Kurs ishi Mavzu: Shayboniylar davrida me’morchilik taraqiyoti. Tayyorladi: Ibragimov Oybek Qabul qildi: Qo’yliyev Ravshan Toshkent –2022 Mavzu: Shayboniylar davrida me’morchilik taraqiyoti. Mundarija: Kirish


Buxoro me’moriy maktabining XVI asrdagi tadriji va o’ziga xosligi


Download 104.37 Kb.
bet4/7
Sana16.02.2023
Hajmi104.37 Kb.
#1204280
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ibragimov Oybek 109 guruh (2)

2.1 Buxoro me’moriy maktabining XVI asrdagi tadriji va o’ziga xosligi.
Buxoro amirining vaziri Qulbobo Ko’kaldosh qurdirgan. Bu madrasa Labi Hovuz ansamblidagi eng katta imorat va Buxorodagi eng katta madrasa hisoblanadi.
Ko’kaldosh madrasasi ochiq maydonda, to’g’ri to’rtburchak shaklida barpo etilgan. Me‘morlar madrasaning uzoqdan ko’zga tashlanishini nazarda tutib, 2 qavat balandligida qator ravoqlar qurdirganlar. Madrasaning bosh fasadi peshtoqli bo’lib, u ansambl maydoniga qaytarilgan. Madrasa peshtoqidagi eshikka girih va islimiy naqshlar ishlangan. Mix qoqmay, ―tirnoq‖ qilib mahkamlangan pilakchalardan yasalgan eshik yaxlit taxtadan tayyorlangandek qo’rinadi. Har bir ravoqdan alohida hujraga kiriladi. Hujralarning umumiy soni 162 tani tashkil etadi. Umumlashtirib aytiladigan bo’lsa, Ko’kaldosh madrasasi o’zbek klassik me‘morchiligidagi qadimiy an‘analarni o’zida yaxshi yaxshi aks ettirigan tarixiy inshoot hisolanadi.
Abdulazizxon madrasasi 1662 yilda bunyod etilgan uni yaratishda ilgari qo’llanilgan uslub bezak ishlatilgan. Inshootning fasadi an‘anaviy baland peshtoq, sakkiz burchakli gumbaz va ayvonlardan tashkil topgan. Keng to’rt ayvonli madrasa hovlisi atrofida ikki qavatli peshayvonli xonalar barpo etilgan.
Madrasaga kiraverishda darvozaxonaning o’ng tomonida joylashgan xonada, yorug’lik nurining o’ziga xos qonuniyat bilan tarqalishi natijasida boshiga salla o’ralgan afsonaviy bir qariyaning tasviri hozirgi vaqtda ham paydo bo’ladi va bu tasvir kishiga yaqqol ko’rinib turadi. Fazoviy geometirik ko’rinishiga ko’ra madrasa konstruksiyasi murakkab ishlangan, gumbaz osti stalaktitlari quyma ganchdan bajarilgan. Peshtoqda sakkiz qirrali konstruksiya ustida gumbaz o’rnatilgan. Fasad mayda gulli qilib, mozaikadan ishlangan; motivi vazaga qo’yilgan guldasta. Inshootning devor va shiftlari yozuvlarga boy. Bu inshootni Buxoro monumental arxitekturasining yetuk namunalaridan hisoblanadi. Ayni vaqtda Germaniya davlati homiyligida madrasa peshtoqi ta‘mirlanmoqda1
Registon maydonida buyuk va noyob inshootlar Ulug‗bek (1417-1420), Sherdor (1619-1636) madrasalari va Tillakori (1646-1647) madrasa-masjid barpo etilgan.
XVII asrning yirik me‘moriy yodgorliklari bu Sherdor madrasasi bo’lib u biroz ilgariroq barpo etilgan Tillakori va Ulug’bek madrasalari bilan birgalikda yaxlit me‘moriy majmuani tashkil etadi va Registon maydonga tugallik bergan. Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir hashamatli binolar qurishga boshqa beklar bilan raqobat qilib, vayrona holatidagi Ulug’bek xonaqohi o’rnida Sherdor madrasasini, Mirzoyi karvonsaroy o’rniga Tillakori madrasa-masjidini qurdirgan. Tillakori va Sherdor madrasalari katta o’lchamlilik, pardoz ishlarining nozikligi bilan ajralib turadi. Mezana minoraning yuqori qismi, azon aytiladigan joy. Ko’pincha ravoqsimon darchalar galeriyasidan iborat. Ichki devorlari odatda ganch naqsh bilan naqshlanadi, tashqi tomoni minraning umumiy bezagiga mos holda sirkor parchinlar bilan pardozlanadi. Usti oddiy gumbazcha bilan yopiladi yoki ochiq bo’lishi ham mumkin. Ayrim hollarda guldasta yoki burjlar ham mezana vazifasini bajargan.2
Tillakori madrasasi madrasa va jome masjidiga mo’ljallab qurilgan. U ansambildagi Ulug’bek va Sherdor madrasalari bilan muvozanatlashtirib bunyod etilgan. Hovlining g’arb tomonidagi masjidga peshtoq orqali kiriladi. Masjid xonasi ikki yonidagi ravoqli gumbazlar galeriyasi tufayli keng ko’rinadi. Xona to’ridagi marmar qoplamali mehrob, o’ng tarafida marmar zinapoyali minbar bor. Xona o’z vaqtida zarhal naqshlar bilan jozibador bezatilgan. 1930 yillarda bu yerda maxsus ustaxona tashkil etilib, koshinlarning qadimiy rangini topish yo’lida tadqiqot ishlari olib borilgan.

Download 104.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling