Erkin iqtisodiy hududlarni tuzishdan ko’zlangan maqsadlar va ularning davlat tomonidan tartibga solinishi
Erkin iqtisodiy hudularni tashkil etish maqsadlari, u yoki bu mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy , ayrim hollarda esa siyosiy sharoitlardan kelib chiqqa holda xilma-xil bo’ladi:
Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda, erkin iqtisodiy hududlar, odatda, ishsizlik ko’p bo’lgan, infratuzilmasi rivojlanmagan, tushkunlikka tushgan tumanlarda tashkil etiladi. Bunday tumanlarga iqtisodiy hududlar mavqeyini bergan holda, ushbu mamlakatlar hukumati chet el investitsiyalarni jalb etishga urg’u bergan holda, ichki bozorga integratsiyalashgan mavjud ishlab chiqarishlar rivojlanishini maksimal rag’batlantirish, hamda qo’shimcha ishchi o’rinlarini ta’minlash uchun sharoit yaratishga harakat qiladi.
Osiyoning Yangi industrial mamlakatlarida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish siyosati sanoatni rivojlantirish siyosatining bir qismi bo’lib, iqtisodiy o’sishning tarmoq anklavlarini (asosan eksport va ilmiy texnik) yaratishga yo’naltirilgan.
Iqtisodiy rivojlanishi past bo’lgan, rivojlanayotgan mamlakatlarda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishda chet el kapitalini, yetakchi texnologiyalar va boshqaruv tajribasini jalb etish, eksportni rag’batlantirish, uning tuzilmasini yaxshilash, bandlikni oshirish, malakali kadrlarni tayyorlash, yer va xonalarni ijaraga berish, tijorat va boshqa taqdim etishdan qo’shimcha valyuta tushumini olish vazifalarini qo’yiladi.
Shunday bo’lsa-da, quyidagi maqsadlar barcha turdagi mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan maqsadlar sanaladi:
EIHlar tashkil etishning iqtisodiy maqsadlari:
Tashqi savdo va tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish;
Iqtisodiyotga chet el va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish;
Milliy ishlab chiqarishning samaradorligini va raqobatbardoshligini oshirish;
Eksport miqdorini oshirish va import miqdorini mo’tadillashtirish;
Mamlakat budjetiga valyuta oqimini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |