Kurs ishi mavzu: Xomashiyo va oziq-ovqat maxsulotlarining faol va mineral moddalar taxlili bajardi: sat-120 guruh talabasi Abduxalilov Azizbek qabul qildi: SuvonovZiyovuddin samarqand 2023 Reja
Download 327.12 Kb.
|
Azizbek mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiyotda ishlatiladigan, tarkibida kalsiy saq
RASIM Mineral moddalar haqida
2) Makrobogen elementlar KALSIY – Ca Kalsiy so‘zi lotincha Calcis – ohak so‘zidan olingan bo‘lib, tabiiy kalsiy 6 ta izotopdan tarkib topgan: Ca44 2,09%, Ca40 96,94%, Ca42 0,67% , Ca48 0,187% , Ca43 0,135%, Ca46 0,003% Yer po‘stlog‘ida tarqalishi bo‘yicha kalsiy 5- o‘rinda turadi. Massasi jihatdan 3,88%ni tashkil etadi. Kal- siy tabiatda turli silikatlar holida tarqalgan. Ayniqsa uning aparit Ca[Al2Si2O8], diopsid CaMg[Si2O6] kabi bi- rikmalari keng tarqalgan. Kalsiy birikmalari tuproq, suv va tog‘ jinslari tarkibida ham uchraydi. Organizmda kalsiyning fiziologik ahamiyati har xil. U suyak to‘qimasining asosiy mineral komponenti – oksiapatit tarkibiga kiradi. Oksiapatitning mikro- kristallari suyak to‘qimasining qattiq tarkibini vujud- ga keltiradi. Kalsiy ionlari fosfolipidlar, tarki- biy oqsillar va glikoproteidlarning manfiy zaryadli guruhlari o‘rtasida aloqalar o‘rnatib, hujayra membria- nalarini barqarorlashtiradi. To‘qimalar hosil bo‘lishida hujayralarning tartibli adgeziyasi (yopishishi)ni ta’min- lovchi hujayralararo o‘zaro ta’sirlarni amalga oshirishda kalsiy muhim rol o‘ynaydi. Plastik va tarkibiy funksiyalar bilan bir qatorda, kalsiy ko‘pgina fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni amalga oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. U nerv siste- masining normal ta’sirchanligi va mushaklarning torayish qobiliyati uchun zarur bir qancha fermentlar va gormon- larning aktivatori, shuningdek, qon ivish sistemasining muhim komponentidir. Sog‘lom odam organizmida taxminan 1200 g kalsiy mavjud bo‘lib, shulardan 99% suyaklarda, asosan oksiapatitko‘rinishida jamlangan. Suyak to‘qimasining mineral kom- ponenti uzluksiz yangilanish jarayonini boshdan kechiradi. Ushbu jarayonda suyak hujayralarining ikki tipi: osteo- klastlar va osteoblastlar ishtirok etadi. Osteoklast- lar – suyak moddalarning so‘rilishiga va ozod bo‘lgan kal- siy va fosfor qon oqimiga qo‘shilishiga ko‘maklashadi, osteoblastlar – fosfor-kalsiy tuzlari yig‘ilishi, suyak to‘qimasining kalsiylashuvi jarayonlarida ishtirok eta- di. Bunday uzluksiz yangilanish natijasida skelet suyak- larining o‘sishi ro‘y beradi. Bolalarda skelet 1–2 yilda, kattalarda esa 10–12 yilda to‘liq yangilanadi. Binobarin, suyak to‘qimasining mineral komponenti qon plazmasiga qo‘shilib ketgan ionlashgan kalsiy va fosfor bilan dina- mik o‘zaro muvozanatda bo‘ladi. Balog‘at yoshidan o‘tgan odamda bir sutkada suyaklardan 700 mg gacha kalsiy sarf bo‘ladi va yana shuncha miqdorda kalsiy va fosfor deposi ham bo‘lib, organizm undan mazkur elementlar oziq bilan birga yetarli miqdorda tushmagan hollarda ularni olib turadi.Balog‘at yoshidan o‘tgan odamning hujayradan tashqari- dagi suyuqligida va yumshoq to‘qimalarida kalsiy miqdori 10 g dan oshmaydi. Qon plazmasida kalsiy miqdori nor- mada 2,4–2,6mM-l (100 ml ga 9,5–10,5 mg) atrofida bo‘ladi. Ushbu miqdorning taxminan yarmi sivorotka oqsillari, aso- san albumin bilan bog‘liq. Ikkinchi yarmini ultrafiltra- siya qilinuvchi kalsiy tashkil etadi. Ushbu moddaning katta qismini ionlashtirilgan Sa+2, kamroq qismini sitrat, fos- fat va bikarbonatli eruvchi komplekslar tashkil etadi. Zardob albuminlari darajasining pasayishi (masa- lan, oqsil tanqisligida) oqsil bilan bog‘langan kalsiy miqdorining kamayishi bilan birga kechadi, lekin bu biron- bir metobolitik buzilishlarga sabab bo‘lmaydi. Ionlash- gan kalsiy miqdorining o‘zgarishi ancha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘ladi. Uning kamayishi suyak to‘qimasi mineralla- shuvining buzilishiga, raxit va osteomalyatsiyaga, mushaklar tonusining pasayishi va yo‘qolishiga, harakatlantiruvchi neyronlarning o‘ta ta’sirchanligiga va tetanik tirishish- larga sabab bo‘ladi Kalsiyning fosfor kislota tuzlari ko‘rinishida so‘rilishi ingichka ichakda o‘t kislotalar ishtirokida alohida transport mexanizmlari yordamida ro‘y beradi. Ichaklarda kalsiyning absorbsiyasiga organizmning D vitamini bilan ta’minlanganlik darajasi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu vitamin undan buyraklarda vujudga ke- ladigan 1,2,5-dioksixolekalsiferol shaklida, ingichka ichakda kalsiy transport sistemalarining ishonchli fao- liyat ko‘rsatishi uchun zarur. Kalsiyning so‘rilishiga oziq oqsillari, limon kislo- ta va laktoza ko‘maklashadi. Oqsillarning rag‘batlantiruvchi ta’siri ularning gidrolizlanishida ajraladigan amino- kislotalar kalsiy bilan yaxshi eriydigan komplekslarni tarkib toptirishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Limon kislo- taning ta’sir mexanizmi ham shunga o‘xshash. Kalsiy absorbsiyasini qiyinlashtiruvchi va muayyan sharoitda ularning o‘zgarishini buzuvchi omillarga oziqda fitin kislota, noorganik fosfatlar, yog‘ va shovul kislota- lar miqdorining keragidan ortiqligi kiradi. Bu birikma- lar kalsiyni erimaydigan shakllarga bog‘laydi. Boshoqli o‘simliklar – jaydar, bug‘doy, arpa fitin kislotaga juda boy. Uning fosfor bilan 1x1 nisbati kalsiy so‘rilishi uchun optimaldir. Shovul kislota sabzavot va mevalar- da uchraydi va qoida tariqasida kalsiyning so‘rilishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Mol yog‘ini ortiqcha iste’mol qilish xavfliroq bo‘lib, uni hazm qilish jarayonida kalsiyni bog‘lashga, u bilan erimaydigan tuzlarni tarkib toptirishga qodir bo‘lgan to‘yingan yog‘ kislotlarga ajraladi. Shunday qilib, axlat bilan birga kalsiyning ko‘pgina miqdori chiqib ketishi mumkin. Yog‘ so‘rilishi buzilgan (steatoreya) odamlarda oste- malyatsiya rivojlanishi shu bilan izohlanadi. Optimal shartlarga rioya qilinganda oziq kalsiysi ancha to‘liq so‘riladi. Sut va sut mahsulotlari kalsiysi ayniqsa yaxshi o‘zlashtiriladi. Shu bilan bir qatorda kal- siy fosfatlar, laktat, glyukonat, karbonat va uning boshqa tuzlaridan yaxshi o‘zlashtiriladi. Oshqozon-ichak yo‘li va oshqozon osti bezining yallig‘lanish kasalliklari, atrofik gastrit, o‘t kislota- larsekresiyalanish darajasining pastligi, shuningdek, kalsiy almashinuvining tug‘ma buzilishlari kalsiy so‘rilishining buzilishiga sabab bo‘ladi. Kalsiy to‘liq so‘rilishiga qaramay, uning anchagina qismi axlat bchiqib ketadi, chunki ichaklarda nafaqat element absorbsiyasi, balki uning ovqat hazm qiluvchi shiralar bilan sekresiyasi ham ro‘y beradi: bir kun ichi- da balog‘at yoshidan o‘tgan odamning ichaklarida 400 mg gacha kalsiy ajraladi. Bundan tashqari, kalsiyning bir qismi ingichka ichak shilliq pardasining ko‘chuvchi epiteliysi bi- lan birga ajralib chiqadi.Balog‘at yoshidan o‘tgan odamning siydigi bilan bir sut- kada 150–350 mg kalsiy (ayollarda erkaklarga qaraganda kamroq) ajraladi. Og‘ir jismoniy mehnatda va atrof muhitning yuqori temperaturasida terga qo‘shilib ajrala- digan kalsiy miqdori soatiga 100 mg, ya’ni element umu- miy isrofining 30% gacha yetishi mumkin. Normal sharoit- da bunday isroflar uncha katta bo‘lmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davrida Ca isrofi ancha ortadi. Emizuvchi ayol organizmidan bir kunda sutga qo‘shilib 150–300 mg kalsiy chiqib ketadi. Kalsiy asab impulslarini uzatish jara- yonlarida ishtirok etib, bosh miyaning po‘stlog‘ida sezish va tormozlanish o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi. Yurak va harakat muskullarining qisqarishini organizmdagi ishqoriy-kislotali muhit, shuningdek turli fermentlar- ning faoliyatini oshirishda muhim vazifani bajaradi. Kalsiy hujayra membranalarining tuzilishi va hosil bo‘lishi mag‘iz-yadroning ishini me’yorlashtirib, organizm- da allergik reaksiyalarning oldini oladi yoki kamaytira- di. Shamollash xastaliklarida og‘riqni kamaytiradi. Qon ivishida ishtirok etuvchi omillardan biri bo‘lib, qon tar- kibidagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Kalsiy tirik organizmda immunitetni oshiruvchi muhim bo‘lgan elementlardan biri hisoblanadi. Ayollarda rivojlanayotgan homilaning nerv, suyak, yurak qon-tomir tizimi shakllanishida kalsiy muhim rol o‘ynaganligi uchun homiladorlikda kalsiyga bo‘lgan talab yanada ku- chayadi. Organizmda kalsiyning yetishmasligi natijasi- da suyakdan qonga elementning o‘tishi tezlashadi. Natija- da impulslar kamayadi va bu ostexondrozga olib keladi. Ortiqcha kalsiy hujayralar uchun zararli bo‘lib, kal- siy miqdorining ortib ketishi hujayrani nobud qiladi. Ortiqchakalsiyqabulqilishkalsenoz, ya’nito‘qimalarda kalsiy tuzlarining to‘planishi, qon bosimining ortib ketishi kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Odam tug‘ilganidan 25 yoshigacha suyaklarida kalsiy- li zahiralarni to‘playdi. 35 yoshdan so‘ng qalqonsimon bez gormonlari ishtirokida suyakdan qonga kalsiyni o‘tkazib beradi. 70 yoshga yetganda zahiraning 30%i yo‘qoladi. Suyak- lardagi osteoklastlar demineralizatsiya, ya’ni shikast- langan suyak to‘qimalarini yo‘qotish vazifasini bajaradi. Osteoblastlar doimiy ravishda qon bilan yuvilib turadi va suyak to‘qimasini hosil qiladi. Bu ikki qarama-qarshi jarayon sog‘lom odamda har 3–4 oyda sodir bo‘lib turadi. Organizmda kalsiy yetarli bo‘lishi uchun eng avvalo D vitamini yetarli bo‘lishi zarur. Sut, go‘sht, yong‘oq, yashil sabzavotlar, mevalar tarkibida kalsiy ko‘proq bo‘ladi. Kofe va tuzni ko‘p iste’mol qilish organizmdan ko‘p miqdorda kalsiyning chiqib ketishiga olib keladi. Yog‘li ovqatlar kalsiyning erimaydigan hosilalarini hosil qilganligi uchun kalsiyning qonga o‘tishi qiyinlashadi. Sut, limon kislotasi kabi mahsulotlar kalsiyning yaxshi hazm bo‘lishini ta’minlaydi. Oziqlanish ratsioni muvozanatga olingan balog‘at yoshi- dan o‘tgan sog‘lom odamda axlat va siydikka qo‘shilib chiqib ketadigan kalsiy miqdori odatda uning oziq bilan bir- ga organizmga tushish miqdoriga taxminan tengdir. Bola- larda bu nisbat odatda musbat bo‘ladi, chunki ularda o‘sish va yangi suyak to‘qimasi vujudga kelishi uchun kalsiyning muttasil ushlanib qolishi kuzatiladi. Organizmda kalsiy miqdorining normallashuvini tartibga solishda D vitamini, paratireoid gormon va ti- reokalsitonin ishtirok etadi Balog‘at yoshidan o‘tgan odamlar uchun tavsiya etiladigan kalsiy iste’mol qilish normasi sutkasiga 800 mg ni tash- kil etadi.Homiladorlik va laktatsiya davrida u sutkasiga 1200 mg gacha ko‘payadi. Bir yoshga to‘lmagan bolalarda kalsiyga bo‘lgan ehtiyoj sutkasiga 240–600 mg ni, 1–7 yashar bolalarda 800– 1200, 7 yashar bolalarda 1100–1200 mg ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda kalsiyga bo‘lgan bir sutkalik ehtiyoj miqdorini oshirish to‘g‘risidagi masala muhokama qilinmoqda. Sut va sut mahsulotlari kalsiyning asosiy manbalari- dir. Go‘sht, baliq, non, yormalar va sabzavotlarda kalsiyning miqdori uncha ko‘p emas va odatda iste’mol qilish darajasi- da odamning kalsiyga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Tibbiyotda ishlatiladigan, tarkibida kalsiy saqlovchi dori vositalari: Kalsiy xloridi (Calcii chloridum), Kalseks, Kalsiy glyukonat, Nozepam (Nozepamum) Download 327.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling