Bog‘bon bobo unga der:
Qarab toymaysan boqqa,
— Eshitgin ey, jon bolam!
Mevalari to ‘kin-mo’l.
К о‘chat ekkan to ‘kib ter
Sendek o'g'il-qizlarni
Mening ham marhum bobom.
Ко ‘rib ко ‘nglim bo ‘lar shod.
O ‘sha nihol quchoqqa
Ekaman tok, behilar,
Sig'mas endi, mana k o ‘r
Mendan qolsin yaxshi ot.
Chol tilidan aytilgan bunday o‘g‘it-nasihat bolani yaxshi, xayrli ishga
da’vat etmay qolmaydi. Shoirning «Buvimning deganlari», «Maktabga
ketaturib...», «Jo‘jam, yurma laqillab» kabi qator she’rlarida bolaning
mehnatga, foydali ishga bel bog'lashi zarurligi uqtirilsa, «Bog‘chadagi
bog'cham» kabi bir turkum she’rlarida kichkintoylarda mehnat zavqi to‘lib-
toshganini shunday lavhalarda tasvirlaydi:
Hovuzchadan zing'illab,
Shaftoliga quydim suv,
Suvni tashib bog'chamga.
Tupini sal silkitsang,
Quydim bultur о ‘tqazgan
Pishganlari tushar duv.
Qandak o ‘rik, olchamga.
Har ko'ksulton zoldirdek.
Undan keyin oq, luchchak
Rang keltirib yetilar.
Shoxlar otib hammasi
Bola psixikasi, ruhiga monand tugal voqeiy badia shaklida yozilgan bu kichik she’r yugurib-yelib ishlagan kichik bog’bonning mehnat samarasini ham ko’rsatadi-qo'yadi. Bunday tugal, ravon misralardan kichik kitobxon murod hosil qiladi.
Oz va mazmunli umr ko’rgan Qudrat Hikmat bolalarga bag’ishlab yigirmadan ziyod kitob yozdi. U tamomila yosh kitobxon ishonchini oqlab, kishilar hurmatini qozondi. Buning evaziga u munosib taqdirlanib el nazariga tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |