Kurs ishi mavzu: Turkiyada erkin iqtisodiy hududlarni barpo etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari


Download 465.44 Kb.
bet4/21
Sana19.06.2023
Hajmi465.44 Kb.
#1626389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Ikromjonov

1.1.1 jadval
Erkin iqtisodiy hududlar o’sishi (dunyo bo’yicha)3



1970

30 ta mamlakat
80 ta erkin iqtisodiy hududlar
Umumiy export: 6 mlrd $
Bandlik: 1 million


2016

135 ta mamlakat
3000 dan ortiq EIH lar
Umumiy export: 500 mlrd $
Bandlik: 70 million

Hozirgi kunda turli mutaxassislar va olimlar EIHlarni turlicha talqin qilishadi. “Erkin iqtisodiy hududlar” monografiyasi4 mualliflarining fikricha “Erkin iqtisodiy hududlar – cheklangan hududlar, shaharlar, dengiz va aviatsion portlar bo’lib, ularda tashqi savdo, umumiqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik va ilmiy-texnologik masalalari yechimiga ko’maklashadigan, milliy va xorijiy tadbirkorlar uchun maxsus imtiyozli iqtisodiy sharoitlar amal qiladi ”.
Jahon amaliyotida EIHlar tashkil qilishning ikkita yo’li mavjud. Birinchisi – “hududiy yondashuv”, ya’ni EIH muayyan imtiyozli tartib joriy qilingan aniq hudud sifatida qaraladi. Ikkinchi yondashuv – “tizimli”: EIH muayyan shartlarga amal qilgan holda muayyan imtiyozlar taqdim etilgan aniq majmuaviy korxona sifatida qaraladi.
EIHlar qaysi hududda tashkil etilgan bo’lsa, o’sha davlatning milliy iqtisodiyotiga bog’liqlik darajasiga va chegaralarining rasmiylashtirilishiga ko’ra anklav va integratsion turlarga bo’linadi. Anklav EIHlar mamlakat hududida, ammo foliyat jihatidan undan tamomila alohida (orol, yarimorol, dengiz qirg’oqlari) tashkil etiladi. Anklav hududlar, asosan, yangi industrial davlatlar hamda Markaziy Amerika va Karib havzasining ayrim mamlakatlarida keng joriy etiladi. Integratsion EIHlar milliy va jahon iqtisodiyotiga uzviy ravishda bog’liq bo’lib, ancha erkin rejimda faoliyat yuritadi.Bu tipdagi EIHlar xalqaro geografik mehnat taqsimotida muhim o’rin tutuvchi rivojlangan bozor iqtisodiyoti davlatlari uchun xosdir. Anklav EIHlardan farqli ravishda, bunday EIHlar yarim tayyor mahsulotlar importiga yo’nalmagan bo’lib, mahsulot milliy xom ashyo- materiallar va yarim fabrikatlardan foydalangan holda ishlab chiqariladi. Masalan, Braziliyaning “Manaus” hududida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlarda milliy komponentalarning ulushi 40-90% ni, AQSH tashqi savdo hududlarida esa bu ko’rsatkich 80% ni tashkil etadi5.
BMT va bir qator mamlakatlar ma’lumotlariga ko’ra, jahonda xorijiy va milliy kapitallar uchun turli imtiyozlar yaratilgan hududiy – iqtisodiy tashkiliy tuzilmalarning ko’plab turlari mavjud(1.1.2 jadval).
Bularning barchasi turli xildagi talqinlar uchun keng ko’lam yaratadi: ba’zi mualliflarning fikricha, EIHlarning 25-30 turi mavjud, boshqalari esa 10-15 va undan ham kam turlari bor deyishadi. Biroq har qanday holatda ham ularni turlarga ajratish, bir nechta yaqin turlarini guruhlash juda muhim.
Savdo EIHlari birinchi guruhni tashkil etadi. Bu eng avval paydo bo’lgan EIHlardan biridir(XVI-XVII asrlarda paydo bo’lgan). Unga erkin bojxona hududlari, savdo-saqlash hududlari, erkin portlar, birinchi navbatda esa eng keng tarqalgan ESH (erkin savdo hududlari) kiradi. ESH dengiz portlari yoki aeroportlar hududida yoki bevosita ularga yaqin joylarda tashkil qilinadi.
Ular bojxona eksterritorialligidan foydalanishadi: ularda saqlanayotgan va sotilayotgan mahsulotlar oddiy bojxona tekshiruvidan o’tkazilmaydi. ESHlaridan biri sifatida “Bojdan ozod” (Duty free – boj to’lanmaydigan) magazinlari tilga olinadi. Ular ko’p xalqaro aeroportlarning zaruriy ashyosiga aylangan bojsiz savdo qilish huquqidan foydalanadi.
1.1.2 jadval
Erkin iqtisodiy hududlarning turlari6


Download 465.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling