Kurs ishi mavzu: Turkiyada erkin iqtisodiy hududlarni barpo etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
Download 465.44 Kb.
|
Ikromjonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Kompleks VI. Xalqaro
Ikkinchi guruhga sanoat ishlab chiqarish EIHlari kiradi va ularning bir qancha turlari mavjud. Bu guruh EIHlarini eksport va importga ixtisoslashgan ikki bo’limga ajratish mumkin. Ulardan birinchisi tashqi bozorda, ikkinchisi esa ichki bozorda faoliyat yuritadi. Eksport–ishlab chiqarish hududlari ancha ko’p bo’lganligi uchun ular EIH ikkinchi guruhining asosiy qismini tashkil qiladi. ESHlaridan farqli ravishda eksport-ishlab chiqarish hududlari birinchi o’rinda mamlakatning eksport salohiyatini va mos ravishda valyuta tushumlarini oshirishga mo’ljallangan. Bunday hududga misol sifatida Irlandiyada tashkil qilingan Shennon eksport-ishlab chiqarish hududini keltirish mumkin. Uchinchi guruhni ilmiy-texnologik (texnik-joriy etish) MIHlar tashkil etib, ularda milliy va chet el loyiha, izlanish, ilmiy-ishlab chiqarish, shuningdek, yagona soliq va moliya tizimi imtiyozlaridan yagona foydalanadigan firmalar mujassam etadi. Bunday MIHlarning vazifasi yangi texnologiyalarni mahalliy amaliyotga kiritish va ishlab chiqishdan iborat. Ular innovatsion va ilmiy markazlar, ilmiy, izlanish parklari, texnoparklar xususiyatlariga ega. Bunday hududlar dastlab AQShda 70-yillarda paydo bo’lgan. Misol uchun, Santa – Klara shahri yaqinida joylashgan Silikon Vodiysi AQShning eng yirik ilmiy-texnologik hududi hisoblanib, bu hududda butun dunyoda ishlab chiqariladigan kompyuter va kompyuter qurilmalarining 20% ishlab chiqariladi.7 To’rtinchi guruh xizmat MIHlaridan iborat bo’lib, asosan moliyaviy, shuningdek, boshqa turli xildagi xizmatlar ko’rsatishga ixtisoslashgan firma va tashkilotlarga imtiyozli sharoitlar yaratib beradi. Ular orasida offshor hududlar, moliyaviy markazlar, bank, turistik va boshqa xizmatlarni ko’rsatish markazlari farqlanadi. Bunday hududlarga misol sifatida Panama, Beliz, Gibraltar va Singapurda joylashgan offshore hududlarni keltirishimiz mumkin. Beshinchi guruhni kompleks MIHlar tashkil etadi. Ular tor ixtisoslashuvga ega emas, eksport-import, ishlab chiqarish va innovatsion faoliyatning turli tomonlarini qamrab oladi, shuning uchun ularning ichki tizimi hammasidan ko’ra murakkabroq. Qoida bo’yicha kompleks MIHlar maydoni bo’yicha ham boshqalaridan yirik. Ular butun bir tuman, ma’muriy viloyat, ba’zi hollarda esa bundan ham katta mintaqa hududlarini egallashi mumkin. Braziliyada tashkil etilgan “Manaus” kompleks MIH bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bu hudud 1967-yilda tashkil qilingan bo’lib, 13 mlrd.dan ortiq investitsiyalarni jalb qilgani holda, ishlab chiqarishning 30 dan ortiq turlari, 600 dan ortiq korxonalarni va 80 mingdan ortiq ishchilarni o’zida mujassam etadi. Nihoyat, oltinchi guruhga xalqaro EIHlarni kiritish mumkin. Bu guruh nisbatan yaqinda paydo bo’lgan. Bunday hududlar ikki va undan ortiq mamlakatlar chegaralarida joylashgan tumanlarda xususiy firmalar, shuningdek, mamlakatlar ishtirokida tashkil etiladi. Xalqaro EIHning yorqin misoli sifatida Rossiya, Xitoy, KXDR chegaralarida joylashgan Tumangan hududini ko’rsatsa bo’ladi. Tumangan loyihasida Tumangan (Tumintszyan) daryo irmog’ida yangi port shaharga ega bo’lgan, maydoni 1000 km2 ga teng maxsus xalqaro iqtisodiy hududni tashkil etish ko’zda tutiladi. Bu loyiha Xitoy uchun yangi ish o’rinlarini yaratish hamda Yapon dengiziga chiqish imkonini beradi. Bu hudud yopiq iqtisodiyoti bilan ma’lum bo’lgan KXDRga ko’p tomonlama bitimlarda ishtirok etish imkonini beradi. Rossiya bunda ilmiy mahsulot va xizmatlar sohasida Osiyo-Tinch okeani hududidagi mamlakatlar bilan o’z iqtisodiy aloqalarini chuqurlashtirishi mumkin. Shuni qo’shimcha qilish kerakki, eksport-iqtisodiy hududlarni sinflarga bo’lishda mualliflar ularni ketma-ket avlod sifatida ajratishga harakat qilishdi. Odatda, birinchi avlodga ESHlarini, ikkinchi avlodga – eksport-ishlab chiqarish hududlarini, uchinchi avlodga texnik-innovatsion va xizmat hududlari kiradi. To’rtinchi avlod MIHga taalluqli dastlabki g’oyalar ham paydo bo’lgan. MIHda korxonalar yoki umuman soliqdan ozod qilingan, yoki turli soliq imtiyozlari kafolatlangan bo’ladi. Undan tashqari, korxonalarning ro’yhatdan o’tkazilishi osonlashtiriladi.8 Ba’zi olimlarning fikricha MIHlar nafaqat gorizontal (ya’ni hududiy), balki vertikal (ya’ni tarmoqli) faoliyat ko’rsatadi. Birinchi holda MIH cheklangan maydonga ega bo’ladi, ammo shuni ham qayd etish lozimki, ba’zan butun mamlakat MIHga aylanishi mumkin. Download 465.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling