O`zbekiston Respublikasi
Oliy ta`lim, fan va innovatsiya vazirligi
Andijon davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti kimyo ta`lim yo`nalishi
II- bosqich 203- guruh talabasi
Raxmonova Gulshanoyning
Analitik kimyo fanidan
KURS ISHI
Mavzu:Xromatografik analiz usullari.
Kurs ishi rahbari: Mamurova M. M.
Andijon – 2023
MUNDARIJA
Kirish................................................................................3
I bob. Kelib chiqish tarixi. Xromatografiya usulining mohiyati...........................................................................5
1.1. Xromatografiya usullarining qo`llanilishi................5
II bob. Xromatografiya usullari ajratish mexanizmi bo`yich.............................................................................8
2.1. Adsorbsion xromatografiya.......................................8
2.2. Taqsimlash xromatografiyasi....................................9
2.3.Ion almashinish xromatografiyasi.............................10
2.4. . Yupqa qavatli xromatografiyasi............................11
2.5. Qog`oz xromatografiyasi..........................................13
III bob. Fazalarning agregat holati va ajratish texnikasi bo`yicha ……………………………..….......14
3.1. Gaz- Suyuqlik xromatografiyasi...............................14
3.2. Kalonkali xromatografiya.........................................18
Xulosa.............................................................................23
Foydalanilgan adabiyotlar............................................24
Kirish
Xalqimiz farzandlarini o`zidan o`zishini niyyat qilib yashaydi. Shu yo`lda umr bo`yi kurashadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ta`lim tizimida keng qamrovli islohotlar tezda samara berib, jahon ham jamiyatining havasini keltirayotgani bejiz emas.
“Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishlari shart. ”O`zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I. A. Karimov
Xromatografik analiz usullari juda katta amaliy ahamiyatga ega boʼlgan analiz usullariga kiradi. Bu usul nafaqat kimyo fanining ilmiy yoʼnalishida,balki atom texnikasi,biologiya va tibbiyot,neft kimyosi va gaz sanoatida oʼzining salmoqli oʼrniga ega.
O`zbekiston Respublikasi neft va gaz zaxiralariga boy davlatlardan hisoblanadi. Mustaqillik yillarida neft va gaz soxasida juda katta amaliy ishlar olib borilmoqda.
Neft va gazdan yoqilg`i maxsulotlarini ,xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan istemol mollarini ishlab chiqarish jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Bu soxalarni rivojlantirishni xromatografiyasiz tasavvur etish mumkin emas. Bundan tashqari, hukumatimiz qarorlari bilan mamalakatimizning yettida mintaqasida dori-darmonlar ishlab chiqarishga yo`naltirilgan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi. Ishlab chiqarilayotgan dori-darmonlarning analizida asosiy rolni xromatografik analiz usullari tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |