Kurs ishi mavzu: Xomashiyo va oziq-ovqat maxsulotlarining faol va mineral moddalar taxlili bajardi: sat-120 guruh talabasi Abduxalilov Azizbek qabul qildi: SuvonovZiyovuddin samarqand 2023 Reja
Download 327.12 Kb.
|
Azizbek mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- AZOT – N
KISLOROD – O
Kislorodning jonli tabiat uchun ahamiyati beqiyosdir, chunki jonli tabiatni tashkil etuvchi tirik organizmlar, jumladan insonlar ham kislorod bilan nafas oladi. Kis- lorod barcha tirik organizmlar: o‘simlik, hayvon va inson organizmidagi moddalar tarkibiga kiradi. Kislorod tirik mavjudodlarning asosini tashkil qiluvchi moddalar: nuk- lein kislotalar, oqsillar, uglevodlar va yog‘lar tarkibiga ham kiradi. Bu moddalar insonlar oziq ratsionining asosi- ni tashkil qiladi. Masalan, uglevodlar tarkibida 49,35%, yog‘lar tarkibida esa 12% atrofida kislorod bo‘ladi. Kislorod Yer qobig‘ining 47% ini tashkil etadi. Kislorod yerda eng ko‘p tarqalgan element bo‘libyerdagi hayot faoliyati uchun zarur kimyoviy elementlar- dan biri. Bu element nafas olish, yonishda ishlatiladi. Shuningdek jonsiz va jonli tabiat hamda texnikadagi ko‘pgina jarayonlar oddiy modda sifatida kislorod ish- tirokida boradi. Xavfli nurlarni tutib qoluvchi ozon qatlami manba- si ham kisloroddir. Ozon doimiy ravishda stratosfera- da (Yer yuzasidan 23–25 km balandlikdagi havo qatlami) Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida , ninabargli o‘simliklarda esa smolasimon moddalarning oksidlanishi natijasida hosil bo‘lib turadi. Stratosferada 2–4,5 mm li ozon qatlami bo‘lib, u Yerni Quyoshning halokatli radiatsiyasidan (zararli nurlaridan) himoya qiladi. Ozon qatlamining yemirilishi Yerdagi ti- rik hayot uchun o‘ta xavflidir. O‘lgan organizmlarning yemirilishi va chirishida ham kislorod muhim ahamiyatga ega. Fotosintez jarayonini ham kislorodsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Inson tanasining 65% ini kislorod tashkil etadi. Tibbiyotda ishlatiladigan juda ko‘p dori vositalari tarkibida kislorod uchraydi. AZOT – N Azot odam organizmi massasining 3% ga yaqin hissasiga to‘g‘ri keladi. Tabiatda azot erkin holda va birikmalar holida uchraydi. Tirik organizmlarning asosini hosil qiluvchi vita- minlar, aminokislotalar va nitrobirikmalar barchasi- ning tarkibida azot uchraydi. Tirik organizmning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan oqsilda o‘rtacha 16% azot bo‘ladi. Sof azot inertligi sabab- li tibbiyotda o‘pka sili kasalligini pnevmotoraks bilan davolashda inert gaz sifatida ishlatiladi. Gazsimon azotdan beqaror vositalarning in’eksion eritmalarini ishlab chiqarishda ampulalarni to‘ldirish uchun foydalaniladi. Temperaturasi nihoyatda past, hatto 196 gradusdan ham past bo‘lgan suyuq azotdan kosmetik xi- rurgiyada so‘gallarni qattiq muzlatish yo‘li bilan yemirish- da foydalaniladi. Ammiakning eritmalaridan tibbiyotda ancha keng ko‘lamda foydalaniladi. Uning suyultirilgan eritmasi qadimdan novshadil spirti deyilib, hushidan ketganda va alkogoldan mast bo‘lganda hidlatiladi: bunda yurak fao- liyati va nafas markazining reflektorli qo‘zg‘alishi sodir bo‘ladi. Alkogoldan og‘ir zaharlanishda ammiakning kuchsiz eritmasini (yarim stakan suvga 3 tomchi) ichirish ham amalda qo‘llaniladi. Bu eritma balg‘am ko‘chirish xususiyatiga ham ega (novshadil – anis tomchilari). Tirik organizmning asosini tashkil qiluvchi barcha vi- taminlar, oksillar, aminokislotalardan tashqari azot tu- tuvchi vositalar tibbiyotda juda keng foydalaniladi. Ulardan ba’zilari quyidagilardir: Furatsilin (Furacilinum), Vitamin A (Retinolum), Vitamin V1 (T hiamini bromidum), Fenobarbital (Phenobarbitalum), Kokarboksilaza (Cocarboxulasum), Nikotin kislotasi (Acidium nicotinicum), Vitamin D2 Ergokalsiferrol (Ergocalcibinicum). . . Download 327.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling