Kurs ishi mavzu: tolerantlik sharq mutafakkirlari talqinida bajardi


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 156.74 Kb.
bet2/9
Sana28.02.2023
Hajmi156.74 Kb.
#1238044
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti

Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Tolerantlikni zamonaviy tushunish va anglash jarayonlari XX asrning sо’nggi choragidan boshlangan. 1995-yili 16-noyabrda Parij shahrida YUNESKO tashkilotining yigirma sakkizinchi Sessiyasida 185 ta dunyo davlatlari ishtirokida “Tolerantlik tamoyillari Deklaratsiyasi imzolandi. Ushbu deklaratsiya YUNESKO tashkilotining Bosh Assambleyasi konferensiyasining 5. 61 Rezolyusiyasi bilan tasdiqlandi. Mazkur hujjat tolerantlikni dunyo rangba-rangligi asosidagi erkinlik huquqi sifatida baholaydi. Shu davrdan boshlab 16-noyabrni dunyo miqyosida tolerantlik kuni sifatida nishonlash an’anaga aylandi.
Ma’lumki hozirgi davr turli mafkuraviy ziddiyatlarning kuchayishi va keskinlashishi bilan xarakterlanadi. Ular sirasida diniy aqidaparastlik, diniy riyokorlik, “soxta demokratiyalar”, “rangli inqiloblar”, “preventiv revolyusiyalar” kabi mafkuraviy tazyiq va zamonaviy mafkuraviy tahdidlar sog’lom tafakkur, davlat va millat ozodligini muhofazalashga qaratilgan, milliy manfaatlar asosiga qurilgan g’oyalarni shakllantirishga bo’lgan ehtiyojni kuchaytiradi.
Shu jihatdan Prezident I. A. Karimovning “О’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida ilgari surilgan ozodlik, mustaqillik, bugungi tinch osuda hayot о’z –о’zidan kelmagani ularning barchasi tinimsiz kurashlar, qiyinchilik va yo’qotishlar, uyqusiz tunlar, izlanish va yaratishlar, ba’zan o’ta iztirobli, ba’zida quvonchli intilishlar mahsuli ekanligini yoshlarga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. 2
Mustaqillik yillarida tolerantlik tushunchasi mazmunini ilmiy-nazariy jihatdan o’rganish, yoshlar tafakkurida tolerantlik tafakkurini shakllantirishga doir ilmiy tadqiqotlarga keng e’tibor berila boshlandi. Aynan mustaqillik yillarida tolerantlikning falsafiy-ma’naviy qirralarini tadqiq etish borasida ma’lum yutuqlarga erishildi. Chunki Sobiq Ittifoq sharoitida diniy e’tiqodni inkor etish mafkurasi hukmronligi bois tolerantlik tushunchasi yot g’oyalar tarkibidan o’rin olgan bo’lib, mustaqillik ana shu xato holatning to’g’rilanishiga, uning ilmiy idrok etish jarayoniga qaytishiga imkon yaratdi. Tolerantlik ijtimoiy-siyosiy va falsafiy tushuncha sifatida mafkuraviy jarayonlarga yangitdan kirib keldi. Tolerantlik tafakkuri ko’p qirrali jarayon bo’lib, uning turli yo’nalishlari asosida ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish faoliyati boshlandi.
Tolerantlik ilmiy-nazariy jihatdan yaxlitlikda va maxsus holda pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinmagan bo’lsa-da, “komil inson” tarbiyasi, yoshlarni ma’naviy barkamol etib shakllantirish, bu jarayonda diniy bag’rikenglikning ahamiyati, ma’rifatparvarlik, jadidchilik harakatlari doirasida talqin qilingan bag’rikenglik, bag’rikenglik va milliy o’zlikni anglash, bag’rikenglikni tarbiyalashning turli pedagogik xususiyatlari kabi masalalar faylasuf va pedagog olimlar M. Imomnazarov, Q. Nazarov, O. Musurmonova, S. Nishonova, M. Quronov, SH. Qurbonov, I. G. Karimova, G. R. Akramova, G. N. Navro’zova, N. Ortiqov kabi pedagog olimlar tomonidan umumiy mavzular doirasida izohlanadi. Xususan, tolerantlikning ijtimoiy-siyosiy voqelikdagi zaruriyati, uning o’ziga xos xususiyatlari M. Sharifxo’jayev, M. Radjabova, Z. Qodirova, Z. Munavvarov, Z. Husnutdinov, D. Alimova, H. Boboyev, E. Karimov, A. Zakurlayev, A. Tiksanov kabilar tomonidan umumiy tarzda o’rganilgan. Ko’pchilik tadqiqotlarda bag’rikenglik ijtimoiy-falsafiy sintegma sifatida ta’kidlanadi, biroq uning ichki mohiyati hanuz yaxlit tarzda o’rganilmadi. Shu bilan birga tolerantlikning mazmuni, uni shakllantirishning xususiy jihatlari borasidagi pedagogik tadqiqotlar kamchilikni tashkil qiladi3.
So’nggi yillarda tolerantlik tushunchasining falsafiy, ijtimoiy va pedagogik jihatlari rus olimlari tomonidan ancha keng ishlandi. A. G. Asmolov, A. A. Bodalev, R. R. Valitova, G. D. Dmitriyev, M. S. Mirimanova, D. V. Zinovyev, B. 3. Vulfov va boshqalar tomonidan tolerantlik falsafiy-ma’naviy tushuncha, shaxs shakllanishining zaruriy elementi, jamiyatdagi ijtiomiy-siyosiy ziddiyatlar tizimidagi yashash uslubi tariqasida chuqur tahlil etiladi. Tolerantlikni shakllantirishning boshlang’ich va o’rta ta’lim bosqichlari uchun yangi pedagogik texnologiyalari ishlab chiqiladi.
Chet el olimlaridan Riyerdon Betti E. , T. Adorno, M. Xorkeymer, J. Ellport, S. Mendus, S. Heller, J. A. Havrins kabilar tolerantlik tushunchasining nazariy asoslari, ilmiy-semantik mazmuni, uni tarbiyalashning huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy qirralari, tolerantlik va zamonaviy jamiyat ziddiyatlari masalalarini o’rganadilar.
B. J. Umarov “Ma’naviy – ma’rifiy faoliyat jarayonida bolalarda mustaqillik tafakkurini shakllantirish pedagogik asoslari”, M. Turdiyeva esa “Oliy ta’lim muassasalari bolalarida pedagogik–tafakkurini shakllantirish bo’yicha tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Download 156.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling