Kurs ishi Mavzu: Shayboniylar davrida me’morchilik taraqiyoti. Tayyorladi: Ibragimov Oybek Qabul qildi: Qo’yliyev Ravshan Toshkent –2022 Mavzu: Shayboniylar davrida me’morchilik taraqiyoti. Mundarija: Kirish
-Bob .Markaziy Osiyo me’morchilik sa’nati haqida
Download 104.37 Kb.
|
Ibragimov Oybek 109 guruh (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVII asr boshlaridagi me’morlikda shayboniylar davridagi yutuqlarning davom ettirilishi
- . XVI asrning ikkinchi yarmidagi me’morlikning xususiyatlari
1-Bob .Markaziy Osiyo me’morchilik sa’nati haqida
1.1 Markaziy Osiyoning XVI-XVII asr me’morchiligi. Shayboniylar Movarounnahrni zabt etgach Buxoroning iqtisodiy va madaniy markazi sifatida mavqeyi oshib bordi. 1533 yilda poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko’chiriladi, ayniqsa Abdullaxon davrida (1557—1598 yillar) Buxoro poytaxt shaharga aylantirilib, Buxoro xonligi yuzaga keldi va ko’p ishlar amalga oshirildi. Akademik V.V.Bartold Abdullaxonni qoraxoniy Arslonxon va Amir Temurdan keyingi buyuk quruvchi deb atagan. Darhaqiqat u qurdirgan bino va inshootlarni bugungi kunda ham Buxoro viloyatidan to Sirdaryo vohalarigacha uchratish mumkin 1 Abdullaxon vafotidan so’ng Buxoro xonligi tarqoq feodal mulklarga bo’linib ketdi. Xurosonni Eron shoqi Abbos bosib olgan bo’lsa, Toshkent qozoq xoni Tavakkal tasarrufiga o’tadi. Xiva xonligi mustaqillikkka erishadi. XVI asr oxirlaridan to 1753 yilgacha Buxoro xonligining qolgan hududida ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik qildi. XVIII asrda Farg’ona Buxoro xonligi ta‘siridan chiqib mustaqil idoraga ega bo’ladi. Buxoro xonligi Eron shohi Nodirshohning vassaliga aylanib qoldi. Nodirshoh Buxoro hokimiyatini o’z vakili Muhammad Hakim otalig’iga top-shiradi va "otaliq" boshqaruvi kelib chiqdi. 1753 yilda taxtga chiqqan uning o’g’li Muhammad Rahim otaliq o’zini amir deb e‘lon qildi. Natijada 1753—1920 yillarda Buxoroda hukmronlik qilgan mang’itlar sulolasining Buxoro amirligi yuzaga keldi. Oxirgi arxeologiya tadqiqotlariga asoslanib yoshi 2300 yil deb belgilanayotgan Buxoro shahri bir necha marotaba hududini o’zgar-tirgan bo’lsa ham, uning arki o’rni ko’p davrlardan beri o’zgargani yo’q. XVI asrda ham shaharning asosiy unsuri shu inshoot hisoblangan va markaziy ko’chalarning yo’nalishi uning joylashishiga qarab belgilangan. Arkka Siyovush asos solgan degan fikr mavjud. Go’yoki u bir necha karra bunyod etilgan va har safar buzilib ketavergan. Nihoyat Katta ayiq yulduzi turkumiga o’xshash shakl bunyod etilgach,ark istehkomi bunyod bo’lgan emish.Shayboniylar sulolasi davrida Buxoro Shahristoni kengaytirilib, ark uning ichida qolib ketgan. Abdullaxon shahar devorlari, darvozalari va fasllarni qayta qurdirgan. XVI asrning ikkkinchi yarmida shahar kengaytirilib Jo’ybori shayxlar mulki hisoblanmish shaharning g’arbiy qismi ham devor bilan o’rab olingan. Binolarni ansambl tarzida joylashtirishga e‘tibor berilib shahar strukturasi qayta tuziladi. Chunonchi asosiy chorrahalarda Toqi Ordfurushon, Toqi Zargaron, Toqi Telpakfurushon va Toqi Tirgaron nomli beshta Chorsu tipidagi gumbazli savdo inshootlari bunyod etilgan. Bu savdo gumbazlarining birinchisi va oxirgisi bizning asrimizda vayrona holiga kelganligi tufayli buzib tashlangan. Qolgan uchtasi hozirgi kunda ham salobat to’kib, shahar asosiy1 Yo’nalishlarini belgilab turibdi. Shulardan uchinchi gumbaz yoki Toqi Zargaron deb nomlanadigani qadimiy shahriston chorrahasida joy-lashgan bo’lib, XV asr boshida ham bu joy Chorsu deb nomlanganligi ma‘lum. Toqi Zargaron deb atalishining o’zi o’z nomi bilan zargarlar gumbazi ekanligidan dalolat berib turibdi. Bu binoning tarhi kvadrat ko’rinishga ega. Uning markaziy kompozitsion peshtoqlari bo’ylab to’rt peshtoh to’rttala ko’cha tomonga qaratilgan. Inshootning markaziy qismi sakkizta o’zaro kesishgan toqlar vositasida ko’pburchakli ustivor ustiga qo’ndirilgan ulkan gumbazdan iborat. Gumbaz osti ustivorining o’n olti panjarasi bor. Ichki tomonida esa toqlar kesishuvidan hosil bo’lgan gajak2 (shitovidniy parus) devorlar bilan ko’pburchakni bog’lib turibdi. Markaziy gumbaz ichidagi bino burchaklari to’rtta va uning atro-fidagi usti kichkina gumbazchalar bilan yopilgan yo’lak qismi esa sakkiz ravoqli qilib qurilgan. Yo’lak tashqi devorining ichkari tomonida yana 16 ta ravoq ishlangan. Har qaysi peshtoqning ikki yon qismida (old tomonida) yana 2 tadan ravoqlar ishlangan bo’lib, ular jami 36 ta do’kon va ustaxonalar joylashishiga mo’ljallangan. Toqi Zargarondan janubga chiqadigan peshtoqi yonida- bizning asrimizda buzib tashlangan o’sha davrda Hind karvonsaroyi deb atalgan karvonsaroy bo’lgan. Undan quyiroqda esa 1577 yilda qurylgan savdo inshooti — Abdullaxon Timi joylashgan. Agar Toq va Chorsularda kechasi do’kon va ustaxonalar yopilib, binoni kesib o’tgan ko’chalar o’tish joyi sifatida foydalanilgan bo’lsa, Tim yopiq imorat tarzida ishlatilgan va shu jihati bilan bugungi kundagi katta magazinlarni eslatadi. Abdullaxon Timi kamyob va qimmat-baho gazmollar savdosiga mo’ljallab qurilgan. Bu imorat tarhi ham kvadrat shaklida bo’lib, binoning bosh kirish yo’llari Toqi Zargarondan Toqi Telpakfurushonga boriladigan savdo ko’chasiga qaratilib, ko’chaning sharqiy betida qurilgan. Bino tarz (fasad)ining markazida bir asosiy va ikki chekkasida yana ikkita kichikroq peshtoqli eshiklar o’rnatilgan. Imorat markazida sakkiz burchakli pastak ustivorga katta asosiy gumbaz o’rnatilgan. Uning sharq va g’arbida asosiy yo’lak ustiga cho’zinchoq shaklidagi tuynukli gumbazchalar qurilgan. Shuningdek katta gumbazda ham yoritqich tuynuklar mavjud. Bino ichida jami 55 ta savdo ravoqlari joylashgan. Telpakfurushon toqi savdo gumbazi o’zining me‘moriy yechimi jihatidan boshqa savdo gumbazlari va umuman gumbazli binolar ichida ajralib turadi. Uning markaziy gumbazi 6 ta pilpoyaga o’rnatilgan. Gumbaz va mahrut orasi pastak dumaloq ustivor shakliga ega. Gumbaz markazi va mahrut devorlaridan yorug’lik tushadigan maxsus tuynuklar ishlangan. Toqi Telpakfurushonning shimoliy yo’lagida balxi gumbazlari, ichkariroqda to’rt katta ravoqqa engashtirilgan kichik ravoqchalarga qurilgan gumbaz, gajak qanosli va ustivorli gumbaz singari turli konstruksiyalar qo’llanilgan. Undan janubiy sharqqa va janubiy g’arbga qarata qo’sh ravoqli ikki kirgash yo’li va xuddi shu tarzdagi uch tomonga qaratilgan peshtoqlar ishlangan Yana bir savdo gumbazi bu oldingi ikkitasidan janubiy sharqroq tomonda joylashgan (Buxoroda 1-"kumpul" ya‘ni ruscha "kupol" ya‘ni 1-gumbaz deyishadi) Toqi Sarrofon (ya‘ni pul almashtiruvchilar) gumbazidir. Bu savdo gumbazi oldingi ikkitasidan kichikroq bo’lib, uning asosini "linga zarba" 1243678 usulida o’zaro kesishgan to’rt katta toq tepasidagi dumaloq ustivorga o’rnatilgan ancha tik ko’rinishli gumbaz tashkil etadi. Gumbaz yuqorisida sakkizta kichikroq pilpoyalar ustyga yana bir kichik gumbazcha o’rnatilgan. Binoning shimoli-g’arbiy burchagidan uning yonidan oqib o’tuvchi Shohrud arig’iga zinapoyali tushish yo’lagi o’rnatilgan1. Buxoro arki, savdo gumbazlari bozor va rastalarga tutash markaziy ko’chalar yo’nalishlarini belgilab bergan bo’lsa, shaharning umumiy qiyofasini uning me‘moriy ansambllarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shulardan ansambl sifatida xonlik davrida ilk shakl-langa Poyi Minor ansamblidir. Bu ansambl 1127 yilda qurilgan mashhur Minorai Kalonning ikki yon tomonida mavjud bo’lgan oldingi binolar o’rniga qaytadan 1514 yilda bunyod etilgan Masjidi Kalon (Katta masjid) va 1530—1536 yillarda qad ko’targan Madrasai Miri Arab inshootlaridan iborat2. Masjidi Kalon jom‘e masjidi sifatida IX asrdan mavjud poydevor ustiga qaytadan qurilgan bo’lib tomonlari 127x78 m dan iborat. Bu yerda bir vaqtning o‗zida 12,mingga qadar odam namoz o’qishi mumkin bo’lgan. Binoning bosh peshtoqi sharqqa qaratib qurilgan. Darvozaxona esa to’rt toqga mingashtirilgan "linga zarba" uslubidagi yana to’rtta yarim toqli sakkizburchak ustiga o’rnatilgan har ichki qirrasi yarim toq shaklida ishlangan sakkiz yoqli gumbaz bilan juda ham go’zal tarzda yopilgan. Katta peshtoqning orqa tomonida hovliga qarata yana bir peshtoq ishlangan. Bu usul madrasalar va jom‘e masjidlariga xosdir. Hovlining to’rida peshtoqli moviy go’mbaz bilan yopilgan maqsura bor. To’rtburchak hovli yon tomonlari to’rt qatorli, old va to’r qismi 5 qatorli yo’lak tashkil etuvchi g’ishtin ustunli ayvonlardan iborat. Hovli gir atrofi toqlar bilan o’rab olingan bo’lib ikki yon tomoni markazlarida ham ikki kichikroq peshtoqlar bor. Ayvonlar yopma- sidagi 288 gumbazchani 208 g’ishtli ustunlar ko’tarib turibdi. Hovlining maqsuraga yaqinroq qismida usti gumbazcha bilan yopilgan sakkiz darchali chortoq tipidagi mezana qad ko’tarib turibdi. Mehrob, gumbaz ustivori maqsura va kirish peshtoqlarida koshin- korlik, koshinburush va parchin ishlangan. Hovli va dargoh tarz- larida silliqlangan pishiq g’isht oralariga ko’k, moviy, oq rangli koshinlar qo’shib terilgan. Masjidi Kalon ro’parasida sal balandroq ko’tarilgan sun‘iy sahnlikda turgan Mir Arab madrasasi an‘anaviy me‘moriy usul asosida qurilgan. Hashamdor bosh peshtoq, tashqarida ikki burchakda ikki guldasta, peshtoq va guldastalar oralig’ida baland dumaloq ustivor (baraban)larga o’rnatilgan ikki feruza gumbaz. O’ng tomon-dagi gumbaz ostidagi xona bugungi kunda ham masjid vazifasini o’taydi. Darsxona vazifasini bajarishi lozim bo’lgan chap tomondagi bo’lmasida esa Ubaydulloxon hamda madrasa bunyodkori Abdulla Yamaniy o’z yaqinlari bilan ko’milgan. Hujralar bosh peshtoq tomonidagi ko’chaga (Masjidi Kalonga) hamda hovlining to’rt tomoniga qaratib ikki qator qilib qurilgan. Hovli burchaklari hujra ravoqlari bilan chegaralangan va to’rt devorning o’rtasida chuqur ravoqli to’rtta peshtoq ishlangan. Hovlidagi ayvonning yuqori qismida panjara bo’lgan. Bino pardozida koshinkorlik va koshin-burush ishlatilgan. Mir Arab madrasasi 1520-1536 yillarda Mir arab nomi bilan tanilgan. Mir Arab madrasasining peshtoqi Masjidi Kalonning portali bilan yagona o’qda joylashgan. Rejalashtirilgan madrasa qurilishi uchun an‘anaviy hajm rejaviy yechim qabul qilingan. Fasadning o’rtasida birinchi bo’lib ko’zga tashlanadigan yirik peshtoq joylashtirilgan. Bosh fasad burchaklarida vazmin kichik minora – ―guldasta‖ tiklangan. Ba‘zi bir yechimlar bo’yicha masjid loyihasi mumtoz yechimlardan farq qiladi. Kiraverishda o’ng qo’lda darsxona, chap qo’lda go’rxona joylashgan. 1.2 XVII asr boshlaridagi me’morlikda shayboniylar davridagi yutuqlarning davom ettirilishi Boshqa madrasalardan yana farqi shundaki, bu madrasadagi yashash xonalarining rejasi birmuncha takomillashgan. Hujralar gumbazi dahliz va xonalardan tashkil topgan. Madrasaning arxitekuraviy bezagi Samraqandda bunyod etilgan so’nggi inshootlarning jilosiga mos keladi. Fasadda o’ymakorlik mozaikaning terilishi, ornamentlarga mayin, rango- rang bezak berilishi, yozuvlarning ko’pligi o’z tabiatiga ko’ra seljilo tasvir yaratadi. Me‘morchilik va shaharsozlikda Mir Arab madrasasini Masjidi Kalon va Minorai Kalondan alohida holda tasavvur qilib bo’lmaydi1. Qo’sh madrasa nomi bilan mashhur bo’lgan ansambl Modari Xon va Abdullaxon madrasalaridan iborat. 1566—1567 va 1588—1590 yillarda qurilgan bu ikki madrasa ham bir-biroviga qarata solingan. Modari Xon madrasasi sodda ko’rinishga ega bo’lsa, Abdullaxon madrasasi nihoyatda murakkab bog‗langan xonalar turkumidan iborat. Modari Xon madrasasining oldingi tomoni bino tarziga Buxoro madrasasozligi an‘analariga xos ravoqchalar chiqarilgan. Peshtoq orti qismi Buxoro va G’ijduvondagi Ulug’bek madrasalari yechimiga o’xshab ketadi. Bosh peshtoq orqasi va unga qaratilgan hovli to’rida peshtoqli ikki ayvon bor. Yon tomonlarda esa ayvon ham, peshtoq xam yo’q. Binoning umumiy tarhi trapesiya ko’rinishida, o’ng va chap tomonida qishki darsxona va masjid bor. Burchaklarga guldasta, tashqi izora va sharafalarda qisman chiziqli koshinpardozlik va koshinburushlik ishlatilgan. Modari Xon madrasasining qarshisida, ko’chaning g’arbiy betida Abdullaxon madrasasi qurilgan. Bu madrasa o’zining tarhi, huj-ralarining yechimi va yana bir qator me‘moriy yechimlari bilan o’sha davr me‘morchilik san‘atining ba‘zi mutaxassislarning fikriga ko’ra zaiflashganligidan emas, balki o’ziga xos yangi pog’onaga ko’tarilganligidan dalolat beradi. Bino tarhiga nazar solsangiz, uning g’ayrian‘anaviyligi diqqatni tortadi. Chunonchi to’rtburchak hovliga to’rtta an‘anaviy ayvon chiqarilgan va madrasaning to’ridagi xonalar usti gumbaz bilan yopilgan berk hovlicha atrofini o’rab turibdi. Xonalarning bu guruhi orqa devor tomonidan bo’rtib chiqqan. Shuningdek, shimoliy tomonda ham yozgi darsxona ortidagi bir necha xonalar yon devor chizig’idan bo’rtib chiqqan. Madrasaning janubiy devori ham to’g’ri chiziqli bo’lmay, balki tirsaksimon 1 siniqliklarga ega. Abdullaxon madrasasining bosh peshtoqi ham ikki guldasta bilan chegaralangan. Ular orasida ko’chaga qaratilgan hujralar joylashgan. Ikki orqadagi chekka burchak va shimoliy bo’rtma ortida jami yana uchta dumaloq burj bor. Bino old tomoni g’isht va koshinlar bilan silliqlangan, peshtoq va ravoq bag’allari hamda darsxonasi parchin bilan pardozlangan. Madrasa darvozasi o’n burchakli girih asosidagi beshyulduzli panjaralar orasiga joylashtirilgan islimiy o’ymakori turunjlardan yig’ib chiqilgan. Bu madrasaning darvozasidagi o’yma-korlik Buxorodagi Ko’kaldosh madrasasining darvozasi bilan aynan bir xilligi ularning yagona usta tarafidan bajarilganligidan dalolat beradi. Shayboniylar davri memorligi ikki bosqichda o’rganish mumkin. Bulardan birinchisi XU1 asrning 60- yillargacha bo’lgan davrni O’Z ichiga oladi. Bu yillarda temuriylar davri me‘morligi uslubi davom etib, uning yangi yo’llarini topishga harakat qilindi. Shayboniylar davlatining poytaxti Buxoro shahrida katta qurilishlar olib borildi. Shaharni ta‘mirlash ishlari kengaytirildi uning mudofaa devorlari yanada mustaxkamlandi. Shaharning shoh ko’chalarida mahobatli jamoat binolari barpo etildi. Bu qurilishlarda, ularni bezash ishlarida Mavorounnaxr, Xirot, Balx ustalari ishtirok etdilar.І530-І536 yillarda Mir arab madrasasi, 1531-32 yili Toshkentda Shayboniylar avlodidan bo’lgan Abulxayrxon va Ulug’bekning Robiya Sulton ismli qizidan tug’ulgan Suyunijxon maqbarasi qad ko’tardi. Suyunchxo’ja Toshkentda 1524 yili vafot etganidan keyin bu maqbara qurilgan edi. Bu qurilgan binolarning tashqi va ichki xonalari bezakka boy, oltin xal suvi shu bezak ko’riini alohida joziba bergan. Shu davrda Toshkentdagi Xazrati imom me‘moriy majmuasiga asos solindi, Al Bakr Kafali Shoshiy (1541-42) majmualari barpo etildi1. Xonlik memorligining ikkinchi bosqichi XVI asrning 60-90 yillarga to’g’ri keladi. Abdullaxon P boshqargan bu davrda Buxoro va undan tashqarida ham katta qurilishlar olib borildi, mavjudlari ta‘mirlanib yirik majmualarga aylantirildi2. Shu davrda Buxoroda Poi Kalon Jome masjidi, Madarixon(1566-67) va Abdullaxon(1588-90), Ko’kaldosh(1557-98) madrasalari, Labi xovuz me‘moriy majmuasi vujudga keldi. Shu yillarda Buxorodan tashqarida ham shunday majmualari yaratildi. Jumladan Toshkentda Ko’kaldosh madrasasi qad ko’tardi. Uni Toshkent xokimi Ko’kaldosh qurdirgan edi. Xuddi shu nomdagi Buxorodagi Ko’kaldosh madrasasini esa Abdullaxon P ning sarkardasi Qulbobo Ko’kaldosh qurdirgan). Chor Bakr me‘moriy majmuasi(1559) ham davrning yirik qurilmalaridandir. Abdullaxon P mablag’iga bu yerda xonakoh, masjit va madrasalar barpo etilgan. Qurilmalar obodonlashtirilib atrofi chorbog’ga aylantirilgan. Shu davrda katta suv inshoatlari, usti berk rastalar - timlar barpo etildi. Abdullaxon bandi shunday inshoatlarddan bo’lgan. To’g’on va suv omborini tashkil etgan bu Abdullaxon bandi shu yillar qishloq xo’jaligi ishlarini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan bo’lgan. Buxoroda bizgacha saqlangan Abdullaxon tomonidan barpo etilgan tim ham davr me‘morligidagi jarayonlarni - mayishiy hayot bilan bog’liq qurilmalarni barpo etilganligini ko’rsatadi. Ko’p gumbazli qilib qurilgan tim rastalari ravoqli yo’laklar bilan bir biri bilan bog’langan. Bu davr yodgorliklaridan yana biri sardobalar, ya‘ni usti berk suv xovuzlar bo’lib ularning ustiga katta gumbazlar ishlangan. 16 asrning 80 – yillarida barpo etilgan Abdullaxon madrasasi davrning yangi yo’nalishi qo’sh madrasa qurish jarayonini yorqin namoyon etadi. Bir biriga qaratilib qurilgan me‘moriy majmualarning namunasi xisoblanadi. Bu madrasa Modarixon madrasasiga qarama qarshi peshtoqlari bir biriga qaratib qurilgan. Ular birgalikda yagona yirik me‘moriy majmuani tashkil etgan. Shu davrda Toshkentdaga Xazrati imom me‘moriy majmuasi yanada kengaytirilib qo’sh madrasa uslubida madrasa va maqbaralar barpo etildi, ayvonlar qurilib xovuz va ko’kalamzo ko’kalamzorlashtirish ishlariga e‘tibor berildi Shayboniyxon vafotdan keyin parchalana boshlangan katta saltanat yangi Ashtarxoniylar sulolasiga yo’l ochib berdi. Ashgarxoniylar sulolasi 1601 yildan 1753 yilgacha hukmdronlik kildi. Bu davr me‘morligida avvalgi yillarda mavjud bo’lgan me‘morlik an‘analari davom etdi. Me‘morlar bu an‘analarni boyitib ravoq va gumbaz imkoniyatlaridan foydalanib bir biri bilan kesishadigan yo’lak va katta zallar yaratishga hamda muqarnasli o’ymakorlik san‘atini rivojlantirishlarida namoyon bo’ldi. Shaharsozlikning yana bir o’ziga xosligi avvalgi asrda boshlangan yirik me‘moriy majmualarni yaratish borasidagi jarayonlar yanada rivojlantirdilar. Shu asrda Buxoroda Poyi Kalon, Labi xovuz, Samarqandda Registon me‘moriy majmuasi o’zining tugal ko’rinishini oldi. Buxoro, Shaxrisabzda gumbaz-ravoqli yopiq bozorlar kengaytirildi. Bu davrga kelib me‘morlik san‘atida bezakka yana e‘tibor orta boshladi. 16 asr ikinchi yarmidan susaya boshlagan bu san‘at yana jonlandi. Interer bezagida kundal uslubi(texnikasida)ishlangan naqshlar, yog’och o’ymakorligida ishlangan eshik va panjaralar, sergul namoyonlar davr me‘morligini ajratib turadi va qaytarilmas jozibasi bilan kishiga quvonch bag’ishlaydi. Bu davrda Buxoroda katta qurilishlar davom etdi. Shunday yodgorliklardan biri І652 yili barpo etilgan Abdulazizxon madrasasi hisoblanadi. Nisbatlari nihoyatda go’zal, oltin xalli koshinlari yozuv, naqsh va rasmlar uyg’unligida ajoyib manzara xosil qiladi. Madrasaning tashqi peshtoq bezagi naqsh va afsonaviy jonivorlar tasviri bilan bezatilgan. Madrasaning ichki xonalari ham e‘tiborli. Bu yodgorlik gumbazi bezagida ganch muqarnaslar, devorlarida gulga to’la guldonni aks ettiruvchi panolar o’z aksini topgan. Peshtokning ikkinchi qavatidagi bezagi ham harakterli. Unda kuyoshga uchib borayotgan keng yoyilgan qanotli ikki qush tasviri ishlangan. 1630 yillarda Nodir Muhammad Devonbegi qurdirgan madrasa ham bezakka boy. Uning peshtoqiga ishlangan afsonaviy qushlar tasviri ham uni boshqa madrasalardan ajratib turadi. XVII asrda qurib bitkazilgan Buxorodagi noyoob va yirik me‘moriy ansabllardan biri Labi hovuzdir. Ansambl tarkibiga kiruvchi Ko’kaldosh madrasasi 1568-69 yillarda, Devonbegi xonaqosi 1622 yilda qurib bitkazilgan. Me‘moriy ansablning markaziy elementini Labi hovuz tashkil etadi. Hovuzning eni 36m, bo’yi 45,5 chuqurligi 5 m. Hovuz devorlari sinchlar bilan mustahkamlanib, shag’al va tuproq bilan toldirilganva shibbalangan. Marmardan nishablar ishlangan. Hovuzning o’zini ansamblni birlashtiruvchi elementi sifatida barpo etilishi Markaziy Osiyo shahar arxitekturasining yutug’i. Ansamblning shimoli sharq tomonida Ko’kaldosh madrasasi barpo etilgan. 1 2-bob. XVI asrning ikkinchi yarmidagi me’morlikning xususiyatlari Download 104.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling