Kurs ishi mavzu: Xomashiyo va oziq-ovqat maxsulotlarining faol va mineral moddalar taxlili bajardi: sat-120 guruh talabasi Abduxalilov Azizbek qabul qildi: SuvonovZiyovuddin samarqand 2023 Reja


Download 327.12 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi327.12 Kb.
#1832702
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azizbek mustaqil ish


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
SERVIS KAFEDRASI,,SERVIS FAKULTETI’’

,,OVQATLANISH MAXSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH TEXNALOGIYASI’’ FANIDAN




KURS ISHI

MAVZU: Xomashiyo va oziq-ovqat maxsulotlarining faol va mineral moddalar taxlili

BAJARDI: SAT-120 GURUH talabasi Abduxalilov Azizbek
QABUL QILDI: SuvonovZiyovuddin

SAMARQAND 2023



Reja:

1) Mineral moddalarning inson organizmi uchun ahamiyati
2) Makrobiogen elementlar
3) Mikrobiogen elementlar
4) Xulosa
5) Foydalanilgan adabiyotlar

Samarqand


Oʻsimlik mahsulotlarida boʻladigan qolgan noorganik (nogem) temir absorbsiya faollashtiruvchilari (aktivator) – askorbat kislotani yoki boshqa organik kislotalarni talab qiladi. Askorbat kislota limon, olma, sut kislotalariga qaraganda koʻproq darajada noorganik temirning soʻrilishiga koʻmaklashib, uni uch valentlidan ikki valentli shaklga oʻtkazadi va bunda yuqori darajada ommabop boʻlgan temir-askorbat majmuasini tashkil etadi. Shu tariqa, tarkibida salmoqli miqdorda temir moddasi boʻlgan mevalar, mevalar va sabzavotlarning koʻpchiligi faqat mahsulotda bir vaqtning oʻzida S vitamini ham mavjud boʻlgan taqdirdagina ushbu mikroelementning ozuqa manbai boʻla oladi. Shuni ham yodda tutish kerakki, oʻsimlik oziq-ovqat mahsulotlariga noratsional pazandalik ishlovi berilganida va saqlash jarayonida askorbat kislota parchalanib ketadi. Aytaylik, olma va noklar hosili yigʻib olinganidan soʻng 3 ... 4 oy oʻtgach, hatto toʻgʻri saqlangan holda ham, ular tarkibidagi S vitamini sezilarli darajada kamayadi (50 ... 70%), demakki, temirning biologik ommabopligi pasayadi. Nogem temir, shuningdek, aralash ratsion tarkibida hayvon mahsulotlari qoʻllanilganida yaxshiroq soʻriladi.
Temirning organizmda oshiqcha sarflanishi homiladorlik, bolani koʻkrak suti bilan emizib boqish, oʻsish va rivojlanish, shuningdek, oshiqcha ksenobiotik zoʻriqishlarda ham kuzatiladi. Temir yoʻqotilishi postgemorragik holatlar, gijja kasalliklari, baʼzi bakteriyalar (H. pylori, E. coli) ning persistensiyalari, saraton kasalliklari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Yod. Bu nometall boʻlgan mikroelement organizm tomonidan oʻsish, rivojlanish, koʻpayish va moddalar almashinuvi uchun masʼul boʻlgan genlar ekspressiyasi hisobiga boshqariluvchi qalqonsimon bezning gormonlari – triyodtironin (T3) va tiroksin (T4) sintezlanishida foydalaniladi. Qalqonsimon bez shunga oʻxshash gormonlar sintezi uchun sutkasiga kamida 60 mkg yodni ushlab qolishi kerak.
Biosferada va mos ravishda oziq-ovqat mahsulotlarida yod tekis taqsimlanmaydi. Yer yuzidagi koʻpgina hududlarda suvida va tuprogʻida yod miqdori oʻta kam boʻlgan joylar mavjud boʻlib, ular “yodtanqis biokimyoviy hududlar” deyiladi. Ularga togʻli (Himolay, Tyan-Shan, And, Kordilyer, Alp, Pireney, Karpat) hududlar, daryo oqimi boʻylab joylashgan va koʻllar atrofidagi pasttekisliklar (Gang, Shimoliy Amerikaning Buyuk koʻllari, Sibirdagi katta daryolarning vodiylari), shuningdek, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Skandinaviya kiradi. Oʻzbekiston ham ana shunday yodtanqis hududlar jumlasiga kiradi.
Bolalarda ovqatlanishdagi yod tanqisligi oqibatida endemik buqoqning aqliy va jismoniy rivojlanishda ortda qolishdan tortib to aqli pastlik (kretinizm) va pakanalikkacha qamrab oluvchi kasallik belgilari majmuasi (simptomokompleks) rivojlanadi. Kattalarda yodtanqisligi holati endemik buqoq, gipoteroidizm va mehnat layoqati pasayishi rivojlanishi bilan ifodalanadi.
Mis. Ushbu element essensial mikroelementlar sirasiga kiradi va eng asosiy metabolik jarayonda ishtirok etadi. Kofaktor sifatida mis ATF sintezi zanjirida elektronlar uzatilishida muhim oʻrin tutadigan sitoxrom-s-oksidaza tarkibiga kiradi. Mis glikoproteid seruloplazmin va superoksiddismutaza fermenti tarkibida hujayralarning antioksidant himoyasida ishtirok etadi. Tarkibida mis boʻlgan monoaminooksidaza adrenalin, noradrenalin, dopamin, serotonin transformatsiyasida eng asosiy oʻrin tutadi.
Misning liziloksidaza tarkibidagi ishtiroki suyak toʻqimalari va biriktiruvchi normal tuzilmalarni shakllantiruvchi kollagen va elastinda molekulalar aro bogʻlanishlar mustaxkamligini taʼminlaydi.
Marganes. U sezilarli ikkiyoqlamalikka ega boʻlgan mikroelementlarga mansub: almashtirilmasligi va potensial zaharliligi bilan birga yana bir qator fiziologik jarayonlarda fermentlarning aktivatori yoki kofaktor sifatida ishtirok etadi.
Asosiy ozuqa manbalari, soʻrilishi va organizmni taʼminlash imkoniyatlari. Marganes oziq-ovqatlarda yetarlicha darajada mavjud boʻladi, shu tufayli ham insonda ushbu elementning cheklangan alimentar tanqisligi deyarli qayd etilmaydi. Uning oʻsimlik mahsulotlarining yeyiladigan qismidagi miqdori 0,5 dan 5 mg oraligʻida boʻladi, hayvon mahsulotlarida esa uning miqdori oʻnlab marta kamroq boʻlib, jigar va buyraklar bundan istisnodir


Download 327.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling