Ganiyeva Dilfuzaning "Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning maqsadi"
Download 1.46 Mb.
|
01Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning maqsadi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayniqsa bu ishlarni tashkil etishda tarbiyachining raxbarligi katta o’rin egallaydi.
- Qurish-yasash.
- Foydalanilgan adabiyotlar
Angren universiteti Maktabgacha ta`lim fakulteti MT-102 guruh talabasi Ganiyeva Dilfuzaning “Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning maqsadi” mavzusida tayyorlagan taqdimoti Tekshirdi: Giyasova M Tasviriy faoliyatga o’rgatish Metod va usullari Tasviriy san’at Qurish – yasash Loy Applikatsiya Rasm chizish, loy va plastilindan turli buyumlar ya-shash, qirqib yopishtirish kabi mashg’ulotlar bog’cha yoshi-dagi bolalarning eng sevimli faoliyatlaridan biri hisoblanadi. U bolani tevarak - atrofdagi voqea hodisalar haqidagi ta-assurotlarni turli obrazlar orqali va ularga nisbatan o’z shaxsiy munosabatini shakllantirishga keng imkon yaratadi. Bolalarda bu faoliyatlarga nisbatan qiziqishni uyg’otishda to’gri ta’lim berishning ahamiyati katta.
asliga qarab va tasavvur bo’yicha buyumlar, va o’yinchoqlarning rasmini chizishga, o’lchamini, fazoviy joylanishini shuningdek, bolalarni mo’yqalam bilan mustaqil ishlashga o’rgatish; bolalarni badiiy ifoda vositalaridan foydalanib manzaralar go’zalligini, tabiatni husnini, kattalar mehnatiga oid ijtimoiy voqealardan olgan taassurotlarini aks ettirishga o’rgatish zarur. Xalq amaliy san’ati asarlari asosida naqshlar ishlash ham bolalarni ularga bo’lgan qiziqishni, hurmatni uyg’otadi.Ayniqsa bu ishlarni tashkil etishda tarbiyachining raxbarligi katta o’rin egallaydi.
Birinchi galda, bolalarni loyning xususiyatlari bilan tanishtirish ( yumaloq, bo’laklarga bo’linadi, undan narsalar yasash). Tarbiyachi loy ishida birinchi navbatda saranjom sarishtalikka orgatib borishi, loy ishini faqat maxsus taxtacha ustida bajarish mumkinligini uqtirih lozim. Bunda asosan qo’l malakasini oshirish talab etiladi. Buyum yasashda etibor beriladigan jihatlar narsaning tuzilishi, hajmi, qismlar orasidagi mutanosiblik va sifat.
Tasviriy faoliyat turlaridan bo’lgan qirqib yopishtirish kichik guruhdan boshlab o’rgatiladi. Applikatsiyaning asosiy masadi, bolalarni rang, shakl bilan tanishtirish, mo’qalam, yelimdan to’g’ri foydalanishga o’rgatish, texnik malakalarini shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga buyumlar tasvirini qog’oz sathida to’g’ri joylashtirishga, shakllarning rangiga qarab joylashtirishga, shakllar- ning rangiga qarab joylashtirishga shakllarning rangiga qarab joylashtirishga o’rgatishdan iborat.Qurish-yasash.Bolalar bog’chasida o’tkaziladigan qurish- yasash ishlari bola shaxsini xar tomonlama rivojlantirishda uning ijodkorligini taraqqiy ettirishda katta imkoniyatga egadir.Bolalar ijodkorligi faol jarayon bo’lib, unda bola o’zi uchun yangilik yaratadi. Bu jarayonda ularning fazoviy tasavvurlari shakllanadi, tafakkuri o’sadi, bularning xammasi inson qobilyatlarini rivojlantiradi.Bolalar qurish –yasash bo’yicha ishlarni tarbiyachining ko’rsatmasi asosida tekis joyda, tartib bilan bajarishga o’rgatiladi. Bolalar o’zlariga tanish bo’lgan narsalarni yasayotganlarida g’ishtchalar, kubiklar va prizmalarni bir- birining o’rniga ishlata olish malakalari orttirilib boriladi. Qurish uchun yirik va mayda materiallaridan foydalaniladi. Bunda qurilish materiallari sifatida qog’oz, tabiiy materiallar, grek yong’og’ining pallasi, tarvuz, qovun urug’lari, shaftoli, o’rikning danagi, akatsiya, chinor, daraxtlarining urug’i. va boshqalar.Tasviriy faoliyat bu, go’zallikdan nafosatdan dars beradigan estetik tarbiyaning maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim- tarbiyasidagi ilk bosqichidir. Zero uni “badiiy tarbiya tushunchasi ” deb qarash ham mumkin. Bunda albatta O’zbek xalqi o’tmishidagi boy, milliy, madaniy merosiga, badiiy boyliklariga nisbatan qiziqish, badiiy idrok, hurmat, qadr tuyg’ulari ilk kurtaklarini yoyadi. Go’zallikka oshno qalblardan esa hech qachon buzg’unchilik, vayronagarchi-lik kabi xislatlar shakllanmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar1.slaydlar.org2/aim.uz3/google.comDownload 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling