Kurs ishi mavzu: Xomashiyo va oziq-ovqat maxsulotlarining faol va mineral moddalar taxlili bajardi: sat-120 guruh talabasi Abduxalilov Azizbek qabul qildi: SuvonovZiyovuddin samarqand 2023 Reja


Download 327.12 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi327.12 Kb.
#1832702
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azizbek mustaqil ish

rasim



  1. rasim

3)Mikrobiogen elementlar
MIS Cu
Odam organizmida o‘rta hisobda 75–150 mg mis mavjud. Bu element juda ko‘p organlarda aniqlangan. U jigar, miya, yurak va buyraklarda ko‘p miqdorda mavjud. Eng ko‘p mis (taxminan 50%) mushaklar va suyak to‘qimalarida jamlan- gan. Jigarda jami mis miqdorining 10% i mavjud.
Mis asosan ichaklarning yuqori bo‘limlarida va qisman oshqozonda so‘riladi. Sulfidlar ta’sirida misning so‘rilish davri ancha pasayadi. Sulfidlar mis bilan eri- maydigan tuzlar hosil qiladi.
Ichaklarda o‘zlashtirilgandan so‘ng sivorotkali albu- min bilan bog‘langan mis jigarga tushadi va bu yerda seru- loplazmin oqsili tarkibiga qo‘shiladi. Oqsil misni har xil to‘qimalar va organlarga yetkazuvchi asosiy transport shakli hisoblanadi.
Misning fiziologik roli biologik oksidlanish va ATF generatsiyasi jarayonlarini tartibga solishda, kolla- gen va elastinning muhim birikkan oqsillarini sintez qilishda, temir metobolizmida, hujayraning kislorod- ning faol shakllari, zaharli ta’siridan himoya qilishda ishtirok etishi bilan belgilanadi.
Misga bo‘lgan bir sutkalik ehtiyoj kichik yoshdagi bo- lalar uchun tananing bir kilogramm og‘irligiga taxminan 80 mkg ni, katta yoshdagi bolalar uchun 40 mkg ni va katta- lar uchun 30 mkg ni, sutkasiga 2–3 mg ni tashkil etadi. Bu mikroelementning yetishmasligidan sochning erta oqarishi yuzaga keladi.
Odam organizmida misning ortiqcha bo‘lishi Vilson kasalligini keltirib chiqaradi.
Mis jigarda, dengiz mahsulotlarida, donlarda va duk- kaklilarda, grechka va suli yormasida, yong‘oqlarda ko‘p bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlarida mis juda oz miqdorda uchraydi. Sutli ratsionni uzoq vaqt iste’mol qilish organizmda mis tanqisligiga sabab bo‘lishi mumkin. Qon plazmasi va erit- rotsitlarida mis konsentratsiyasi organizm mazkur modda bilan ta’minlanganligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Bu ko‘rsatkich normada o‘rta hisobda 17,9 mM – l
(114 mkg %ini tashkil etadi).

Download 327.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling