Kurs ishi mavzu: Turkiyada erkin iqtisodiy hududlarni barpo etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari


EIHlar tashkil etishning ijtimoiy maqsadlari


Download 465.44 Kb.
bet7/21
Sana19.06.2023
Hajmi465.44 Kb.
#1626389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Ikromjonov

EIHlar tashkil etishning ijtimoiy maqsadlari:

  • Yangi ishchi o’rinlarini yaratish va bandlik darajasini oshirish;

  • Xo’jalik va boshqaruvchi kadrlar tayyorlash va ularga jahon tajribasi asosida bilim berish;

  • Milliy bozorni yuqori sifatli tovar va xizmatlar bilan to’ldirish;

  • Aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish;

  • Qoloq hududlarning rivojlanishini jadallashtirish (resurslari cheklangan hududlarning konsentratsiyasi hisobiga).

  1. Ilmiy-texnik maqsadlar:

  • Eng yangi va mahalliy texnologiyalarni ishlab chiqarishda faol qo’llash;

  • Ilmiy-texnik kadrlar, jumladan, chet ellik kadrlarning bir joyda konsentratsiyalashuvi;

  • Ilmiy-texnik markazlarning amaliy va ilmiy izlanish yutuqlaridan foydalanish;

  • Ishlab chiqarish quvvatlarining samaradorligini oshirish.

Amalda erkin iqtisodiy hududlar jahon kapital xo’jaligi miqyosida migratsiya qilib yurgan kapital uchun qopqon hisoblanadi.
Iqtisodiy hududlar murakkab kompleks bo’lgani uchun ularni tashkil etishda va o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishda davlatning aralashuvi muhim omillardan biri hisoblanadi. Xususan, davlat bu chora-tadbirlarni amalga oshirishda iqtisodiy qoidalar, maxsus ma’muriy qonunlar, ma’lum huquqiy va xo’jalik rejimlarini ishlab chiqadi. Shuning bilan birga tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi imtiyozlar beradi. Imtiyozlarni asosan to’rt guruhga ajratish mumkin.

  • Tashqi savdo imtiyozlari. Ularda o’ziga xos bojxona-tarif tizimining amal qilinishi nazarda tutiladi(eksport, import bojlarining kamaytirilishi yoki umuman olib tashlanishi), undan tashqari tashqi savdo operatsiyalarining soddalashtirilgan tartibi qo’llaniladi;

  • Soliq imtiyozlari. Tadbirkorlik faoliyatining aniq turlari bo’yicha soliq rag’batlarini amalga oshirish. Soliq bazasi (foyda, mol-mulk bahosi va boshqalar),soliq bazasining tarkiblari (amortizatsiya ajratmalari, ish haqqi ushlanmalari, transport, ilmiy konstruktrlik ishlari), soliq stavkalari darajasining pasaytirilishi yoki ma’lum vaqt mobaynida soliqlardan to’la ozod qilish kabi imtiyozlar qo’llaniladi;

  • Moliyaviy imtiyozlar. Bu imtiyozlar kommunal xizmatlar uchun to’lovlarni, yerdan va ishlab chiqarish xonalaridan foydalanish ijara to’lovlarini pasaytirish hamda imtiyozli kredit va ssudalarni taqdim etish kabi turli shakldagi subsidiyalarni o’z ichiga oladi;

  • Ma’muriy imtiyozlar. Ro’yhatga olishni soddalashtirish, viza masalalarini tezkorlik bilan hal etish va yana shu kabi turli xil xizmatlar bo’yicha ko’rsatiladigan yengillik va qulayliklarni o’z ichiga oladi.

Lekin ushbu imtiyozlar hamma vaqt ham chet el investitsiyalarini kirib kelishini ta’minlay olmaydi. Bu imtiyozlardan tashqari, siyosiy baraqarorlik, investitsiyalar kafolatlari, infratuzilmaning sifati, ishchi kuchining malakasi, resurslar ta’minoti va boshqa shu kabi omillar ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar mavjudligi sharoitida asosiy e’tibor va hududlr bo’yicha beriladigan imtiyozlarga qaratiladi.
Imtiyozlarni qo’llash natijasida erkin iqtisody hududlardagi foyda me’yori 30-35% ayrim hollarda esa undanda yuqori bo’ladi, misol uchun transmilliy kompaniyalar Osiyo erkin iqtisodiy hududlarida o’rtacha 40 % foyda olishadi. Kapital qo’yilmalarining qoplanish muddati ancha (2-3 marta) kamayadi (erkin iqtisodiy hududlar uchun bu muddat 3-3,5yilni tashkil etadi).
Erkin iqtisodiy hududlarning tashkil etilishi yalpi milliy daromadni ko’paytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. EIHlarni tashkil etilishi bilan eksport qilish qobiliyati o’sadi. Shu bilan bir qatorda EIHlarni tashkil etilishi bir tomondan yalpi milliy daromadning o’sishiga ta’sir ko’rsatsa, ikkinchi tomondan esa bank rezervlarining ko’payishiga ta’sir ko’rsatib, bank multiplikatorining9 bir maromda turishiga olib keladi.


Download 465.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling