zini basholashga moyil munosabati bilan tavsiflanadi. Bolalarda "Men jamiyat ichida" pozisiyasi ilk bolalik, kichik maktab yoshidagi, yuqori sinf o’quvchilik davrlarida faollik keng ko’lamda quloch yoyadi, chunki mazkur taraqqiyot bosqichida faoliyatning amaliy predmetli jishatlari jadal o’sishda bo’ladi. Ularda "Men va jamiyat" pozisiyasi vujudga kelishi maktabgacha tarbiya yoshi, o’smirlik davrlariga to’g’ri kelib, ular tomonidan ijtimoiy xatti-harakatlarning normalari va qoidalarini o’zlashtirish, shaxslararo munosabat o’rnatish, o’zaro muloqotga kirishish xususiyati bilan tavsiflanadi. Ana shu murakkab sosial-psixologik holatlarga asoslangan holda D.I.Feldshteyn bolaning ijtimoiy taraqqiyotida uning jamiyatga nisbatan munosabatining asosiy (bosh) va oraliq toifalarga ajratadi. Bolada jamiyatga nisbatan oraliq munosabatning shakllanishi ijtimoiylashuv, individuallashuvning tarkibiy qismlarini egallash va bir davrdan ikkinchisiga o’tishi natijasida yuzaga keladi. Asosiy (bosh) munosabat - shaxsning rivojlanishida keskin siljish nuqtalarining paydo bo’lishi, ichki sifat o’zgarishlarining vujudga kelishi va unda yangi xislatlarni tarkib topishining mashsulidir. Shuni aloshida ta'kidlab o’tish kerakki, D.I.Feldshteynning shaxs rivojlanishi nazariyasi ontogenezda yuz beradigan barcha psixologik holat va fazilatni izoshlab berish imkoniyatiga ega emas. Lekin u ta'lim-tarbiya sifatini oshirishga va takomillashtirish jarayoni (faoliyati) ga ijobiy ta'sir o’tkazish xususiyati bilan amaliy ahamiyat kasb etadi. Download 41.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling