Kurs ishi Mavzu: Shayboniylar davrida me’morchilik taraqiyoti. Tayyorladi: Ibragimov Oybek Qabul qildi: Qo’yliyev Ravshan Toshkent –2022 Mavzu: Shayboniylar davrida me’morchilik taraqiyoti. Mundarija: Kirish
Fanning o’quv rejadagi fanlar bilan bog’liqligi
Download 104.37 Kb.
|
Ibragimov Oybek 109 guruh (2)
Fanning o’quv rejadagi fanlar bilan bog’liqligi Markaziy Osiyi me‘morchilik san‘ati kursi mutaxassislik fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan O‘zbekiston tarixi, arxivshunoslik, arab, fors tillari, Eski o‘zbek yozuvi, manbashunoslik, tarixshunoslik fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning Markaziy Osiyo me‘morchilik san‘ati fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or usullari foydalanish, yangi informasion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, eletron materiallar, virtual stendlar,jadvallardan foydalaniladi. Dasturda berilgan mavzular ma‘ruza, seminar shaklida olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari mustaqil ish sifatida talabalarga o‘zlashtirish uchun beriladi. Markaziy Osiyo me’morchilik san’ati ko’rsini loyihalashtirishdaquyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalanildi: Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi. Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. “Markaziy Osiyo me’morchilik san’ati” fanini o’qitish jarayonida xarita, ko’rgazmali qurollar, kompyuter texnologiyasi, video lavhalardan foydalaniladi. Ayrim mavzular buyicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog’idagi rasmiy iqtisodiy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch suz va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik sharofati bilan o’z taraqqiyotining yangi davriga kirdi. Xalqimiz o’zining boy tarixiy, madaniy va ma‘naviy merosiga ega bo’ldi. Yurtboshimiz tarixsiz kelajak yo’qligini, vatandoshimiz Abdulla Qodiriy ta‘biri bilan aytganda, moziyga qaytib ish ko’rmoq kelajagini e‘tiborga olib talaba yoshlarga Markaziy Osiyo me‘morchilik san‘ati tarixi faning o‗qitilishi ibtidoiy davrdan to bugungi kungacha mavjud bo’lgan tarixiy me‘moriy yodgorliklarning o’ziga xosligi, kurilish uslublari xaqida tasavvurga ega bo’lishi zarur. Ular Markaziy Osiyo hududidagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan me‘moriy obidalarni qurilish prinsiplarini, xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak. Shuningdek, tarixiy me‘moriy yodgorliklarni qurilgan davrini aniqlashni bilishi lozim . Bular tufayli, birinchi navbatda, biz o ‘zligimizni angladik, o’tganlaming ruhi shod, ko‘ngil mulkimiz obod bo’ldi. Shahar va qishloqlar, madrasa-yu masjidlar qayta tiklandi, qanchadan-qancha kitoblar chop etildi. Ikkinchidan, ma’naviyatimiz orqali millatimiz qadri, sha’n-u shavkati tiklandi. Bular hammasi mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yosh avlod uchun vatanparvarlik va fidoyilik, elim deb, yurtim deb yonib yashashning, millat istiqboli uchun qayg‘urishning yorqin ifodasi bo’lib qoldi. Qadim-qadim zamonlardan boshlab dunyo madaniy taraqqiyotida ma‘lum o’rin tutib kelayotgan O’rta Osiyo me‘morchiligiga qiziqish bugungi kunda ham nihoyatda o’sib bormoqda. Ayni paytda zamonaviy shaharsozligimiz va me‘morchiligimiz nafaqat sayyohlarning e‘ti-borini o’ziga jalb qila olmay, balki bu hududda yashayotgan xalq talablari va ehtiyojlariga ham javob bera olmayapti Download 104.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling